108
evolyutsion bog’liqlik tufayli tabiatda biogen
moddalar uzluksiz aylanib
turadi. Organizmlar Quyosh energiyasini kimyoviy, mexanik va issiqlik
energiyalariga aylantiradi. Mazkur jarayonni har bir bosqichida energiya sarfi
kuzatiladi, quyi bosqichda issiqlikka aylanib tarqab ketadi. O’simliklar
tomonidan hosil qilib jamlangan energiya biogeotsenozlarning ozuqa zanjiri
bo’lib taqsimlanib boradi, ya’ni 4-6 bo’g’indan tashkil topgan ozuqa zanjiridagi
organizmlar ketma-ketlikda bir-biri
bilan oziqlanishidan tashqari, noqulay
sharoitda boshqa ozuqa zanjiri tarkibidagi organizmlar bilan ham oziqlanishi
mumkin. Bir qancha ozuqa zanjirlari o’zaro bog’lanib, bog’lanish to’rini hosil
qiladi.
Konsumentlar o’rtasidagi modda va energiyaning o’zgarishi
kuzatilganda ma’lum bo’ladi-ki, ular qabul qilgan ozuqa to’lig’icha xazm
bo’lmaydi. Ozuqaning xazm bo’lmagan qismi ahlat bilan tashqariga chiqarib
tashlanadi. Chiqindilar ozuqa zanjiridagi boshqa organizmlar uchun energiya
manbai hisoblanadi.
Ozuqa o’zlashtirish ko’rsatkichi uning tarkibi va hayvonlarning ovqat
xazm qilish tizimiga bog’liq bo’ladi. Masalan, saprofaglar ozuqani 10-12% ni,
yirtqichlar – 75% ini o’zlashtira oladi.
Energiyaning asosiy qismi
organizmning hayotiy jarayonlari uchun sarf bo’ladi, ma’lum qismi
dissimilyatsiya mahsulotlarini tashqariga chiqarib tashlash uchun sarf bo’ladi.
Organizmdagi metabolitik jarayonlarni ta’minlash uchun sarflanadigan
energiya
nafas olish energiya sarfi deb nomlanadi.
Chunki organizmdan
ajralayotgan karbonat angidrid miqdori asosida undagi energiya sarfini
ifodalash mumkin. O’zlashtirilgan ozuqaning oz qismi organizmning o’sishi,
zaxiraga energiyani to’plash va umumiy og’irligini oshirishga ketadi. Turli
tartibli konsumentlardan yoki bir trofik darajadan ikkinchisiga o’tayotganda
energiya va mahsulotlar kamayib boradi. Har bir trofik darajaning
mahsuldorligi avvalgi daraja mahsuldorligi bilan chegaralanadi.
Trofik darajalari qolgan mahsulot va energiya zahiralari o’lik
organik
qoldiq bilan birga biotsenozning umumiy energiya va mahsulotlar zaxirasini
tashkil etadi.
Ikki xil ozuqa zanjiri farqlanadi:
a) sarflanish zanjiri;
b) parchalanish zanjiri.
109
Trofik zanjirlar avtotroflardan boshlansa, sarflanish zanjiri deyiladi.
Agar ozuqa zanjiri o’simlik qodiqlari, hayvonlar jasadi va
chiqindilaridan boshlansa, parchalanish (detrit) zanjiri deb ataladi.
Ikkilamchi mahsuldorlik yangi biomassa hosil bo’lish
jarayoni tezligini
ifodalaydi. O’simliklardan farqliroq, hayvonlar oddiy molekulalardan
murakkab mikromolekulalarni sintezlay olish imkoniyatiga ega emas. Ular
uchun energiya manbai o’simliklar yoki boshqa geterotroflar hisoblanadi.
Birlamchi va ikkilamchi mahsuldorlik o’rtasida bog’liqlik bo’lishi bilan birga,
ma’lum mutanosiblik zarur. Masalan, ko’l zooplanktonlarning
biomassasi
fitoplanktonlar biomassasiga bog’liq, cho’l hayvonlarining mahsuldorligi o’t-
o’lanlar mahsuldorligi bilan belgilanadi.
Trofik tuzilmada produtsentlar biomassasi konsumentlarnikidan doimo
yuqori bo’ladi. Mahsuldorlik piramidalar shaklida ifodalanganda, keng asosni
produtsentlar va keyingi darajalarni konsumentlar va redutsentlar tashkil
etadi. Shunday qilib tabiatda ekologik piramida hosil bo’ladi.
Ekologik piramida ilk marta Ch.Elton (1927) tomonidan tuzilib sonlar
piramidasi deb atalgan.
Dostları ilə paylaş: