Himoyaga ruxsat beriladi


Muammoli ta’lim texnologiyalarining mohiyati



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/29
tarix12.05.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#112261
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
 
Muammoli ta’lim texnologiyalarining mohiyati. 


64
Muammoli ta‘lim texnologiyalari o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va 
jadallashtirishga asoslangan. Muammoli ta‘lim texnologiyasi insonning fikrlashi, 
muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarni aniqlash
tadqiq etish va yyechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi. Muammoli 
ta‘lim o‘quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishda jiddiy 
ahamiyatga ega. 
Muammoli ta‘limning bosh maqsadi — o‘quvchilarning muammoni to‘liq 
tushunib etishiga erishish va ularni hal eta olishga o‘rgatishdan iborat. Muammoli 
ta‘limni amaliyotda qo‘llashda asosiy masalalardan biri o‘rganilayotgan mavzu bilan 
bog‘liq muammoli vaziyat yaratishdan iborat. 
Muammoli ta’lim mashg’ulotlarini tashkil etish va boshqarish. 
Muammoli ta‘lim mashg‘ulotlarini tashkil etish va boshqarish quyidagi bosqichlarni 
o‘z ichiga oladi: 
— o‘quv fani va darslar mavzusini o‘rgatishda ular bilan bog‘liq muammoli 
masalalarni belgilash; 
— ulardan muammoli vaziyatlar hosil qilish va amalda foydalanishni oldindan 
rejalashtirib borish; 
— o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olish; 
— zarur o‘quv vositalarini tayyorlash; 
— muammoli vaziyatdagi mavjud ziddiyatni ko‘rsatish; 
— topshiriqni va uni yyechish uchun etarli shartlarni aniq bayon qilish; 
— o‘quvchilarning muammoni hal etishda yo‘l qo‘yayotgan xatolarini, ularning 
sababini va xususiyatini ko‘rsatish; 
— o‘quvchilarning noto‘g‘ri taxminlari asosida chiqargan xulosalari oqibatini 
muhokama etib, to‘g‘ri yo‘lni topishlariga ko‘maklashish va boshqalar. 
Muammoli ta‘lim jarayonini quyidagi uchta asosiy bosqichga ajratish mumkin: 
1. Muammoli vaziyat hosil qilish. 
2. Muammoni yyechish taxminlarini shakllantirish. 
3. Yechimning to‘g‘riligini tekshirish (olingan yechim bilan bog‘liq axborotni 
tizimlashtirish orqali). 


65
Muammoni hal etishni 3 ta bosqichga ajratish mumkin: 
1. Isbotlash — bu muammoning ilgari to‘g‘ri deb tan olingan sabablar bilan 
bog‘liqliklarini topish asosida amalga oshiriladi. 
2. Tekshirish — buni tanlangan sababning oqibatida hal etilayotgan muammo hosil 
bo‘lishi to‘g‘riligini asoslash bilan amalga oshiriladi. 
3. Tushuntirish — bu muammoning yechimi nima uchun to‘g‘riligini tasdiqlovchi 
sabablarni aniqlash asosida amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin