Aholisining 90 % dan koʻprogʻi nemislar; qisman dan (daniyalik)lar va gollandlar yashaydi. Shahar aholisi 85 % dan ortiq[2]. Rasmiy tili — nemis tili[3]. Dindorlar — protestantlar (lyuteranlar, 50 % dan ziyod) va katoliklar[4]. Aholi zichligi bir km2ga 229 kishi toʻgʻri keladi[5][6]. Mamlakatda 7,2 million chet elliklar ham yashaydi. Ular umumiy aholining 8,9 % ini tashkil etadi. Yirik shaharlari: Berlin, Hamburg, Myunxen, Kyoln, Frankfurtmayn, Dortmund, Shtutgart, Dyusseldorf, Hannover, Nyurnberg, Leypsig, Drezden[7].