25
Shuni ta‘kidlab o‘tish zarurki, ―Xorijiy investorlarga kafolatlar to‘g‘risida‖gi
qonunda shuningdek chet el investistiyalarini ular kiritilgan vaqtdan boshlab 10 yil
mobaynida
qonunchilikda
investistiyalash
sharoitlarini
yomonlashtiruvchi
o‘zgartirishlardan himoyalash ishlari nazarda tutilgan.
Xorijiy investor O‘zbekiston Respublikasida quyidagi yo‘llar bilan investistion
faoliyatni amalga oshirishi mumkin:
- O‘zbekiston rezidentlari - huquqiy va jismoniy
shaxslar bilan birgalikda
tashkil etilgan kompaniyalar, banklar, trestlar, kartellar,
birlashmalar va boshqa
korxonalardagi ulushi bilan ishtirok etish yo‘li bilan;
- 100%li chet el investistiyalar ishtirokidagi korxonalar tuzish yo‘li bilan;
- portfel investistiyalari - O‘zbekiston kompaniyalari tomonidan chiqarilgan
akstiyalar, obligastiyalar, va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar
sertifikatlarini harid
qilish yo‘li bilan;
- er osti va er usti foydali qazilmalaridan foydalanishga tegishli (konstessiya)
huquqlarini o‘z ichiga oluvchi er va ko‘chmas mulkni to‘la yoki qisman sotib olish
yo‘li bilan.
Qo‘shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investistiyalarni jalb qilish keng
tarqalgan shakllaridan biri hamkorlikda qo‘shma korxonalarni tashkil etishdir.
O‘zbekiston Respublikasida qo‘shma korxona deganda, nizom kapitalining kamida
30 % xorijiy investorlarga tegishli bo‘lgan va xorijiy investor faqat yuridik shaxs
bo‘lgan, nizom kapitalining eng kam mikdori 150 ming AQSh dollariga teng
bo‘lgan ekvivalent summani tashkil etgan korxonalarga aytiladi. Xorijiy investistiya
ishtirokidagi korxona nizom jamg‘armasining 150
ming AQSh dollaridan kam
bo‘lmasligi sifatsiz mahsulotlarining oldi-sotdisi va ularni respublikaga import qilish
ishlari bilan shug‘ullanishga ixtisoslashgan kichik qo‘shma korxonalarning
keragidan ortiqcha kirib kelishining oldini olish maqsadida belgilangan.