117
mintaqasi turlarga boy bo’lib, ayniqsa pogonoforalar ko’plab uchraydi. Suv
hayvonlarining ko’pchiligi suv yuzasining 300-500 m qalinligi bo’ylab
jamlangan.
Biosfera doirasida ayrim o’ta sho’rlangan suv havzalari (O’lik dengiz,
Armaniston Tuz ko’l),
vodorod sulfid, karbonat angidrid kabilar bilan
zaharlangan hududlardagina tirik organizmlar deyarli uchramaydi. Lekin,
mazkur sharoitda ham ayrim bakteriyalar,
sporalar va tsistalar qayd
etilganligi ma’lum.
Biosfera Er sharidagi global ekotizim bo’lib, u bir qancha kenja tizimlar
biogeotsenozlar birligidan tarkib torgan.
Biosfera to’g’risidagi ta’limotda akademik V.I.Vernadskiy hozirgi vaqtda
insoniyat Erning yangi qobig’ini – noosfera («oqilona qobiq»)ni yaratishi
kerak deb taxmin qiladi. Insoniyat biosferadagi qiyosan kichik bir massadir,
lekin uning faoliyati g’oyat ulug’vor. Inson endilikda
biosfera doirasidan
tashqariga chiqib oldi, uning kosmik kemalari Oy,
Venera va boshqa
planetalarga etib bordi.
Dostları ilə paylaş: