PV= (2)
ya’ni:
1) FV=PV (1+k)n FV = 100x(1+0,10)= 110
2) PV= = = =100
Bu formula shunday ma’noni keltirib chiqaradiki, agar (k) bu erda biz uchun investitsiyaning o’xshash loyihasiga mablag’ kiritib, o’zimizni, haqiqatda, ta’minlashimiz mumkin bo’lgan (masalan, jamg’arma banki pulni standart ravishda kiritib) daromad darajasini (foiz stavkasini) anglatadi.
Real foiz stavkasi o’zida kutilayotgan inflyatsiya tempini hisobga olgandagi nominal stavkani aks ettiradi.
Investitsiya loyihalarini tahlil qilish va asoslashda o’tkaziladigan hisoblashlarning asosi bo’lib, bugun sarflanishi lozim bo’lgan xarajatlarni va kelgusida olinishi mumkin bo’lgan pul tushumlarini taqqoslash hisoblanadi. Ushbu muammoni hal qilishga annuitetni joriy (hozirgi) qiymaytini aniqlash yordam beradi. Ushbu asosga ko’ra, biz, bugungi qo’yilgan mablag’lar ertangi foyda bilan qanchalik qoplanishini etarlicha aniq tasavvur qilishimiz mumkin.
Odatda, investitsiya loyihalari samaradorligini baholash oltita (6) usulni o’z ichiga qamrab oladi.
O’z navbatida, ularni ikki asosiy guruhga ajratish mumkin.
1. Diskontlash kontseptsiyasidan foydalanishni nazarda tutmaydigan usullar: investitsiyalarning qoplanish davrini hisoblash usuli; investitsiyalarning buxgalteriya rentabelligini aniqlash usuli.
2. Pul oqimini diskontlashtirish asosida baholash usullari: sof joriy qiymatni aniqlash usuli; investitsiyalar rentabelligini hisoblash usuli; foydaning ichki me’yorini hisoblash usuli; diskonlashtirilgan qoplash muddati usuli.
Dostları ilə paylaş: |