12
samarali natija beradi. Matematik simvollar murakkab ekologik tizimlarni
ifodalashga, tenglamalar esa undagi turli komponentlarning o’zaro ta’sirini
nazariy jihatdan tahlil etishga imkoniyat yaratadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, matematik model ob’ektiv borliqning
to’liq bo’lmagan abstrakt in’ikosidir. Misol tariqasida sodir bo’ladigan
o’zgarishlarning matematik ifodalanishini keltirish mumkin. Agar
populyatsiya miqdor zichligining ortishi davomiy to’xtovsiz holat deb qaralsa,
populyatsiyadagi o’sishni quyidagi eng sodda differentsial tenglama vositasida
ifodalash mumkin.
Dx|dt=rx
Bunda
t vaqtidagi populyatsiya zichligi-
x;
r-o’sishning haqiqiy tezligi,
har bir tur uchun doimiy qiymat (o’zgarmas sharoitda populyatsiyadagi
tug’ilish va o’limning eng yuqori tezligi). Agar
t=0 va populyatsiya zichligi
x=0
deb qabul qilinsa, unda ayni tenglamaning echimi quyidagi funktsiyadan
iborat bo’ladi.
Bunda shu ma’lum bo’ladiki,
t qisqa vaqtda populyatsiyadagi ko’paygan
individlar soni
r – t ga teng bo’ladi. Demak, bu vaqtda populyatsiyaning yosh
tarkibi o’zgarmaydi. Lekin bu holat chegaralangan vaqtdagina haqiqatga yaqin
bo’ladi, vaqt o’zgarishi bilan populyatsiyadagi tug’ilish va o’limning nisbati
o’zgaradi, natijada ayni populyatsiyaning yosh, jinsiy tuzilmasida o’zgarish
ro’y beradi.
Matematik modellar echimi asosida olingan nazariy ma’lumotlar amalda
qiyosiy tahlil etiladi va nazariy hamda amaliy natijalar o’rtasidagi tafovut
aniqlanadi. Matematik modellash ekologik o’zgarish va hodisalarni aniq tahlil
etish, keyingi tadqiqotlar yo’nalishlarini aniqlashda etakchi omil sifatida katta
ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: