27
shuningdek, Respublika yo‘l jamg‘armasiga hamda Ta‘lim
va tibbiyot
muassasalarini rekonstruktsiya qilish uchun majburiy ajratmalar to‘lashning mazkur
korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tish sanasida amal qilgan me‘yorlari va qoidalarini
qo‘llash huquqi berildi.
2. Qiymati 50 million AQSH dollaridan oshadigan va xorijiy investorning
ulushi kamida 50 foiz bo‘lgan investitsiya loyihalari doirasida,
ishlab chiqarish
maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini
qurish byudjet mablag‘lari hamda boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan
amalga oshiriladi.
3. Vazirliklar, idoralar,
mahalliy davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi
va nazorat idoralari, tijorat banklari tomonidan xorijiy
investorlar hamda xorijiy
investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning faoliyati bilan bog‘liq qo‘shimcha
talablar va cheklovlar o‘rnatilishi qat‘iyan taqiqlangan va bu hol qonunga xilof deb
hisoblanadi.
4. Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini o‘tkazish
bo‘yicha
Davlat
komissiyasiga
(R.S.Azimov)
xorijiy
investorlarning
buyurtmanomalari bo‘yicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni barpo
etish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining balansida bo‘lgan past likvidli
ob‘ektlarni aniq investitsiya majburiyati ostida investor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
shartnomalar tuzish yo‘li bilan tanlov o‘tkazmasdan «nolь» xarid qiymati bo‘yicha
sotish huquqi berildi.
5. Vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarining buyurtmanomalari
bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda
qatnashayotgan xorijiy
kompaniyalarning mansabdor shaxslari va mutaxassislariga 12 oy muddat bilan
kirish vizalari hamda ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilish belgilandi.
6. Xorijiy investorlarga o‘zlarining investitsiya faoliyatini amalga oshirishlari
uchun Davlat
byudjeti va uning ijrosi, pul-kredit siyosati, tashqi savdo hamda
boshqa ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda zarur bo‘lgan
iqtisodiy axborotlardan
tizimli asosda belgilangan tartibda keng foydalanish imkoni yaratildi.