1-boshlovchi:Bolajonlar hozir sizga bayrog’imizdagi ranglar,oy va yulduzlar o’zlari haqida so’zlab berishadi.
2-boshlovchi:Marhamat diqqat qiling,qulog’ingizga quyib oling.
Oq rang: Men-chi oq rang bo’laman
Vazifam-doim tinchlik
Timsolim-soflik,poklik
Orzu va xayollar bilan
Intilishim ichki go’zallik
Moviy rang: Men moviy rang bo’laman
Bayroqdan joy olganman,
Tiriklik,mangu osmon
Obihayot ramziman
Donishmandlik,halollikni
Yaxshilik sadoqatni
O’zimda aks etganman.
Amir Temur ruhini
Doimo shod etgayman.
Yashil rang: Bayroqdagi yashil rang
Tabiat yangilanishi
Ko’pgina xalqlarda esa
Umid va shodumonlik
Qizil chiziq: Qizil chiziqlar esa
Vujudda oqayotgan
Hayotiy irmoqlarni
Jo’shishidan berar darak.
Oy: Men bilan tarix bog’liq
Ayni paytda esa men
Sizlarga muhim bog’liq
Mustaqillik ramzi ham.
Yulduz: O’zbek xalqi qadimiy
Madaniyat beshigi
Tuprog’ida saodat
Komillikdir eshigi.
1-o’quvchi:Xalqim orzu niyati
Dilga quvonch soladi
Bayrog’imiz dunyo uzra
Yurtga dovrug’ soladi
Bayroqdagi 4 xil rang
Hamohangdir birlikda
Bir-birini to’ldirar
Maqsad sari tenglikda
2-o’quvchi:Havo rang tinchlik demak
Oq-rangdir-poklik ramzi
Yashil-yashnagaydir el
Qizil rang hayot ramzi
Yulduzlar doimo sirli
Ma’nolarni so’zlaydi
12 yulduz 12 oy tarixdan so’zlaydi
Yangi chiqqan to’lin oy
Har ko’zni o’zga chorlar
Duoga ochamiz qo’l
Dilga nur,poklik solar
3-o’quvchi:12 baxt yulduzi O’ziga xo’p yarashar Unda dunyo xalqlari Havas bilan qarashar. 4-o’quvchi :Mustaqil yurt deb atar Yer yuzining har yog’i Bizga juda mo’tabar O’zbekiston bayrog’i. 5-o’quvchi :Hurlikni ulug’lab hilpirar mag’rur
O’zbek iftixori vatan bayrog’i
Yashaydi millatlar do’st-inoq masrur
Sajdagoh makondir oltin tuprog’i
Karvonin boshlaydi dovyurak sarbon
Murodli manzilga aziz xalqini
Ko’rsam der yurtini jannatiy makon
Bag’ishlab eliga umri qalbini.