Konsortsiya – ma’lum tur tanasiga joylashib boshpana va ozuqa topgan
turlarning o’ziga xos ekologik birligi. Biotsenozdagi har bir tur atrofida o’ziga
xos yashash sharoitini vujudga keltiradi. Natijada u konsortsiyaning markaziy
turi sifatida boshqa turlarni trofik va topik aloqalar asosida o’z atrofida
mujassamlantiradi.
V.N.Beklemishev
ta’riflashicha,
dala
sichqonlari
ektoparazitlari, ichki organlardagi murakkab konsortsiyadir. Biotsenozda
yirik konsortsiyalar bilan bir qatorda, bir qancha mayda – birinchi, ikkinchi,
uchinchi tartibdagi konsortsiyalar ham farqlanadi. Umuman, biotsenoz bir-
biri bilan topik va trofik aloqalar asosida mustahkam bog’langan
konsortsiyalar tizimidir.
Biotsenozning fazoviy tuzilmasi. Barcha biotsenozlarda o’simliklar
asosiy o’rinni egallaydi. Hayvonlar o’simlik bilan ozuqa zanjiri orqali
bog’langan. Hayvonlar daraxt va butalarning turli qismlarida ma’lum yaruslar
102
(qavatlari) bo’ylab tarqaladi. O’simlik jamoalaridagi har bir qavat o’zining
mikroiqlimiga ega bo’lib, o’ziga xos yorug’lik, namlik, harorat va boshqa
ekologik sharoitlari bilan farqlanadi. Ko’pchilik hayvonlarning hayoti
biotsenozdagi ma’lum qavat bilan mustahkam bog’langan. Masalan,
hasharotlar orasida tuproqda yashovchilar – geobiylar, tuproq yuzasida
yashovchilar – gerpetobiylar, mox to’shamalarida uchrovchilar – bribiylar,
o’tsimon o’simliklardagi – fillobiylar va nisbatan yuqori yaruslarda yashovchi
– aerobiylar farqlanadi.
Qushlar o’rtasida tuproq yuzasida (tovuqsimonlar, qurlar, yo’rg’a
to’rg’aylar, dehqon chumchuqlar), butalar va daraxtlarga (qorayaloqlar,
moyqutlar, sayhalar, bulbullar va boshqalar) daraxt tanasidagi qovoqlarga
(qirg’iylar, panqushlar) uya qurib bola ochadi.
Biotsenozning ekologik tuzilmasi. Har bir biotsenozda alohida ekologik
guruhga mansub organizmlar uchraydi. Biotsenozdagi ekologik guruhlar
nisbati uning ekologik tuzilmasini ifodalaydi. O’xshash ekologik tuzilmaga ega
bo’lgan biotsenozlarning har birida o’ziga xos tur tarkibi bo’lishi mumkin.
Chunki qiyoslanayotgan biotsenozlardagi mutanosib ekologik tokchani muhit
omillariga bo’lgan talab darajasi bir muncha yaqin boshqa-boshqa turlar
egallashi mumkin. Filogenetik uzoq, lekin ekologik talab darajasi mutanosib
bo’lgan va biotsenozlarda bir xil funktsiyani bajaruvchi turlar vikar turlar deb
ataladi. Tabiatda ekologik vikarlar keng tarqalgan. Masalan, Evropa
o’rmonlarida suvsarlar, Osiyo o’rmonlarida sobollar, bir xil ekologik tokchani
egallab hayot kechiradi. Afrika kengliklarida antilopalar, Shimoliy Amerika
bizonlari, Osiyoda yashovchi yovvoyi otlar va qulonlar o’xshash ekologik
tokchalar bo’ylab tarqalgan va tegishli biotsenozlarning ozuqa zanjirida o’rni
va ahamiyati o’xshashdir.
Har bir biotsenozning tur tarkibi mazkur mintaqada tarqalgan turlardan
tashkillanadi. Lekin biotsenozlarning ekologik tuzilmasi ma’lum iqlim va
landshaft sharoitiga bog’liq holda shakllanadi. Turli mintaqalar bo’ylab
tarqalgan o’xshash biotsenozlarda fitofaglar va saprofaglar nisbati qonuniy
o’zgaradi. Biotsenozlarning ekologik tuzilmasi ulardagi gigrofil, mezofil va
kserofil hayvonlar ulushini ham ifodalaydi. Biotsenozda u yoki bu ekologik
guruh vakillarining ustunligi ayni hududdagi ekologik sharoitni uning fizik-
kimyoviy xususiyatlarini tahlil etish imkoniyatini beradi.
103
G’o’za agrotsenozi va uning tuzilmasi. Agrotsenozlar – bu ikkilamchi
biogeotsenozlardir. Ularning vujudga kelishi, shakllanishi va tiklanishi
bevosita inson faoliyati bilan bog’liq. Shuning uchun agrotsenozlarni
boshqacha tarzda madaniy biotsenozlar deb ham aytiladi. Agrotsenozlar
mavjud maydondagi ekin turiga qarab nomlanadi: g’o’za agrotsenozi,
yo’ng’ichka agrotsenozi, poliz ekinlari agrotsenozi, bog’ agrotsenozi va
boshqalar.
Agrotsenozlar barchasi tabiiy bitsenozlar o’rnida vujudga keladi. Lekin,
agrotsenozlarda ham turli turlarga mansub organizmlar tevarak atrofdagi
jonsiz tabiat sharoitiga evolyutsion jarayonda shakllangan tabiiy qonuniyatlar
asosida bog’langan bo’ladi. Har qanday agrotsenoz ham tirik organizmlarni
noorganik tabiat bilan mustahkam kompleks bo’lib, o’zini saqlab turadi va bu
sistemada moddalar davra bo’ylab aylanib yuradi. Bu holatni g’o’za
agrotsenozi misolida ifodalab berish mumkin.
G’o’za agrotsenozi asosini – produtsent hisobiga g’o’za o’simligining o’zi
tashkil etadi. Uning hisobiga birlamchi konsumentlar – o’simlikxo’r
organizmlar yashaydi, jumladan, shiralar, o’rgimchakkana, ko’sak qurti, ayrim
qandalalar va boshqalar. Umuman, g’o’zada 30 ga yaqin zararkunanda
uchraydi, ulardan faqat 5-6 tasigina bu o’simlikka doimiy zarar keltirib
yashaydi. Lekin bularning hammasi ham g’o’zaga bir xil zarar etkazmaydi.
Erta bahorda yangi ungan g’o’za maysalari asosini tomir qurti kemiradi.
Keyinchalik g’o’zaning chin barglarida shiralarni uchratish mumkin. Ular asta-
sekin ko’payib g’o’za barglarini bujamaytirib qo’yishi mumkin. Bu
bo’g’imoyoqlilarning ko’payishi ular hisobiga yashovchi organizmlar,
ikkilamchi konsumentlar, yirtqich va parazit hasharotlari g’o’za agrotsenozida
yig’ilishiga sabab bo’ladi. Bular xonqizi qo’ng’izlari, oltinko’zlar, parazit
pardaqanotlilar va ayrim foydali qandalalardir. Bu hasharotlar g’o’zada
yashovchi zararli turlar sonini kamaytirib, boshqarib turishda muhim rol
o’ynaydi. Masalan, etti nuqtali xonqizi bir kunda 100-130 ta, oltinko’z
lichinkasi 60-70 ta shirani eya oladi. Sirfid pashshasi esa bir kunda 200 dan
ortiq shiraga qiron keltiradi. Lekin, bu foydali hasharotlar o’z navbatida
uchlamchi konsumentlar – o’ta parazit hasharotlar (ayrim pardaqanotlilar)ga
ozuqa bo’lib xizmat qiladi. Shunday qilib, g’o’za agrotsenozida ham emanzor
agrotsenozidagi kabi 4-5 zvenodan tuzilgan ozuqa zanjiri kuzatiladi.
104
G’o’za agrotsenozidagi konsumentlar (ayniqsa, yirtqich va parazit
hasharotlar) o’rtasida ovqat orqali raqobat kuzatiladi. Jumladan, yirtqich
qandalalar ko’p bo’lsa, ko’sak qurtini parazit hasharotlar bilan zararlanganlari
kamroq uchraydi. Chunki qandalalar g’o’za tunlami va kichik yoshdagi ko’sak
qurti bilan oziqlanadi, parazitlarda qanotlilar – ixnevmonid va brakanoidlar
esa katta yoshdagi qurtlarning tanasida voyaga etadi. Agar oltinko’z, xonqizi
qo’ng’izlari va sirfid pashshalari lichinkalari soni ko’p bo’lsa, afidiid – parda
qanotlilar bilan zararlangan shiralarni ham qiradi.
Paxta dalalarida yuqoridagilardan tashqari o’simlik qoldiqlari, nektar,
shiralar ajratgan suyuqlik bilan ovqatlanadigan, shuningdek, yovvoyi
o’simliklarda yashovchi hasharotlar (chumolilar, arilar, ayrim qo’ng’izlar,
o’rgimchaklar va boshqalar) uchraydi. Bu bevosita g’o’za o’simligi bilan
bog’lanmagan bo’lsa-da, ayni agrotsenozning ajralmas qismi hisoblanadi va
ayni ekosistemadagi tabiiy tenglikni tartibga solib turishda muhim rol
o’ynaydi.
G’o’za agrotsenozidagi barcha tirik organizmlarni qoldiq va chiqindilari
paxta dalalariga tushadi. Ular redutsentlar – turli bakteriyalar, saprofit
zamburug’lar, ayrim umurtqasiz hayvonlar yordamida parchalanadi va
mineral moddalarga aylanadi. Redutsentlar soni tuproqda nihoyatda yuqori
darajada bo’ladi. Masalan, 1 m
2
paxta dalasida faqat sodda hayvonlarnigina
100 mln donadan ortig’i uchraydi.
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, barcha tabiiy biogeotsenozlardagi kabi
g’o’za agrotsenozida ham produtsent, konsument va redutsent tizimlari orqali
murakkab ozuqa zanjiri mavjud bo’ladi. Olimlarning aniqlashicha, O’zbekiston
paxta dalalarida 300 dan ortiq (tuproqdagi organizmdan tashqari) umurtqasiz
hayvonlar uchrar ekan. Tabiiy ekosistemalardagi kabi g’o’za agrotsenozida
ham turlar soni va ularning xilma-xilligi o’zgarib turadi. Bunda g’o’zaning ilk
vegetatsiya davrida har 100 tup o’simlikda 25-30 dona foydali hasharot
kuzatilsa, yoz o’rtalariga kelib, bu son deyarli 10-12 barobar ortadi. Ayniqsa,
yozning ikkinchi davrida 100 o’simlikda 360-450 tagacha foydali hasharotni
kuzatish mumkin. Qish iliq kelgan yillari tomir qurti yaxshi qishlaydi va
ko’plab saqlanib qoladi, natijada, bahorda g’o’za nihollariga kuchli zarar
etkazadi. Shunday holat Farg’ona vodiysida 1981 yilning bahorida kuzatilgan.
Odatdagi yillarda paxta dalalarining 1 m
2
maydonida 1-2 tomir qurti
105
kuzatilgan bo’lsa, o’sha yili zararkunanda soni 1m
2
da 17-20 taga etgan. Ilmiy
ma’lumotlarda ko’rsatilishicha, bu holat keyingi 15 yil davomida
kuzatilmagan.
G’o’zaning boshqa zararkunandasi o’rgimchakkana yoz issiq va quruq
kelganda ko’payishi mumkin. Agrotsenozlarda turlar sonining o’zgarishida
inson faoliyati ham katta rol o’ynaydi. Masalan, zararli hasharotlarga qarshi
tartibsiz va yoppasiga kimyoviy zaharlarni qo’llanishi ularni nobud qilsa-da,
birinchi navbatda, foydalilarni ko’plab qirilishiga sabab bo’ladi. Zaharlardan
omon qolgan ma’lum sondagi zararkunandalarni esa ximikatlarga chidamliligi
ortib, zo’r berib ko’payadi va g’o’zaga jiddiy zarar etkazadi. Shuning uchun
ham agrotsenozdagi har bir turni bioekologiyasini o’rganish undagi
o’zgarishlarni hisobga olgan holda kimyoviy vositalardan oqilona foydalanish
lozim. Bu esa ekologiyaning eng muhim vazifalaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: |