Hayvonot olami. Bir hujayrali organizmlar. Hayvonot olamida sinf, tur va avlod. Baliqlar. Sudralib yuruvchilar. Qushlar. Sut emizuvchilar.
Reja:
Sodda hayvonlar tipi vakillarining tuzilishi va hayoti.
Umurtqasiz hayvonlar vakillarining xilma-xilligi.
Umurtqali hayvonlar vakillarining xilma-xilligi va yashash muhitiga moslanishi.
Hayvonot olamining tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati.
Hayvonot olamini muhofaza qilish.
Yer yuzida hayvonot olami ham o`simliklar singari tarqalgan. Ularning shimoliy muz qutblaridan tortib janubiy kengliklargacha, shuningdek, cho`l, dasht, tog` zonalarida ham uchratish mumkin.
Hayvonot olami juda ham xilma-xildir. Hozirgi paytda yer yuzida 1500 mingdan ortiq hayvon turlari ma`lum. Hayvonlarning xilma-xillig, tuzilishi, xulq-atvori, ko`payishi, rivojlanishi, kelib chiqishi, tabiatda va inson hayotidagi rolini o`rganadigan fan zoologiya deb ataladi.
Hayvonlar bilan osimliklar murrakkab tuzilishga ega bolib ularning umumiy oxshashlik tomonlari xam bor. Masalan: ularning xar ikkalasi xam xujayralardan tuzilgan ikkalasi xam oziqlanadi osadi rivojlanadi kopgina xayotiy jarayonlari xam juda oxshash ketadi. Bularning xammasi hayvonlar bilan osimliklar birbiriga qarindosh ekanligini, ular bir negizdan tarqalganligini ko`rsatadi. Lekin shu bilan birga ular o`rtasida katta farqlar xam bor. Masalan: hayvonlar - geterotrof, o`simliklar esa avtotrof organizmlardir. Xayvonlar yuradi, xarakat qiladi, noqulay sharoitdan qulay sharoitga o`tadi. O`simliklar esa bir xil sharoitda ekiladimi o`sha er sharoitga moslashsa o`sadi, moslasha olmasa nobud bo`ladi. Shuning uchun xam hayvonlar soni o`simliklarga nisbatan 3 barobar ortiqdir.
Sodda hayvonlar tipi. Mazkur tipning vakillari eng sodda tuzilishga ega bo`lgan bir hujayrali hayvonlardan iborat. Ularni sodda hayvonlar deyilishiga sabab ham tanasining bitta hujayradan tashkil topganligidandir.
Eng sodda hayvonlarning ko`pchiligi mikroskop ostida ko`rinadigan juda mayda organizmlardir. Ularning kattaligi 50-100 mm dan 1-2 mm gacha bo`ladi. Sodda hayvonlar yer yuzida keng tarqalgan. Ular hamma yerda: chuchuk va sho`r suvda, ham tuproqlarda, hovuz, ariq, ko`lmak suvlarda, dengiz va okeanlarda, ba`zi vakillarini hatto hayvon va odam organiznida ham uchratish mumkin.
Bir hujayrali yoki sodda hayvonlarning tanasi tashkil etadigan xujayralarni ko`p xujayralardan farqi shundaki, U bitta xujayradan iborat bo`lsa xamki murakkab tuzilishga ega bo`lib, murakabligi xujayra ayrim qisimlarining deferinsiallanganligi ularning har xil funksiyalari bajarishga layoqatlanganligidandir. Xujayraning ba`zi qismlari xarakatlantirish vazifasini bajarsa, ba`zilari ovqat qabul qilish yoki ovqat hazm qilishga, boshqalari esa ortiqcha suvni va dissimilyasiya mahsulotlarini hujayradan chiqarib yuborishga moslashgan. Hujayraning ixtisoslashgan bu qismlari organella yoki organoidlar deb ataladi. Buni uning tipik vakili bo`lgan infuzoriya hujayrasida ko`rish mumkin. Hujayra tarkibida bir yoki bir nechta yadro, protoplazma, vakuollar bo`ladi.
Jinssiz ko`payganda infizoriya hujasrasidagi yadro ikkiga bo`linadi. Undan ikkita yangi organizm hosil bo`ladi.
Eng sodda hayvonlar jinssiz va jinsiy yo`llar bilan ko`payadi. Lekin ularda jinsiy ko`payishga nisbatan jinssiz ko`ayish ko`p uchraydi. Buning yana bir isboti shuki ko`p xujayrali xayvonning xujayrali diferensialangan bo`lib muayyan vazifani bajarishga moslashgan. Ular ma`lum bir tomonga har xil darajada ixtisoslashgan. Bitta xujayradan tashkil topgan sodda xayvonlarning hujayrasi esa ana shularning xammasini bir xujayra ichida joylashtirib, barcha xayotiy vazifalarni bajaradi va mustaqil yashashga qodir bo`ladi. Sodda xayvonlar olami nixoyatda katta va xilma-xildir. Hozirgi vaaqtda ularning turi 15000 tadan ortadi. Bulardan tashqari tabiatda ularning xili aniqlanmagan, ayni paytda parazitlik qilib yashaydigan juda ko`p turlari ham bor .Sodda hayvonlarga amyoba, infuzoriya-tufelka, evglena, volvoks va boshqalar kiradi.
Amyoba iflos suvli havzalar tagida yashovchi, kattaligi 0,2-0,5 mm keladigan mayda organizmdir. «Amyoba» o`zgaruvchi degan manoni bildirib, u hamisha o`z shaklini o`zgartirib turadi.
Amyobaning hujayrasida yadro, protoplazma va ovqat hazm qilish vakuolasi bor. Tana tuzilishi sodda, yolg`on oyoqlar chiqarib bir joydan ikkinchi joyga harakat qiladi.Bu vaqtda ular oziqni o`rab olib, ovqat hazm qilish vakuoli hosil bo`ladi ba uning vositasida oziqlanadi. Amyoba butun tanasining yuzasi bilan nafas olib, suvda erigan kislorod protoplazmaga sizib o`tadi.
Umurtqasiz hayvonlar tipi vakillarining tuzilishi.
Kovakichlilar tipi. Kovakichlilar tuban darajada tuzilgan ko`p hujayralilarning eng xarakterli tiplaridan biridir. Kovakichlilarning o`ziga xos belgilari quyidagilar:
Kovakichlilar radial-nursimon simmetriyali tuzilishga ega. Masalan, uning vakili gidra tanasidan tik o`q o`tkazilsa, uning paypasligichlari bu o`q atrofida xuddi har tomonga taralgan yorug`lik nuri singari joylashadi. Buni nursiomn simmetriya dub ataladi.
Kovakichlilar tipi vakillarining tanasi ikki qavatli tuzilishga ega.
Kovakichlilarning tipik vakili - gidra. Gidra chuchuk suvlarda yashaydi. Uning tanasi ikki qavatdan: tashqi ektoderma, ichki entodermadan iborat.
Halqali chuvalchanglar tipi. Bu tip umrtqqasiz hayvonlar bo`limida ancha taraqqiy etgan va yaxshi rivojlanganligi bilan farq qiladi. Halqali chuvalchanglarning tana tuzilishida ancha o`zgarishlar bo`lib, bu ular tanasining segmentatsiyalashgani, yani ularning tanasi ancha segmentlardan iboratligidadir.
Halqali chuvalchanglarning tanasi ustki tomondan qoplag`ich to`qima bilan qoplangan. Ularda bu to`qimadan tashqari muskul to`qimasi nerv to`qimasi va boshqa to`qimalar bor .
Halqali chuvalchanglarda ovqat hazm qilish organlari yaxshi rivojlangan. Oziq og`izdan (yomg`ir chuvalchang misolida )xalqum orqali qizilo`ngachga o`tadi. Og`iz, halqum, qizilo`ngach, jig`ildon, oshqozon ba ichak ovqat hazm qilish organlarini tashkil etadi.
Chuvalchanglarning qorin tomonida ingichka,elastik, kalta tuklari bor. Ular yer yuzida harakat qilishda ba in qazishda yordam beradi. Ana shu kalta, siyrak tuklarning bo`lishi halqali chuvalchanglar tipiga xos xususiyatdir.
Halqali chuvalchanglarda qon aylanish sistemasi yaxshi ruvojlangan asab sistemasi xam ancha yaxshi taraqqiy etgan. Umuman xalqali chuvalchanglar aktib ovqatlanish xususiyatiga ega bo`lgan ancha rivojlangan hayvonlardan hisoblanadi.
Bo`g`imoyoqlilar tipi. Bo`g`imoyoqlilar tipi umrtqasiz hayvonlar ichida yuksak tuzilishga ega bo`lganligi bilan xarakterlanadi.Bu tipning vakillari butun hayvonot olamining ichidan 2 qismini tashkil qiladi. Agar yer yuzidagi butin hayvonlar soni 1,5 mln dan ortiq bo`lsa, shuning 1mln dan ko`prog`i bo`g`imoyoqliylarga to`g`ri keladi. Bo`g`imoyoqlilar xilma-xil, yer yuzasining hamma yerida; dengiz va okeanlarda, quruqlikda, o`rmon, cho`l va tog`larda keng tarqalgan. Bu ularning ancha taraqqiy etgan tip ekanligini ko`rsatadi. Xush, bo`g`imoyoqlilarning bunchalik xilma-xil va ko`p bo`lishiga, turli sharoitga moslashib olishiga va yer yuzasida keng tarqalishiga sabab nima degan haqli msavol tug`ladi.
Buning sababi quyidagilardir:
1.Tanasini qoplag`ch bilan qoplanganligi. Hashoratlar sinfining butun tanasi xitinli kutikula bilan qoplangan. Xitinli kutikula qattiqligidan tashqari, tanasidan ortiqcha suvni bug`lanishiga yo`l qo`ymaydi. Bu bo`g`imoyqlilarni qurib qolishidan saqlaydi.
2. Oyoqlilarning bo`g`imlarga bo`linganligi. Bo`g`imoyoqlilar o`z ajdodlari halqali chuvalchanglarning tashqi segmentlarini saqlab qolgan holda bo`g`imli oyoqlar hosil etgan. Ularning usti qattiq xitin qoplagich bilan qoplangan. Bo`g`im oyoqlilarning tanasi uchta qismga:bosh, ko`krak va qoringa bo`lingan. Ularning bunday qismlarga ajralishi hashorotlar sinfida yuqori darajaga yetdi.
3. muskulaturasining mavjudligida. Bo`g`imoyoqlilarda teri-muskul qopi bo`lmaydi. Ularda muskul tutamlari ko`rinishidagi ixtisoslashgan muskulatura rivojlangan. Tananing turli qismlarini muskul tutamlari harakatga keltiradi.
Ko`pchilik bo`g`imoyoqlilarda, ayniqsa o`rgimchaksimonlar va hashorotlarda sezgi organlari va asab sistemasi yaxshi rivojlangan. Ularning harakatchanligi va aktiv ravishda oziqlanishi shu organlarning rivojlanishiga bog`liq.
Bo`g`imoyoqlilarning tuzilishida tana bo`shlig`ining mavjudligi, qon tomirlar sistemasining tutashmagan (ochiq) bo`lishi, tanasining sirtdan segmentlarga bo`linganligi bo`g`imoyoqlilar uchun xos belgilardir.
Bularning hammasi bo`g`imoyoqlilarning ancha rivojlanganligi va shuning uchun ham yer yuzida keng tarqalganligi, turlarining ko`pligi va xilma-xil bo`lishini ko`rsatadi.
Hashoratlar sinfi. Bo`g`imoyoqlilar tipining eng katta va xarakterli sinfi hisoblanadi. Hashorotlar yer yuzasida keng tarqalgan. Ularni eng shimoliy kenglikdan tortib ekvatorgacha bo`lgan xilma-xil zonalarda, qisman dengiz va okeanlarda uchratish mumkin.
Tabiiyki, ularning yer yuzi bo`ylab bunday keng tarqalishiga sabab, ularning xitinli skelet qoplag`ichi; bo`g`imli oyoqlar va muskullar borligi sabab bo`lgan.
Tanasining tuzilishi.Hashoratlarning o`ziga xos xususiyati shundaki, ularning tanasi uch qismga; bosh, ko`krak va qorin qismlarga bo`lingan.
Bosh hamma hashorotlar uchun xos bo`lgan qismdan iborat bo`lib, unda og`iz va sezgi organlari joylashgan. Bunga may qo`ng`izining bosh tuzilishi misol bo`ladi.
Qo`ng`iz boshining ikki yonida bir juft murakkab ko`zi bor. Har qaysi ko`zi bir necha minglab sodda ko`zchalardan tuzilgan. Ko`zlari oldida bir juft mo`ylovi bo`ladi. Har bir mo`ylovi uchida bir nechtadan keng plastinkalar bor. Bu plastinkalar xid bilish organi hisoblanadi. Pilastikalar erkaklarida urg`ochilardagiga qaraganda yaxshiroq o`zgaradi. Masalan, suyuq ovqat (gul nektari) bilan o`ziqlanganda ko`pgina pardoqanotlilarning og`larisuyuq ovqat bilan oziqlanishga moslashgan. Chivinlar va qandalalarning og`zlari esa sanchib-so`ruvchi og`iz apparatiga yalangan.
Ko`kragi.Hashoratlarning ko`kragi uch qismdan:ko`krag oldi, ko`krak o`rtasi va ko`krak orqasidan iborat. Ularning har birida bir juftdan oyog`i bo`ladi. Har bir hashoratda 6 tadan oyog`i bo`ladi. Bundan tashqari, ko`kragining o`rta va orqa bo`g`imlarida qanoti joylashadi. Ko`p hasharotlar ucha oladilar, ular oziq qidiribyoki dushmandan saqlanish uchun uzoq masofalarga uchishadi. Uchish erkak hasharotlarga urg`chilarini topish uchun ham xizmat qiladi. Qanotlar hamma hashoratlarda ham bo`lavermaydi. Dastlabki qanotsiz tuban hashoratlarda qanotlar bo`lmaydi. Aslida qanotlilar gruppasiga kiradigan, lekin parazitlik qilib yashashga moslashishi natijasida qanotlari yo`qolib ketgan ba`zi hasharotlarda (bit, burga, yog`och qandalasi va boshqalarda) qanotlar bo`lmaydi.
Qorni. Hashoratlarning qorin bo`g`imlari odatda 11 ta bo`ladi. Lekin qorin bo`g`imlari kamayib 9 taga tushib qoladi va hatto bundan ham oz bo`ladi. Ko`pincha qorin ko`krakka qo`shilib ketgan.Masalan, may qo`ng`izining qorni ko`kragi bilan harakatsiz birikkan. Hasharotlar qornidan rivojlangan haqiqiy oyoqlar bo`lmaydi. Ba`zan hsharotlarda oyoq rudimentlari yoki shakli o`zgargan oyoqlar bo`ladi. Buni birlamchi qanotsizlarda kuzatish mumkin.
Ovqat hazm qilish organlari. Hasharotlarning ovqat hazm qilish organlari og`iz, qizilo`ngach, oshqozon, ichak va so`lak bezlaridan iborat.
Hasharotlar xilma-xil o`simlik va hayvon turlari bilan oziqlanishga moslashganligi tufayli, ularning organlarini birmuncha murakkab va shu bilan birga anchagina xilma-xil tuzilganligini ko`rish mumkin, ularning organlarini birmuncha murakkab.
Hasharotlar oziqlanish usuliga qarab ham bir necha gruppaga bo`linadi. Masalan, go`shtxo`r hasharotlar, xammaxo`r hasharotlar, o`simlikxo`r hasharotlar, parazithasharotlar va boshqalar.
Hasharotlarning ko`payishi. Hasharotlar asosan jinsiy yo`l bilan ko`payadi.
Erkak hasharotlarning hid bilish organlari yaxshi rivojlangan, chunki ular urg`ochilarini hidiga qarab topadilar. Bahorda may qo`ng`izining qorong`i tushishi bilan ko`plab uchib yurganini ko`rish mumkin.
Hashoratlarning ko`payish organi qorin qismida joylashgan bo`ladi. Urg`ochisida ikkita tuxumdon bo`lib, ularda juda ko`plab tuxum yetiladi. Erkak hashoratda juda ko`p spermatazoidlar yetiladigan bir juft urug`dan bo`ladi .rivojlanish ikki xil bo`lib to`la o`zgarishli va chala o`zgarish rivojlanishdan iborat.
To`la o`zgarishli rivojlanishda tuxumdan voyaga yetgan hasharotga o`xshamaydigan lichinka chiqadi. Lichinka zo`r berib oziqlanadi, o`sadi so`ngra, harakatsiz g`ubakka aylanadi. G`ubakda lichinkaning to`qima va organlarning voyaga yetgan hashorat to`qima organlarning aylanishdek murakkab jarayon sodir bo`ladi , natijada g`umbakdan voyaga yetgn hasharot chiqadi .
Hasharotning 4-bosqichli: tuxum – lichinka – g`umbak – voyaga hasharot davrini o`tishi to`la o`zgarishli rivojlanish deb ataladi. Qo`ng`iz, kapalak, asalari, cchumoli va boshqa hasharotlar shunday rivojlanadi.
Ba`zi hasharotlar tuxumdan tashqi tuzilishi, hayot tarzi va oziqlanishi jixatidan voyaga yetgan hasharotlarga o`xshaydigan lichinka chiqadi. Mayda lichinkalar oziqlanadi va o`sadi, vaqt-vaqti bilan po`st tashlab, voyaga yetgan hasharotga o`xshab qoladi. Bunda g`umbak hosil bo`lmaydi.
Hasharotning uch bosqichli: tuxum – lichinka – voyaga yetgan hasharot davrini o`tishi chala o`zgarishli rivojlanish deb ataladi. Suvarak, chigirtka, handalar va boshqalar shunday rivojlanadi.
Hasharotlar voyaga yetgandan keyin o`smaydi va po`st tashlamaydi. Hasharotlarning bir qancha turkumlari borki, ular tabiatda keng tarqalgan amaliy axamiyati katta bo`lgan xayvonlardir, masalan, ninachilar, to`g`ri qanotlilar, tangachaqanotlilar va qo`ng`izlar.
Ninachlar turkumi juda keng tarqalgan bo`lib, uning tipik vakili chiroyli ninachidir. U chuchuk suvlardan, gulzorlarda uchib yurib ko`pgina zararli hasharotlarni terib yeydi. Uning qanotlari bir juft chiroyli, bolalarni yaxshi ko`radi.
To`g`riqanotliar turkumiga uzunligi 5-6 sm keladigan, kalta mo`ylovchi, yirik hasharotlar kirib, oldingi qanotlari uzun, ensiz qattiq va to`g`ri bo`ladi, shuning uchun to`g`ri bo`ladi, shuning uchun to`g`ri qanotlilar deb nom berilgan. Orqa oyoqlari uzun, sakraydigan to`qay chigrtkasi buning tipik vakilidir.
Chigirtka g`alla va poliz ekinlariga katta ziyon yetkazadi. Hozirgi vaqtda o`lkamizning bog` va dalalari bu zararkunandadan ishonchli ravishda himoya qilingan. Tangachaqanotlilar turkumiga kapalaklar misol bo`lib, ularning turli-tuman chiroyli rangi faqat kattalarni emas, balki bolalarni ham o`ziga jalb etadi. Guldan-gulga qo`nib uchayotgan go`zal kapalakni ko`rib, uning ketidan zavq bilan quvlab, ana tutaman, mana tutaman deb chopib yurgan bolakaylarni ko`rib kim zavqlanmaydi deysiz.
Hozir bo`g`larda uchib yurgan, karam yoki oq kapalaklar bu turkumning tipik vakilidir. u yozda va bahorda poliz va dalalarda uchib yuradi. Kapalak qanotlari o`ziga xos rangli bo`lib, tangacha dog`lar bilan qoplangan. Shuning uchun ham bu xildagi kapalaklar tangachaqanotlilar deb ataladi.
Bu turkumning eng xarakterli vakillaridan yana biri tutipak qurtidir. Uning tanasi qalin tuk bilan qoplangan. Uni ipak olish uchun odamlar uzoq yillardan beri ko`paytirib kelishadi. Uni uy hayvonlariga aylangan desa bo`ladi. Chunki ular uchish qobiliyatini yo`qotgan, tabiatda uchramaydi.
Undan olinadigan mahsulot – ipak katta ahamiyatga ega. Ipakdan gazmol tayorlanishidan tashqari medisianada, aviasiyada va boshqa maqsadlarda keng foydalaniladi.
Qattiq qanotlilar yoki qo`ng`izlar turkumi - hasharotlarning turlar soni jihatidan eng katta turkumdir. Qo`ng`izlarning xarakterli xususiyati - ularning birinchi juft qanotlarini qattiq bo`lishidir. Qo`ng`izlarning tipik vakili may qo`ng`izidir. Uning biologiyasi yuqorida batafsil berilgan. Qo`ng`izlar ham foydali, ham zararlidir. Foydali mturi tugmacha qo`ng`izdir. Zararli turlaridan may qo`ng`izi, bargxo`r qo`g`zlar qishloq xo`jaligi ekinlariga va mevali bog`larga katta zarar yetkazaqdi.
Umurtqali hayvonlar vakillarining tuzilishi. Yer yuzidagi hamma umurtqali hayvonlar xordalilar tipiga kiradi. Ularni xordalilar deyilishiga sabab xordalilarning o`q skeleti tuban gruppalarda va barcha umurtqalilarning embrionlarida xordadan iborat bo`ladi. Keyinchalik esa ular umurtqa pog`onasiga aylanadi.
Xordalilar-ikkilamchi bo`shliqlar hayvonlardir. Hamma xordaliar uchun xorda, orqa nerv nayi va jabra yoriqlarning mavjudligi xarakterlidir. Orqa nerv nayi deyarli hamma xordalilarning butun xayoti davomida saqlanadi. Umrtqali xayvonlarda orqa nerv nayining oldingi uchida bosh miya shaklanadi. Suvda yashovchi xordalilar jabra, quruqlikdagilari o`pka bilan nafas oladi.
Ba`zi xordali hayvonlar (bosh skeletsizlar, to`garak og`izlilar ikki xil nafas oluvchilar va boshqalar)da xorda umr bo`yi saqlanadi. Ularning tipik vakili sifatida lansetnikni olish mumkin. Lansetnik tanasining orqa tomoni bo`ylab xorda bir-biriga zich yopishib turgan alohida hujayralardan iborat tig`izi elastik o`q joylashgan. U ichki organlar uchun tayanch hisoblanadi va lansetnik ning tanasini ma`lum darajada elastic qilib turadi. Bu ularning yashashida, harakat qilishida katta ahamiyatga ega.
Umurtqalilarning tana tuzilishi, tanasining qoplag`ichlari (terisi), skeleti, muskullari, nerf sistemasi, bosh miya, ovqat hazm qilish, nafas olish organlari, qon aylanish sistemasi, ayirish organlari, gavda bo`shlig`i ancha rivojlaqngan, tashqi muhitga moslashgan, uzoq tarixiy taraqqiyot yo`lini bosib o`tgan murakkab organizmlardir. Umurtqalilar baliqlar, suvda ham quruqda yashovchilar, sudralib yuruchilar, qushlar va sut emizuvchilar sinflarigabo`linadi.
Baliqlar sinfil. Umurtqalilar kenja tipining jag`li bosh skeletlariga mansub eng katta sinfidir. Baliqlar butun xayoti davomida suvda yashab, jabralari orqali nafas oluvchi va suvda xarakatlanishiga moslashgan suv hayvonidir. Suvda baliqlarning xayoti uchun zarur bo`lgan erigan xoldagi kislorod organik va anorganik moddalar bo`ladi. Baliqlar tana xarorati beqaror bo`lgan sovuq qonli hayvonlardir. Baliqlarning gavdasi bosh, tana va dumdan iborat. Bundan tashqari ularning bir qancha shakldagi formalari: lentasimon, yapaloq, ilonsimon, va boshqalar bor. Baliqlarning tanasi suyak tangachalari bilan qoplangan. Har bir tangacha old chekkasi bilan teriga kirib turadi. Baliq o`sib kattalashgan sari tangachalar ham kattalashadi. Tangacha tashqi tomondan shilimshiq qavat bilan qoplangan. Shilimshiqni teri bezlari ajratadi. Shilimshiqni teri bezlari ajratadi. Shilimshiq baliq tanasining suvga ishqalanishini kamaytiradi va muhofaza qiladi.
Baliqlarning rangi terisining ostki qavatidagi pigmentlarga bog`liq, bu yashaydigan joyiga moslanishidir. Masalan: ochiq suvlarda yashaydigan baliqlarning usti ko`k, qorni kumush rang bo`lib, ular g`animining ko`ziga pastdan xam, tepadan xam yaxshi ko`rinmaydi. Bazi baliqlar, ayniqsa olabug`a tanasining rangi atrof- muxitga juda bog`liq bo`ladi. Suvning tubi qoramtir bo`lgan o`rmon ko`llarida u to`q rangli bo`ladi, bazan u yerlarda xatto juda qora olabug`alar xam uchraydi. Olabug`a ko`pincha suvdagi o`tlar orasida yashirinib oladi. Yon tomonlaridagi tikkasiga ketgan qora yo`lli yashil rangi uni bu yerlarda seziltirmaydi.
Baliqlar suzgich qanotlari yordamida xarakatlanadi. Ko`krak hamda qorni juft suzgich qanotlari burilish va gavdani muallaq tutib turish, dum suzgich qanoti esa boshqarish va oldinga harakat qilish vazifasini bajaradi, tok suzgich qanotlari aktiv harakatda kam ishtirok etib, muvozanat saqlab turishga qatnashadi. Baliqlarning ozig` turli- tumandir. Yosh baliqlar mikroskopik o`simlik va jonivorlar bilan, qizilqanot kabi baliqlar esa o`simlik hamda hayvonlardan iborat aralash oziq bilan ovqatlanadi.
Baliqlar turli katta-kichiklikda bo`ladi. Ularning Filippin orollarida tarqalgan eng kichigi 1 sm kattalikda bo`lib, eng kattasi kit akulasi 15 m gacha boradi. Bazi mayday baliqlar 1- 2 yil yashasa, kambala 60, beluga 100 yil yashaydi.
Baliqlar bir necha donadan bazi akulalar 300 mln gacha oybaliq uvildiriq tashlaydi. Bazi baliqlar tirik baliqlar tug`adi. Lekin ularning tuxum hujayrasi ko`pincha suv havzasining qurib qolishidan nobut bo`ladi lichinkasi va mayday baliqlari xam g`animlaridan qirilib ketadi. SHu sababdan ular o`z nasllarini saqlash uchun g`amxo`rlik qiladilar. Nasli haqida g`amxo`rlik qiladigan baliq turlari, odatda kam miqdorda uvildiriq tashlaydi, lekin ularning uvildirig`i, lichinkasi va mayda baliqlari bunchalik ko`p miqdorda nobud bo`lmaydi.
Baliqlarning o`z naslini saqlash ularga g`amxo`rlik qilishi juda qiziq. Masalan, uch ignali tikanbaliqning erkagi suvo`tlardan uya yasaydi va o`sha joyga urg`ochilari tashlagan uvildiriqlarni qo`riqlaydi. U tikanlarini yozib, uyaga yaqinlashayotgan baliqqa g`azab bilan tashlanadi, uyasini ifloslikdan tozalaydi. Ko`krak suzgich qanotlari yordamida u yerga toza suv haydaydi. Erkagi bir necha kun davomida mayda baliqlarni qo`riqlaydi va uning uyadan uzoqqa tarqalib ketishiga yo`l qo`ymaydi.
Baliqlarning suv yuzasida yashab, suv oqimi bilan birga oqadigan – harakat qiladigan turlari ham bor. Bularga ko`pincha karpsimonlar (sazan, tovonbaliq, leshch, qizilko`z va boshqalar ) kiradi.
Baliqlarning ahamiyati. Baliqlarning tabiatda va inson hayotidai roli juda katta. Baliqlar hamma suv havzalarida tarqalib, suv muhitini normal saqlashda, undagi o`simliklar uchun, tabiatda moddalar almashinuvida katta ro`l o`ynaydi.