O'lc.birlik
|
2010
|
2011
|
2012
|
2013
|
2014
|
1
|
Yuk aylanmasi
|
mln.t-km
|
22282
|
22482
|
22686
|
22918.2
|
22920
|
2
|
Yuklarni tashish
|
mln.tn
|
76.5
|
80.9
|
82.4
|
82.8
|
84.59
|
3
|
Yo'lovchi aylanmasi
|
mln.yo'l-km
|
2905
|
3025
|
3438
|
3709.2
|
3724.6
|
4
|
Yo'lovchilarni tashish
|
mln.y-chi
|
15.5
|
16.0
|
17.1
|
18.4
|
19.6
|
5
|
Investitsiya dasturi bo'yicha jami
|
mln.doll
|
379.26
|
357.06
|
333.43
|
515.42
|
636.42
|
|
Shu jumladan o'z mablag'lari hisobidan:
|
mln.doll
|
301.22
|
308.25
|
294.63
|
368.07
|
319.49
|
|
Davlat budjeti
|
mln.doll
|
-
|
-
|
-
|
28.70
|
64.87
|
|
O'zTTF
|
mln.doll
|
5.02
|
24.7
|
38.8
|
60
|
149.84
|
|
Chet el investitsiyasi
|
mln.doll
|
73.02
|
24.11
|
-
|
58.65
|
100.70
|
Jadvalda ko'rinib turganidek, "O'zbekiston temir yo'llari" AJning asosiy faoliyat ko'rsatkichlari yildan-yilga oshgan. Kiritilgan investitsiyalar ta'siri bilan sohada barcha ko'rsatkichlar ijobiy holatni aks ettirgan. Loyihaviy ishlarni yanada kengroq sanab o'tamiz.
Osiyo tarraqiyot bankining jalb qilingan mablag’lari evaziga 2 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshirildi va Toshkent-Samarqand-Buxoro uchastkasida yo’llar qayta tiklandi, Keles-Buxoro uchastkasida 600 kmdan ortiq bo’lgan uzunlikdagi optik tolali aloqa liniyalarini yotqizish yakunlandi. To’qimachi-Angren temir yo’l liniyasini elektrlashtirish ishlari yakunlandi. Yangi Yangiyer-Jizzax va Yangiyer-Farhod temir yo’l liniyalarini qurish ishlari yakunlandi.
Jamiyat lokomotiv parklarini, yo’lovchi va yuk vagonlarini yangilash bo’yicha bir qator loyihalarni amalga oshirmoqda. “O’zbekiston temir yo’llari” AJ korxonalarida yo’lovchi va yuk vagonlarini seriyali ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Bu, hususan, havoni sovitish moslamasi bilan jihozlangan kupeli vagonlar, yuk vagonlarining eng katta talabga turlari – yopiq, neft mahsulotlari uchun sisternalar, yarimvagonlar va boshqalar.
Maroqand-Qarshi, Qarshi-Termiz temir yo’l uchastkalarini elektrlashtirish, yangi eletrlashtirilgan Angren-Pop liniyasini qurish investitsion loyihalari amalga oshirildi.
2016 yilning 22 iyunda O’zbekiston va Xitoy hamkorligining yirik va istiqbolli loyihasi ijrosi – Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo’li hamda Qamchiq tunnelining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo’li hamda Qamchiq tunnelining rasmiy ochilish marosimining eng muhim ahamiyatga ega tomonlaridan biri, ushbu marosimda O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ishtirok etgani bo’ldi. Jahonga mashhur ikki davlat rahbarlari “O’zbekiston” yo’lovchi poezdining Qamchiq tunnelidan o’tishiga ruxsat beruvchi semaforni yoqish uchun maxsus tugmani bosganliklarini butun dunyo kuzatib turdi.
Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo’l liniyasini barpo etishdan maqsad ham nafaqat Farg’ona vodiysi viloyatlari va mamlakatimizning boshqa hududlari o’rtasida temir yo’l orqali yuk va yo’lovchi tashish imkoniyatini yaratish, shu bilan birga, Xitoy – Markaziy Osiyo – Evropa yangi xalqaro tranzit temir yo’l koridorining eng muhim bo’g’ini bo’lishi nazarda tutilgan edi. Uzunligi 123,1 kilometr bo’lgan Angren – Pop temir yo’lining Qamchiq dovonidan o’tgan qismida 19,2 kilometrlik tunnel barpo etildi. Ushbu qurilish jarayonlari davomida o’zbekistonlik temiryo’lchilarning salohiyatiga xitoylik mutaxassislar qoyil qolishdi, xitoyliklarning mahoratiga o’zbekistonliklar tasannolar aytishdi. Katta mehnat g’alabasiga har ikki tomonning yuksak mehnati, hamjihatligi tufayli muddatidan avval erishildi.
Bugungi kunda ushbu temir yo’l orqali Toshkent – Andijon – Toshkent yo’nalishida har kuni zamonaviy tezyurar yo’lovchi poezdlari aholiga xizmat ko’rsatmoqda. Andijon – Buxoro – Andijon yo’nalishida haftasiga ikkita yo’lovchi poezdi, haftada bir marotaba Andijon – Urganch – Andijon, Andijon – Moskva – Andijon yo’nalishlarida yo’lovchi poezdlari qatnovi tashkil etildi. Bundan tashqari, bir sutkada o’nlab yuk poezdi Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo’li orqali o’tib, yuklarni o’z manziliga etkazmoqda.
Xususan, mazkur temir yo’l orqali ,bir yil davomida 413 ming 162 nafardan ortiq yo’lovchiga xizmat ko’rsatild, 7395,6 ming tonna yuk tashildi. Shuningdek, 1718 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
“O’zbekiston temir yo’llari” AJ temir yo’l transportida yo’lovchilarni tashishni takomillashtirish maqsadida hukumat ko’magida “Yo’lovchi lokomotivlar parkini yangilash” investitsion loyihasini amalga oshirish yakunladi. Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida lokomotiv parki 15 ta yo’lovchi elektrovozlarga ko’paydi.
Loyihani amalga oshirish poezdlar harakatini 100 kmdan 160 km tezlikkacha oshirish hisobiga yo’lovchilarning safar vaqtini qisqartirishga sabab bo’ldi va boshqa transport turlariga nisbatan temir yo’l orqali yo’lovchi tashish afzalligini ta’minladi. Elektrovozlarga yetkazib beriladigan asinxron dvigatellar (ASD)ni qo’llash poezdlarni tortish uchun ishlatiladigan elektr quvvat iste’molini 22 % ga qisqartirishga olib keldi.
Bundan tashqari, rekuperativ tormozlanishni qo’llash iqtisod qiligan elektr quvvatning tortish tarmog’iga qaytib kelishini ta’minlaydi, bu poezdlarni tortish uchun ishlatiladigan elektr quvvat harajatlarini kamayishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |