Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021


Biosfera va insoniyatning amaliy faoliyati



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Ўқув қўлланма 2021

 
Biosfera va insoniyatning amaliy faoliyati 
Inson eng kuchli tabiiy omil sifatida biosferada muhim ahamiyatga ega. 
Ibtidoiy davrda faoliyatning tabiatga ta’siri sezilarsiz bo’lgan bo’lsa, kishilik 
jamiyatining rivojlanib borishi, bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadan 
ikkinchisiga o’tish, aholi sonini ortib borishi, ishlab chiqarish kuchlarining 
ravnaqi, fan-texnika va qishloq xo’jaligining jadal taraqqiyoti antropogen 
omilni biosferaga bo’lgan ta’sirini ortishiga sabab bo’ldi. 
Antropogen omil tabiatga bevosita va bilvosita ta’sir o’tkazadi. 
Jumladan, ayrim turga mansub organizmlarning yo’q bo’lib ketishi, 
ba’zilarning esa keskin ko’payishi, turli mintaqalar bo’ylab yangi ekologik 
majmualarning shakllanishi antropogen omilning tabiatga bo’lgan to’g’ridan-
to’g’ri ta’sirini ifodalaydi. Inson faoliyati natijasida organizmlarning yashash 
sharoiti va muhitining o’zgarishi (iqlim, gidrologik holat, tuproq 
strukturasining o’zgarishi) antropogen omilning nisbiy ta’siri hisoblanadi. 
Inson faoliyati tabiatda katta ijobiy ahamiyatga ega, lekin u biosfera 
tizimidagi salbiy o’zgarishlarga ham sabab bo’ladi. Masalan, O’zbekistonda 


118 
dehqonchilikning jadal rivojlanishi tabiiy yashash sharoitining to’liq 
tanazzulga yuz tutishiga, kimyoviy moddalarning yuqori darajada, tartibsiz 
qo’llanilgani, paxta yakka hokimligi, erlarning o’ta sho’rlanganligi sababli 
barcha haydalgan er maydonlarining bioxilma-xilligi nihoyatda past darajaga 
tushib qolishiga sabab bo’ldi. Garchi sug’oriladigan erlar barcha hududlarning 
10%ni tashkil etsa-da, O’zbekiston va unga chegaradosh respublikalarning 
ekologiyasiga katta ta’sir ko’rsatib, ba’zi bir ekotizimlarning to’liq buzilishiga 
va ayrim biogeotsenozlarning keskin qisqarishida namoyon bo’ldi. Barcha 
ekotizmlar amalda katta o’zgarishlarga uchradi.
O’zbekiston tabiiy o’simliklar qoplami va o’rmonlar dasht va cho’l 
mintaqalarining 85%, tog’larning 13% ni egallaydi. Daryo bo’ylari va 
vodiylarida ularning bori yo’g’i 2% qolgan. To’qayzorlar yaqin vaqtga qadar 
katta hududlarni egallagan, lekin daraxtlarning kesilishi daryo o’zanlarini 
to’g’rilash oqibatida bu maydonlar 10 martadan ko’pga qisqarib ketdi. 
O’zbekistonda tog’ o’rmonlarning tartibsiz kesilishi, Amudaryo va 
Sirdaryo bo’ylaridagi tabiiy to’qayzorlarni o’rilishi ayni hududlardagi ekologik 
sharoitni keskin o’zgarishi va gidrosfera muvozanatini saqlovchi omildir. 
Lekin, hech bir o’ylamasdan o’rmon va to’qayzorlarni yo’qotilishi tuproqning 
yuvilishiga, ikkilamchi sho’rlanishga, jarlarning hosil bo’lishiga, qum bosishi 
va hayvonlarning qirilishiga sabab bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan mazkur 
mintaqalarda yangi o’simliklar qoplami vujudga kelishi kuzatildi. Juda katta 
tanazzullar, sho’rlanish, botqoqlanish va kimyoviy zaharlar bilan ifloslanish, 
qishloq xo’jalik amaliyotida ekologik asoslanmagan agrotexnik va himoya 
usullarini qo’llash natijasida kelib chiqqan.
Tabiiy ekotizmlarning o’zgarishi ko’pchilik hayvonlarni, birinchi 
navbatda, yirik sut emizuvchilarni yo’q qilinishiga sabab bo’ldi. 
Yirtqichlarning yo’qolib ketgan turlariga turon yo’lbarsi, yo’qolish arafasida 
bo’lgan turlarga yo’l-yo’l sirtlon, qoraquloq, Osiyo qoploni mansub. 
Respublika hududida uchraydigan 184 tur hayvonlar noyob va yo’qolib ketish 
arafasida ekanligi «Qizil kitob» nashrida alohida ta’kidlagan. Sut 
emuzuvchilarning 23 turi (1 ta kenja turi), qushlarning – 48 turi (3 ta kenja 
turi), sudralib yuruvchilarning - 16, baliqlarning 17 turi (1 ta kenja turi) va 
umurtqasizlardan 78 tur ushbu kitobdan o’rin olgan.
Inson yangi zot va navlarni keltirib chiqarish, o’simlik va hayvonlarni 


119 
iqlimlashtirish asosida tabiatni bir muncha boyitadi.
1960 yillarda O’zbekistonda 40 turga yaqin baliqlar uchraganligi 
ma’lum. Keyingi 40 yil davomida turli maqsadlarda olib kelinib 
iqlimlashtirilgan baliqlar hisobiga ularning xilma-xilligi 80 turga qadar ortdi. 
Shu bilan birga, ayrim mahalliy baliqlarning yo’qolib ketish xavfi tug’ildi, 
ba’zilari xatto yo’qolib ketdi. Hayvonlarni iqlimlashtirish tajribalari hamma 
vaqt ham ijobiy natija beravermaydi. Keltirilgan ayrim turlar mahalliy 
sharoitga moslasha olmay, qirilib yoki ayni hududdagi ekologik sharoitning 
mos kelishi tufayli ular ko’plab ko’payib jiddiy zarar keltirishi ham mumkin.
Insonning biosferaga ko’rsatadigan ta’sirlaridan biri qishloq xo’jalik 
ekinlari, hasharotlar va begona o’tlarga qarshi kimyoviy kurash usulidan keng 
foydalanishdir. Kimyoviy zaharlar va zararli moddalar kasalliklarni bartaraf 
etish, begona o’tlarni qirish, zararli hasharotlar miqdor zichligining keskin 
kamayishida muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Lekin tartibsiz va yoppasiga 
qo’llaniladigan kimyoviy moddalar biogeotsenozlarda uzoq vaqt, barqaror 
saqlanib qoladi hamda to’planadi. Ozuqa zanjiri bo’ylab harakatda bo’lgan 
zaharli va zararli moddalar turli hayvonlar va odamga salbiy ta’sir etadi.
Kelajakda o’simliklarni himoya qilishda biologik nazorat va kurash 
usullarini keng joriy etish ijobiy samara berishi shubhasiz. Zararkunandalarga 
qarshi bilogik usullardan foydalanishga barcha mintaqalarga katta e’tibor 
berilmoqda. 
Inson tabiatning bir qismi sifatida biosferaga bo’lgan munosabatini 
butunlay o’zgartirishi, uning boyliklaridan oqilona foydalanish, atrof-muhit 
musaffoligini saqlashda muhim o’rin tutadi. Inson faoliyati biosferani yangi 
sharoitda uzoq va barqaror funktsiyalanishiga ko’maklashishi, bu jarayonlar 
qonuniyatlarini tadqiq etishga qaratilishi lozim. Ekologik toza qishloq xo’jalik 
mahsulotlarini etishtirish, barqaror agroekotizimlarni shakllantirish, 
o’simliklarni himoya qilishda foydali turlarning tabiiy populyatsiyalaridan 
keng foydalanishga e’tibor berish lozim. 
Baliqchilik va ov xo’jaliklari faoliyatlarini ekologik ilmiy asosga qo’yish, 
tabiat boyliklaridan unumli foydalanish bilan ularni tiklash borasida keng 
amaliy faoliyat ko’rsatish zarur. Bugungi kunda buzilgan ekotizmlarning 
tiklanishi va qayta shakllanishiga sharoit yaratish, buning uchun suktsessiya 
jarayonlari qonuniyatlarini bilish va amalda qo’llash taqozo etiladi. 


120 
Inson amaliy faoliyatidagi biosferaga bo’lgan salbiy ta’sirini bartaraf 
etish va oldinda turgan ulkan ekologik vazifalarni bajarish malakali kadrlarni 
tayorlash va ularning salohiyati bilan belgilanadi. 

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin