17
Portfel‘ investitsiyalar (portfoIio investments)
- shunday investitsiyalarki,
bunda kapitalni daromad olish maqsadida korxonalarning aktsiyalari, obligatsiyalari
va boshqa qimmatli qog`ozlarini sotib olish uchun sarflanadi. Bunday investitsiyalar
korxonalarning moliyaviy xujalik faoliyati ustidan nazorat urnatish huquqini
bermaydi. Xorijiy portfel‘ investitsiyalar barcha xalqaro
operatsiyalarni amalga
oshirishda firmalar uchun muhim ahamiyatga ega. Bu turdagi investitsiyalarga
asosan
moliyaviy
muammolarni
yechish
uchun
murojaat
kilinadi.
Korporatsiyalarning moliyaviy bo‘limlari mablag‘`larning
bir mamlakatdan boshqa
mamlakatga qisqa muddatli investitsiyalardan yuqori foyda olish uchun o‘tkazadilar.
Bunday investitsiyalar ko‘pincha xususiy tadbirkorlar kapitaliga asoslangan, ba`zida
esa o‘z qimmatbaho qog`ozlarini chiqaradi va xorijiy qimmatbaho qog`ozlarini sotib
oladi.
Portfel investitsiyasining bevosita investitsiyalardan afzallik tomoni shundaki,
ular tugatilish vaktida qimmatbaho qog`ozlar tezda
naqd valyutaga almashtirib
olinishi mumkin. Portfel‘ investitsiyalarning amalga oshirilishining asosiy sababi –
tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda xorijiy investor o‘z mablag‘larini
xorijda maksimal foyda keltiruvchi qimmatbaho qog`ozlarga joylashtirishi mumkin.
Ma`lum bir ma`noda portfel‘ investitsiyasi pulni inflyatsiya va spekulyatsiya yuli
bilan foyda kurishdan saklash vositasi sifatida karaladi.
Bunda investitsiya
kilinayotgan soha xam, qimmatbaho qog`oz turi xam
xech kanday ahamiyatga ega
emas, u ustama kurs o‘sishiga qarab istalgan foydani bersa va devidendlar to‘lansa
bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: