112
yirtqich
va parazitlar faoliyatiga, ozuqa sifatiga, shuningdek, o’simlikning
himoyalanish darajasiga muvofiq holda yuqorilashib ketmaydi. Bularning
barchasi fitofaglar o’rtasidagi raqobatni mo’’tadillashishiga sabab bo’ladi.
Lekin shunga qaramay, Atkinson va Shorrokslarning (1981)
immitatsion
matematik modeliga muvofiq turlararo raqobat mavjud. Jumladan, efemer
ozuqa uchun kurashayotgan ikki tur o’simlikda yoppasiga emas (masalan, bir
barg plastinkasida), balki hol-hol bo’lib joylashadi. Bunday guruhlanish
chegaralangan ozuqa manbasidan ikkala tur ham bir vaqtda foydalanish
imkoniyatini yaratadi. Masalan, olma bargidagi
yashil olma shirasi va olma-
otquloq shirasi koloniyalari ayni shunday guruhlar hosil qilib joylashadi.
Olma-otquloq shirasi olmada juda qisqa vaqt yashaydi va otquloqqa uchib
o’tadi. Olmada qolgan tur ko’plab ko’payish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bunday
holda turlararo raqobat yo’qday ko’rinadi, lekin dastlab ular o’rtasida raqobat
bo’lganligi tabiiy, keyingi tanlanish bu raqobatni mo’’tadillashtirishga olib
kelgan. Bu holatni Konnel “Dastlabki raqobatning sharpasi”deb nomlangan.
Tabiiy tanlanishda raqobatga bardosh bera olmagan turlar “O’yindan chiqqan”
va hozirda turlararo raqobat mo’’tadillashgan sharoitda yashashga
moslashgan turlar saqlanib qolgan. Lekin jamoalarda u yoki bu turning
yoppasiga ko’plab ko’payishi bilan turlararo raqobat kuchayib boradi. Shuni
ta’kidlash lozimki:
a) bir jamoadagi raqobatdagi ikki tur eng minimal darajada bo’lsada,
ekologik tokchalarning ajralishini namoyon etadi;
b) ekologik tokchalarning ajralishi morfologik differentsiyalanishda o’z
ifodasini topadi;
v) har qanday jamoada bir xil ekologik tokchani
egallovchi ikki tur
yashay olmaydi, ularning biri albatta bo’sh yashash joyini egallashga harakat
qiladi.
Ekologik tokchalarning ajralishi, turli yo’nalishlarda o’z ifodasini topadi.
U mavjud yashash joyida bir qancha mayda yashash joylarini shakllanishiga
sabab bo’ladi. Natijada, har bir mikro yashash joyi o’zining iqlimiy va boshqa
ekologik sharoitlari bilan ajralib turadi.
Ekologik tokchalar hayvonlarning yashash joylari (barg, poya, novda,
tomir va boshqalar), o’simlikdagi yashash balandligi bo’yicha, tana
o’lchamlari, populyatsiya zichligi va yashash davri bilan farqlanadi. Bu holatni
113
gulpar o’simligida hayot kechiradigan shiralarning 4 turi misolida ham ko’rish
mumkin.
Unda ifodalanishicha, eng katta o’lchamli tur o’simlikning tomir
bo’g’izida, unga nisbatan kichikroq o’lchamdagi tur barg qo’ltig’ida yashaydi.
Keyingi ikki tur esa gul bandlari va savatchalarida hayot kechiradi. Yuqori
yarusda eng mayda shiralar hayot kechiradi. Tomir bo’g’izidagi shiralar 3-4 ta
bo’lib yashasa, eng yuqori yarusdagi shiralar
xartumchasining uzunligi
bo’yicha tomir bo’g’iz shirasi alohida ajralib turadi, yuqori yarusdagi
shiralarning xartumchasining uzunligi bir muncha kalta bo’ladi. Gulpar
shiralaribir gildiyaga mansub bo’lib, bir o’simlikdan ozuqa manbasi sifatida
foydalanishga ixtisoslashgan. Agar turlararo raqobat mavjud bo’lsa, yoki
dastlab bo’lgan bo’lsa, u holda raqobat aynan gildiyalar ichida sodir bo’ladi.
Tabiatda bir gildiyaga mansub turlar bir taksonomik guruhga yoki bir necha
taksonomik guruhga mansub bo’lishi mumkin.
Jamoalarda ekologik tokchalarning ajralishi
va tarlararo raqobatning
mo’’tadillashishi hayvonlarni ozuqa resurslaridan unumli foydalanishga
imkoniyat yaratadi.
3-jadval
Dostları ilə paylaş: