Hayvonlar ekologiyasi андижон 2021


Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashning biologik usuli



Yüklə 2,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/58
tarix28.11.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#169124
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Ўқув қўлланма 2021

Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashning biologik usuli 
Ma’lumki, hasharotlar nihoyat darajada serpusht va tez ko’payuvchi 
organizmlardir. Lekin, obi-havo sharoitlari, foydali va zararli organizmlar 
o’rtasida shakllangan evolyutsion munosabatlar hasharotlarni keskin ko’payib 
ketishini chegaralab turadi. Garchand umumiy ko’payishga nisbatan tabiatda 
«oz» miqdorda zararkunanda hasharot qolsa-da, ular qishloq ho’jaligi 
ekinlariga katta zarar keltiradi. Masalan, g’o’za zararkunandalari hamda 
kasalliklari ko’payganda, ularga qarshi keskin choralar ko’rilmasa, 
etishtirilgan paxta hosilining 25-40%i nobud bo’ladi. Kuzatishlar shuni 
ko’rsatadiki, bitta ko’sak qurti 20 ta hosil elementini 2-4 ta ko’sakni 
zararlaydi. G’o’za shiralari esa paxta hosilini o’rta hisobda 1,5% gacha 
kamaytirib yuborishi mumkin. Shaftoli daraxti tanasida yashaydigan shira esa 
yil davomida bitta daraxtdan 50-550 kg sof qand moddasini o’zlashtiradi. 
Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurash uchun sarflanadigan mablag’ bir 
necha yuz millionni tashkil qiladi. Ularga qarshi kurash choralarini 
takomillashtirish, iqtisodiy arzon va atrof-muhit uchun xavfsiz kurash 
usullarini ishlab chiqish mutaxassislar va olimlar oldida turgan muhim 
vazifadir.
Keyingi yillarda zararkunandalarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy 
vositalarning (insektitsidlarning) turlari ko’paytirilmoqda. Bu dorilar yuqori 
samarali bo’lishi bilan birga, dalalardagi foydali hasharotlarni qirilishiga 
sabab bo’ladi. Shu bilan bir qatorda, issiq qonli hayvonlar, inson organizmiga 
ta’sir etadi hamda atrof-muhitni ifloslaydi.
Hozirgi davrda zararkunandalarga qarshi biologik kurash usuliga katta 
e’tibor berilmoqda. Biologik kurash usuli zararli hasharotlarni tabiiy 
dushmanlari – foydali hasharotlar, hasharotxo’r qushlar, mikroorganizmlar va 
boshqa hayvonlar yordamida qirishidir. Bu usul kimyoviy dorilar 
qo’llanilishini keskin kamaytiradi va muxofazalanishida muhim rol o’ynaydi. 
O’simliklarni zararkunanda hasharotlardan biologik yo’l bilan himoya 


121 
qilish yangilik emas, undan u yoki bu ko’rinishda insonlar ko’pdan beri 
foydalanib kelganlar. Bu usulga oid fikrlarni rivojlanishi o’tgan asrning 
o’rtalariga to’g’ri kelsa, «beminnat yordamchilardan» rejali foydalanish 
asrimizning ikkinchi yarmida amalga oshdi. Hozirda bu usul qishloq 
xo’jaligida juda keng qo’llanilmoqda. 
Hozirgi paytda biologik kurash maydonidagi asosiy himoyachi bu 
trixogrammadir. U mayda qanotli hasharot bo’lib, etuklik davrida gul nektari 
bilan ovqatlanadi, asosan, tunlamlarning tuxumi ichiga o’z tuxumini qo’yib 
rivojlanadi. Parazit tuxumidan chiqqan lichinka o’lja tuxumi hisobiga voyaga 
etadi, g’umbakka va etuk formaga aylanadi. Bu hasharot tabiatda erkin 
ko’paya oladi, lekin ularni tabiatdagi soni zararkunandalarni to’lig’icha daf 
qilishiga qurbi etmaydi. Shu sababli trixogrammalarni maxsus 
biolaboratoriyalarda sun’iy ko’paytirilib, dalalarga olib chiqib tarqatiladi. 
Bugungi kunda O’zbekistonda bunday laboratoriyalarning soni 800 ga yaqinni 
tashkil etadi. 
Ko’sak qurtiga qarshi kurashda keng qo’llanilayotgan ikkinchi parazit bu 
yaydoqchi gabrobrakondir. Urg’ochisi o’rta yoshdagi ko’sak qurtini tanasiga 
tuxum qo’yadi, chiqqan lichinkalar o’z o’ljasi hisobiga voyaga etadi. 
Yaydoqchilar o’simlik nektari bilan ovqatlanadi, shuning uchun ularning 
tabiatdagi sonini orttirish yo’llaridan biri nektarga boy o’simliklarni ekishdir. 
Shiningdek parazit laboratoriya sharoitida ham ko’paytirilib dalalarga 
tarqatiladi.
O’rgimchakkanaga qarshi kurashda yirtqich kana – fitoseyulyus qo’l 
kelmoqda. Ma’lumki, issiqxona sharoitida o’rgimchakkana 10-25 ta avlod 
beradi. Bu esa, ayniqsa bodring hosiliga katta xavf tug’diradi. Kimyoviy 
dorilarning qo’llanilishi iqtisodiy nomuvofiq bo’lishi bilan birga, bodring 
mevasida yig’ilishi mumkin. Bunday sharoitda zarakunandalarga qarshi 
kimyoviy zaharlar o’rnini bosadigan, tabiiy yordamchi – yirtqich kana 
tarqatiladi. U o’rgimchakkananing etuk formalarini emas, balki tuxumlarini 
ham faol qiradi. Bir dona kana 24 tagacha zararkunandani yoki 30 tagacha 
tuxumini eyishi mumkin.
Kechalari chiroq yorug’iga keladigan nozik yashil hasharotlar 
oltinko’zlardir. 
Urg’ochilari 
o’z 
tuxumlarini 
o’simlik 
barglarining 
yuqoritomonida 15-30 tagacha, ba’zan 2-3 tadan maxsus poyaga qo’yadi. 


122 
Lichinkalari nihoyatda harakatchan bo’ladi. Ular juda ko’plab shiralar, 
qalqondorlar, o’simlik kanalari, tunlam va kichik yoshdagi qurtlar bilan 
ovqatlanadi. Masalan, oltinko’z lichinkasi 1 soatda 30 ta o’rgimchakkanani va 
hayoti davomida 4000 shirani yo’qota oladi. Issiqxona xo’jaliklarida bu 
hasharotdan ancha keng foydalanilmoqda, keyinchalik ularni sun’iy usulda 
ko’paytirish keng yo’lga qo’yilgan, u o’simlik himoyachilarining 1-
yordamchisiga aylanishi mumkin.
Keyingi paytlarda issiqxona xo’jaliklarida yirtqich gallitsa –qo’llash 
yo’lga qo’yildi. Bu hasharotlar 60 turdan ortiq shiralar bilan oziqlanadi. 
Ularning lichinkasi 1 kunda 65 taga qadar shirani yo’q qiladi. 
Yuqorida sanab o’tilgan foydali xasharotlar o’simlik himoyasida 
qo’llanilayotgan biologik agentlarning ayrimlari xolos. Tabiat bizga qator 
«beminnat yordamchilar»ni berganki, hozirda ulardan foydalanish yo’llari 
ustida 
olimlarimiz 
ishlamoqdalar. 
Jumladan, 
bug’doyning 
xavfli 
zararkunandasi hasvaga qarshi yirtqich qo’ng’izlar telenominlar va fazi 
pashshalar (o’z tuxumini hasvaning ko’ziga yopishtirib qo’yadi)ni qo’llash 
katta naf keltirgan bo’lar edi. Shuningdek, eng foydali hasharot xonqizi 
qo’ng’izlari biologik agentlar qatoriga qo’shilganicha yo’q. O’zbekiston 
respublikasining o’zida 30 turdan ortiq xonqizi qo’ng’izlari uchraydi, 
shulardan faqatgina 2 tasi zararkunanda xolos. Qolgan barchasi, paxta 
dalalarida, bog’larda va boshqa maydonlarda shiralar, tunlamlar sonini 
kamaytirib turishda katta rol o’ynaydi. Ayniqsa, sitsimnus qo’ng’izlari 
laboratoriya sharoitida oson ko’payadi. Urg’ochi qo’ng’iz o’rtacha 245 ga 
qadar tuxum qo’yadi. Lichinkasi 1 kunda 33-37 ta, etuk formasi 15-25 ta shira 
bilan oziqlanib, lichinka voyaga etguncha qadar 300 mingdan ortiq 
zararkunandani yo’q qiladi.
Foydali bo’g’imoyoqlilardan yana biri – sirfid pashshalaridir. Ko’payishi 
arilarni eslatuvchi bu hasharotlar etuklik davrida gullarni shirin nektari bilan 
ovqatlanadi, lichinkalari esa asosan shiralarga qiron keltiradi. Lichinkalari 
kam harakat, ko’rinishi zuluklarni eslatadi (kattaligi 1 sm ga boradi). Yashil 
zarg’aldoq yoki qizil rangda bo’ladi. Ular 1 kunda 200 tadan ortiq shirani yo’q 
qiladi. 
Biologik kurash usulining keyingi yo’nalishi bu foydali hasharotlarni 
iqlimlashtirishdir. Qizil qon shirasi paraziti afelinus bunga misol bo’la oladi. 


123 
Bu hasharot XX asrning 20-yillarida Shimoliy Amerikadan dunyoning 40 
mamlakatiga tarqatilgan. Hozirga paytda bu parazit qizil qon shirasi tarqalgan 
barcha tabiiy hududlarda uchraydi. Bahorda olma daraxtlarini yosh novdalari 
va tanasining yorilgan joylarida oppoq g’uborni ko’rishimiz mumkin. Bu qizil 
qon shirasidir. Agar bu zarakunanda ko’payib ketsa, meva daraxtiga jiddiy 
zarar etkazadi. Lekin uning koloniyalari orasida mayda hasharot afelinuslar 
o’z tuxumini zararkunanda tanasiga qo’yib, ular sonini keskin kamayishiga 
sabab bo’ladi. Shuning uchun ham yozning 2-yarmida oq g’uborlar qolmaydi. 
Ular o’rnida nobud bo’lgan shiralar qoladi. Afelinus tabiatda qizil qon shirasi 
sonini olmagan iqtisodiy zarar beradigan darajaga ko’tarilishiga yo’l 
qo’ymaydi. 
1939 yilda Toshkentda mevali daraxtlarva tutning havfli, karantin 
zararkunandasi – komstok qurti topilgan edi. Yildan-yilga u keng maydonlarni 
egallab zarar keltira boshladi. Ipakchilik xavf ostida qoldi. 1945 yilda bu 
«chaqirilmagan mehmon»ga qarshi uning parazit – psevdofikus olib kelindi. 
Bu kichik hasharot tezda o’z faoliyatini boshlab yubordi va 60-yillarga kelib 
(komstokka) qarshi kimyoviy vositalarni qo’llashga ehtiyoj ham qolmadi. 
Yirtqichkana – metaseyluyus o’rgimchakkana bilan oziqlanishga 
ixtisoslashgan akarifagdir. Urg’ochisi hayoti davomida 75-80, erkagi 30 dan 
ortiq o’rgimchakkana bilan oziqlanadi. Metaseyluyus iqlimlashtirilgach, 
mevali bog’larda o’rgimchakkana xavfidan xalos bo’ladi.
Zararkunandalar sonini kamaytirishda hasharotxo’r qushlarning 
ahamiyati ayniqsa yuqoridir. Qushlar hasharotlar kamayib ketgan dalalarni 
osonlik bilan topadi va zararkunandalarni yo’q qiladi. 
Ko’sak qurti ko’paygan yozning 2-yarmida paxta dalalarida ko’plab 
qushlarning uchratish mumkin. Bog’larni qurtlardan xalos etishda chittaklar 
katta rol o’ynaydi. Bu kush bir kunda o’z vazniga barobar hasharotlarni qiradi. 
1 jufti esa 40 tagacha mevali daraxtlarni zararkunandalardan bemalol himoya 
qila oladi. Bitta chug’urchuq oilasi jo’jalarini boqish uchun 8000 ga yaqin may 
qo’ng’izi 
va 
lichinkasiga 
qiron 
keltirishi 
mumkin. 
Faqatgina 
hasharotxo’rlargina emas, balki donxo’r qushlar ham (masalan, chumchuqlar) 
hasharotlar bilan ovqatlanadi. Shuning uchun ham foydali qushlarni muhofaza 
qilish, ularni ko’payishi uchun shart-sharoit yaratish muhim vazifalardan 
sanaladi. 


124 
Biologik kurashning yana bir sohasi hasharotlarga qarshi mikrobiologik 
preparatlarni qo’llashdir. Bu usulda zararkanandalarda kasallik qo’zg’atuvchi 
bakteriyalar, viruslar va zamburug’lar foydalaniladi. Hozirda ko’sak qurtiga 
qarshi entobakteriya va dendrobatsellin deb ataladigan bakterial preparatlar 
qo’llanilmoqda. Bu preparatlar hasharotlarni 50 dan ortig’i samarali ta’sir 
etishini aniqlagan. Masalan, ular olma kuyasi, do’lana qurti, karam kuyasi, 
g’o’za va kuzgi tunlamlarga qarshi kurashda ishlatilmoqda. Bu preparatlar 
odam, hayvonlar va zararsiz hasharotlar uchun zararsizdir, ulardan 
hayvonlarni istalgan vegetatsiya fazasida, jumladan, gullash va hosilni olish 
davrida foydalanish mumkin. 
Hasharotlar tanasida 1200 dan ortiq sodda hayvonlar va yumaloq 
chuvalchanglar parazitlik qilishi aniqlangan. Hozirda ularning ayrimlari 
biologik agent sifatida foydalanish ustida ishlar olib borilmoqda. 
Yuqoridagilar asosida ta’kidlash mumkinki, biologik usul zararkunanda 
hasharotlarga qarshi qo’llanib kelinayotgan boshqa usullarni inkor etmaydi. 
Faqatgina o’simliklarni himoya etish jarayonida kimyoviy, fizikaviy, mexanik, 
agrotexnik va boshqa usullardagi bo’shliqlarni to’ldirishga xizmat qiladi. 
Keyingi yillarda, ba’zi bir turlarni soni ortib bormoqda. Ular qatoriga tut 
va anor parvonalari, termitlar, ilonbosh baliq, “mayna”, “kulrang kalamush” va 
boshqalarni kiritish mumkin. Ularning barchasi har bir turni chuqur 
o’rganishni, 
monitoring 
tizimini 
ishlab 
chiqishni 
taqazo 
etadi.


125 

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin