Hazm sistemasining yuqori bo‘limi,og‘iz bo‘shlig‘i



Yüklə 477,06 Kb.
səhifə3/5
tarix24.01.2023
ölçüsü477,06 Kb.
#80508
1   2   3   4   5
hazm sistemasing yuqori qismi Inomxo‘jayev A 205 a

Tishlarning tuzilishi

  • Tish tuzilishi. Tish koronka, boʻyin va ildizdan iborat; koronka va ildizni Tish boʻyni chegaralab turadi. Tish boʻyni toraygan boʻlib, uning atrofidagi shilliq qavat milk bilan oʻrab olingan. Koronka va ildiz ichida Tish boʻshligʻi hamda ildiz kanallari bor. Kanal ildiz oxirida teshik orqali Tish boʻshligʻiga ochiladi, bu teshik orqali Tish boʻshligʻiga qon tomirlari va nerv tolalari oʻtadi. Tishning asosiy qismini dentin tashkil etadi. Koronka kismi emal, ildizi suyak toʻqima (sement) bilan qoplangan. Tish ildizi va suyak katakchasi orasida uni ushlab turuvchi boylamlar (paylar) bor; ularni ildiz qobigʻi yoki periodont deyiladi. Periodontdan Tish boʻshligʻiga Tishni oziklantiruvchi tomirlar va nervlar kiradi. Tish ichidagi boʻshliqsa Tish eti yoki pulpa bilan toʻlgan ildiz kanali bor. Pulpa gʻovak biriktiruvchi toʻqima, tomirlar, nervlar va har xil hujayralardan tuzilgan; pulpada Tish dagi qattiq toʻqimalarning moddalar almashinuviga yordam beradigan hujayralar — odontoblastlar bor; ulardan kanalchalar orqali dentin ichiga kirib boruvchi shoxchalar (tarmokchalar) chiqadi.

Tishlarning rivojlanishi

  • Tish kurtagida birinchi dentin, keyin emal hosil boʻladi. Avval ular, asosan, organik moddalardan iborat oʻziga xos toʻqimadan tuzilgan boʻlib, keyinchalik homiladorlikning 5oyi oxiriga kelib, bu oraliq moddalarga mineral moddalar, asosan, kaltsiy tuzlari singiy boshlaydi. Mineral tuzlar kristall holida oʻtirib, emal va dentinga qattiqlik beradi. Sut hamda doimiy Tishlarning dentin va emaldan tuzilgan koronkasi Tish chiqishidan oldinoq shakllanib boʻlgan boʻladi. Emal juda qattiq boʻlib, tarkibida 96% gacha, dentinda esa 72% cha anorganik (mineral) moddalar bor.
  • Tish chiqishi maʼlum muddat va tartib asosida boʻladi. Bolalarda birinchi boʻlib pastki, keyin yuqori kesuvchi Tishlar chiqadi (6—8 oygacha); bola 8—12 oyligida avval pastki yon, keyin yuqorigi yon kesuvchi Tishlar chiqadi. Soʻngra tartib bilan birinchi jagʻ (12— 16 oy), qoziq (16—20 oy) va ikkinchi jagʻ Tish (20—30 oy) chiqadi. Sogʻlom bolalarda bu muddat bir oz ilgariroq yoki kechroq kechishi mumkin. Koʻpincha bola 2 yasharligida 20 ta sut Tish chiqib boʻladi. Tish chiqishi fiziologik jarayon boʻlib, odatda, ogʻriq bilan kechadi; bu davrda bola isitmalashi, milki yalligʻlanib, qichishishi mumkin; u bezovta boʻla boshlaydi va qattiq narsalar (qoshiq, suyakdan qilingan va boshqalar)ni milkiga ishqalagisi keladi; soʻlak bezlarining faoliyati tezlashganligi tufayli koʻp soʻlak ajrala boshlaydi, bolada betoblik alomatlari paydo boʻlsa, darhol vrachga koʻrsatish zarur.
  • Doimiy Tlar 5—6 yoshdan chiqa boshlaydi; dastlab birinchi katta jagʻ Tish (sut jagʻ Tishlar orqasidan) chiqadi. 6—8 yoshda markaziy kesuvchi Tish (oldin pastki, keyin kjrrigi); 9—10 yoshda yon kesuvchi Tishlar, 12—14 yoshda qoziq va kichik jagʻ Tish sut Tishlar oʻrniga almashinib chiqadi. Ikkinchi katta jag Tish 14 yoshda, akd Tish esa, odatda, 16 dan 25 yoshgacha chiqadi. Doimiy Tishlar chiqishidan oldin sut Tishlar ildizi soʻrila boshlaydi; bu chiqib kelayotgan doimiy Tishlar koronkasi tegib turgan yerdan boshlanadi.

Yüklə 477,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin