Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58
Ўқув қўлланма 2021

 


91 
 
14-rasm. Liderga ega bo’lgan to’dalar 
Birinchi guruhga mansub to’dalar baliqlar, mayda qushlar va 
chigirtkalar uchun xos. 
Yirik qushlar va sut emizuvchilarda esa ikkinchi guruhga mansub 
to’dalar kuzatiladi. Baliqlar galasi shakli, kattaligi va zichligi jihatidan 
o’zgaruvchan bo’ladi, aksariyat hollarda kunduz kuni shakllanadi va kechalari 
tarqab ketadi.
Baliqlar 
galasi 
oziqlanishi, 
dushmandan 
himoyalanishi 
va 
migratsiyalarida asosiy ahamiyatga ega. Qushlar safar uchishlari va mavsumiy 
ozuqa topish va oziqlanish davrida galalar holida harakatlanadi. O’troq holda 
yashovchi qushlar o’rtasida doimo tovush chiqarib turish, ko’rish bilan bog’liq 
signallar bo’lsa, bo’rilar galalari qish mavusmida o’ljani ta’qib etish va ushlash 
uchun shakllanadi. Gala bo’ylab yashash bo’rilar, sirtlonlar, ko’klamzor 
bo’rilarida ham kuzatiladi.
Podalar galalarga nisbatan uzoq muddatli birlashish shaklida 
shakllanadi. Podada ozuqa topish, himoyalanish, migratsiyalar, ko’payish va 
bolalarni tarbiyalash kabi qator funktsiyalar amalga oshadi. Podadagi 
hayvonlar o’rtasida “hukmdor” va “itoatkor” munosabatlar amal qiladi. 
Podaning “hukmdori” vaqtincha yoki doimiy bo’lishi mumkin va uning xatti-
harakatlariga qarab boshqa individlar bir joyga joylanadi, mintaqaviy 
harakatlanishini, oziqlanish joyini hamda dushmanga munosabatni mo’ljalga 
oladi. Podadagi har bir individ liderga itoat qilga holda bir jon-bir tan bo’lib 
harakat qiladi. Rahbarning faoliyati “itoatkor”larni to’lig’icha bo’ysundirishga 


92 
qaratilmagan. Tajribali va kuchli individ boshqaradi. Shimol bug’ulari 
podalariga bir muncha yoshi katta individlar boshchilik qilsa, fillar podasida 
urg’ochilari etakchi bo’ladi. Podaning “hukmdori” turli sonda bo’lishi mumkin. 
Jumladan, shimol bug’ulari podasida 18-20% ga qadar liderlar bo’lishi 
mumkin.

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin