66
guruhlar tomonidan bir yoki bir necha mavzu (muammo)ni
muhokama qilish
imkoniyati mavjud.
«6x6x6» metodidan ta‘lim jarayonida foydalanish o‘qituvchidan faollik,
pedagogik mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish
layoqatiga ega bo‘lishni talab etadi. Guruhlarning to‘g‘ri shakllantirilmasligi
topshiriq yoki vazifalarning to‘g‘ri hal etilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin.
«6x6x6» metodi yordamida mashg‘ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi:
1. O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul
qo‘yib chiqadi.
2. Tahsil oluvchilar o‘qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo‘linadilar.
Tahsil
oluvchilarni guruhlarga bo‘lishda o‘qituvchi quyidagicha yo‘l tutishi mumkin: 6 ta
stolning har biriga muayyan ob‘ekt (masalan, kema, to‘lqin, baliq, delfin, kit, akula)
surati chizilgan lavhani qo‘yib chiqadi. Mashg‘ulot ishtirokchilariga kema, to‘lqin,
baliq, delfin, kit hamda akula surati tasvirlangan (jami 36 ta) varaqchalardan birini
olish taklif etiladi. Har bir tahsil oluvchi o‘zi tanlagan varaqchada tasvirlangan surat
bilan nomlanuvchi stol atrofiga qo‘yilgan stuldan joy egallaydi.
3. Tahsil oluvchilar joylashib olganlaridan so‘ng o‘qituvchi mashg‘ulot
mavzusini e‘lon qiladi hamda guruhlarga muayyan topshiriqlarni beradi. Ma‘lum
vaqt belgilanib, munozara jarayoni tashkil etiladi.
4. O‘qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o‘rinlarda guruh
a‘zolariga maslahatlar beradi, yo‘lyo‘riqlar ko‘rsatadi hamda guruhlar tomonidan
berilgan topshiriqlarning to‘g‘ri hal etilganligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng
guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so‘raydi.
5. Munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga etgach, o‘qituvchi guruhlarni
qaytadan shakllantiradi. Yangidan shakllangan har bir guruhda avvalgi 6 ta
guruhning har biridan bir nafar vakil bo‘lishiga alohida e‘tibor qaratiladi. Tahsil
oluvchilar o‘z o‘rinlarini almashtirib olganlaridan so‘ng
belgilangan vaqt ichida
guruh a‘zolari avvalgi guruhlariga topshirilgan vazifa va uning echimi xususida
guruhdoshlariga so‘zlab beradilar. Shu tartibda yangidan shakllangan guruh avvalgi
67
guruhlar tomonidan qabul qilingan xulosalar (topshiriq echimlari)ni muhokama
qiladilar va yakuniy xulosaga keladilar.
Dostları ilə paylaş: