Bitiruv - malakaviy ishning maqsadi: Mamlakatimizning investitsion
faoliyati va iqtisodiyotimizni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning tutgan
o‘rnini tahlil qilish, ushbu mavzuni o‘qitish uslubiyotini yaratish.
Bitiruv- malakaviy ishning vazifasi: Qo‘yilgan maqsadga erishish quyidagi
vazifalarning yechimi bilan bog‘liq:
- Milliy iqtisodiyotda chet el kapitalining ahamiyati va uni jalb qilish
sabablarini o‘rganish;
- Mamlakatimizda yaratilgan investitsion muhit bilan tanishish;
- Respublikamiz makroiqtisodiy investitsion faoliyati statistik ko‘rsatkichlari
bilan tanishish va ularni tahlil qilish;
- Mamlakatimizning xalqaro moliya institutlari va rivojlanish tashkilotlari bilan
hamkorligi va istiqboldagi rejalarini o‘rganib chiqib, tahlil qilish.
Bitiruv- malakaviy ishning ob’ekti: Bitiruv malakaviy ishining ob`ekti etib
"Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning o‘rni‖ va
bu masalani o‘qitish uslubiyoti olindi. Bitiruv malakaviy ishining predmeti: Investitsion faoliyatga kirishish va uni
amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy va siyosiy munosabatlar.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va uslubiy asoslari:O`zbekiston
Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari,
I.A.Karimov asarlari, vatanimiz va xorijiy olimlarning ilmiy ishlari va
maqolalari.Mazkur ilmiy tadqiqotlar ushbu muammolar bo`yicha Davlat Statistika
Qo`mitasining statistika ma`lumotlaridan foydalanildi.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, uchta bob, xulosa, foydanilgan adabiyotlar
ro‘yxatidan va ilovalardan iborat.
Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning predmeti, ob‘ekti hamda bitiruv
malakaviy ishning maqsadi va vazifalari yoritilgan.
Birinchi bobdaxorijiy investitsiyalarning mohiyati va jalb qilish sabablari,
shuningdek, respublikamizda yaratilgan investitsion muhit haqida ma‘lumot
berilgan.