Hilpilla bayrog’im hilpilla mag’rur


-o’quvchi:Davlat bayrog’i-Davlatning asosiy ramzlaridan biri. 6-o’quvchi



Yüklə 64 Kb.
səhifə2/5
tarix18.05.2023
ölçüsü64 Kb.
#116384
1   2   3   4   5
Sen. Bayroq

5-o’quvchi:Davlat bayrog’i-Davlatning asosiy ramzlaridan biri.
6-o’quvchi:Davlat timsollarini asrash uchun ajdodlarimiz o’z jonlarini ham fido etganlar.
7-o’quvchi:Ulug’ alloma shayx Najmiddin Kubro 75 yoshga kirgan bo’lishiga qaramasdan”Yo Vatan,yo sharafli o’lim”,deya bir qo’lida bayroq,bir qo’lida shamshir ko’tarib.mo’g’ul istilochilariga qarshi mardonavor jangga kiradi.Mo’g’ul askari uning qo’lidagi bayroqqa chang soladi.Buyuk bobomiz Vatan himoyasi yo’lida halok bo’ladi.Ammo vafot etgach ham,qo’lidagi tug’ dastasini qo’yib yubormaydi.Bosqinchilar uning panjalarini kesib,yalovni olishgan ekan.(O’quvchilar rollarga kirib bajaradi.)
8-o’quvchi:Balki bu bir rivoyadir.Lekin uning zamirida bayroqning ulug’ligini tasdiqlovchi qanchalik katta ma’no va mazmun yashirin.
9-o’quvchi :Shu boisdan ham davlat bayrog’ini muqaddas bilib ko’zga surtadilar.
10-o’quvchi:Uning qarshisida tiz cho’kadilar.
11-o’quvchi:Hilpilla bayrog’im,hilpilla mag’rur,
Ozod,hur xalqimga baxsh etib surur.
Birlashgan millatlar koshonasida.
Hilpira bizlarga baxsh etib g’urur.
12-o’quvchi:O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i Respublikamiz Oliy Kengashining navbatdan tashqari VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabrda tasdiqlangan va shu kuni Prezidentimiz Islom Karimov “O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risidagi” qonunga imzo chekkan.
13-o’quvchi:Ushbu qonun 13 moddadan iborat.
3-modda:O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’I xalqaro maydonda: O’zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamalakatlarga safarlari chog’ida,xalqaro tashkilotlarda,konferensiyalarda,jahon ko’rgazmalarida,sport musobaqalarida O’zbekiston Respublikasining timsoli bo’ladi.
4-modda:Bayroqning uzunligi 250smga,kengligi 125smga teng.Moviy rang,oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil.Har bir en 40 smga tengdir.Qizil hoshiyalarning kengligi 2.5smga teng.
7-modda: O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’I bilan bir vaqtda boshqa davlatlarning bayrog’I ko’tarilsa, O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’I o’ng tomondan,boshqa davlatning bayrog’I chap tomondan ko’tarilmog’I kerak.

Yüklə 64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin