3.3. OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida mehnatga
haq to’lashning auditini takomillashtirish
OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialidamehnatga haq
to’lash fondidan foydalanish audit qilinganda auditor bu fondni tarkibini tekshirish
natijasida unga moddiy rag’batlantirish, mukofotlar, moddiy yordam summalari
kiritilmaganligini aniqlaydi.
OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialidamehnatga haq
to’lash fondini bazis davr bilan joriy davrga solishtirish natijasida uning iqtisodi
yoki ortiqcha sarfi aniqlanadi.
Auditor ishning normal sharoitidan chetga chiqish sabablarini, ya’ni ishning
to’xtatib qolish xodisalarini, bayram va dam olish kunlari ishga jalb qilish
natijasida k’shshmcha ish haqi hisoblanganligani aniqlashi alohida ahamiyagga
ega.
Ish haqi fondini ortiqcha sarf bo’lishiga quyidagi sabablar ta’sir qiladi:
mehnat unumdorlik rejasining bajarmaslik, ish xizmat xajmiga ko’shib yozish,
ishchilarni ortiqcha soni, ish xizmat ko’rsatish to’xtab kolishi, bayram va dam
olish kunlarida ishga jalb qilish. Lavozim okladlarini sababsiz oshirish, norma va
ishbay narxlarni noto’g’ri qo’llash.
Ichki audit OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida
ko’llaniladigan mehnatga haq to’lash sistemalari shakllari, ishning sharoitlarini
hisobga olgan xolda samaradorligini taxlil qiladi. Shu bilan birga ishchi va
xizmatchilar uchun joriy razryad, stavka va lavozim okladlarini konuniyligini
tekshiradi.
-mehnatga haq to’lash me’yorlari belgilangan me’yoriy xujjatlarga asoslanib,
banknipg ixtisoslashuvi xususiyati e’tiborga olingan xolda belgilalganligini
tekshiradi. Auditor mazkur tartibning to’g’riligini va bank majlisida
tasdiqlangan tartibning amalda rioya qilinishini tekshiradi;
51
-mehnatga haq to’lashda bank xodimlar bilan tuzilgan shartnomalarning
mavjudligi, bu shartnomalar shartining saklanishini tekshiradi:
-hisoblangan mehnat haqi bajarilgan, sharnomada belgilangan me’yorlarga
to’g’ri kelishi, bajarilgan ish uchun bank operatsiyalariga to’g’ri kelmaydigan
ish va xizmatlar uchun ish haqi to’lash usulari bo’lmaganligani;
-bajarilgan ish va xizmatlar uchun hisoblangan ish haqining boshlangich
xujatlarda to’g’ri rasmiylashtirish, naryadlar va tabellar, shartnomalar asosida
bajarilgan xizmatlarni qabul qilish xujjatlariga to’g’ri kelishini xujjatlarda
solishtirish;
-nazoratchi hisoblangan ish haqilarini pul natura shaklida uz vaqtida va to’g’ri
to’lanishini tekshiradi. Bunda mehnat haqi bo’yicha hisoblash xujjatlari bilan
pul to’lov kaydnomalarini solishtirgan xolda tekshiradi. Bu xujjatlar bir biriga
to’g’ri kelishi kerak, hisoblangan ish haqidan soliqlar, ijtimoy sug’urta to’lovlar
va boshqa ushlab qolinadigan summalar haqida tegishli xujjatlarda bo’lishini
ham tekshiradi.
Masalan; bank xodim arizasiga ko’ra, hisoblangan ish haqidan oldin olingan
summa ushlab qolinadi, jarima va pensiya ushlansa auditning ijara varaqasiga
asosan ushlab qolinadi, soliq summalari esa xukumatning soliq qoplash
to’g’risidagi me’yorlar asosida ushlanadi.
-Auditor xar bir bank xodimga ish haqi hisoblash va to’lash bo’yicha shaxsiy
schyotning doimiy ishlaydigan xodimlar bo’yicha ochilgan varaqalarini
tekshiradi. Shaxsiy schyotlar ma’lumoti, boshlang’ich xujjatlar ma’lumoti bilan
to’g’ri kelishi kerak:
-bank xodimlarga shartonma bo’yicha olingan mahsulotlar uchun hisoblangan
asosiy ish haqi, shartnomani oshirib bajarganligi uchun, maxsulotning sifatiga
miqdori hisoblangan qo’shimcha ish haqining to’g’riligini tekshiradi.
-bank xodimlarga qo’shimcha hisoblangan va to’langan mehnat haqi xamda
mukofotlarning kaysi manba hisobidan to’lanishi tekshiradi;
-ro’yhatdagi bank xodimlardan hisobot yili natijasida mukofotlarning
52
hisoblanmasligi sabablari, mehnat intizomini buzish, yil davomida tartibsiz
ishlaganligi yoki bajargan ishlarining natijasida bankga zarar keltirish xollari
bulishi, bajarmagan ish va xizmatlar uchun mukofot xamda qo’shimcha ish
haqilarining hisoblanishiga e’tibor beradi;
-dam olish ta’tilida yoki kasalxonada, da’volanishda bo’lgan vaqtlar uchun ish
haqi hisoblash xollarining yuz berishiga e’tibor berishi kerak;
-bank xizmatchilarga ta’til haqi berish uchun ajratilgan mablag’larni hisobga
olish, ulardan to’g’ri foydalanish, ta’til haqlarini o’z vaqtida to’g’ri hisoblash va
to’lash muomalalarining umumiy qoidalariga to’g’ri kelishini tekshirish;
-ish haqi, nafaka, ta’til uchun olingan pul mablag’laridan to’g’ri foydalanish;
-o’qish malaka oshirish uchun ajratilgan mablag’lardan to’g’ri foydalanishni
va hisoblangan stipendiyalarni o’z vaqtida to’lashni tekshirish;
-mansabdor va lovozimdagi shaxslarning o’z manfaati uchun mehnat xaki
fondidan, ajratmalardan, mzlashtirish xollarining bo’lgan bo’lmaganligini
tekshirish;
-eng muximi, pulning kadrsizlanishi natijasida mehnat va ish xaki oshirishda
xukumat karzlarining bajarilishini tekshirish;
Bank faoliyatida mexnat resurslaridan foydalanishni audit qilganda asosan
quyidagilarga e’tibor beradi:
-ishchilar va xodimlar tarkibiy kismi;
-bajariladigan ishning xajmi me’yor bo’yicha doimiy xodimlar soni, haqikatda
doimiy xodimlar soniga. Me’yor bo’yicha hisoblanadigan va bo’linadigan mehnat
haqi haqiqatda hisoblanadigan va to’lanadigan mehnat haqi pul shakdida;
-mehnat haqiga nisbatan berilgan mukofot;
-ishbay baxosida haq to’lash;
-tarif stavkasi bo’yicha haq to’lash;
-uzluksiz ishlaganligi uchun qo’shimcha;
-mehnat haqi hisobidan tulangan xamma munosabatlar;
-mehnat ta’tiliga tulangan;
53
-bank hisobot yilida olgan doromadidan tulangan
-mukofot;
-xodimlarga imtiyozli haq to’lash;
-aktsiya va jamgarmalar uchun hisoblangan va tulanadigan dividentlar;
-boshkaruv xodimlariga hisoblangan va tulangan mehnat haqi summalari;
-Ichki audit tekshirishi uchun asosiy manba bulib, mehnat haqi hisoblashish
va to’lash bo’yicha boshlangich va umumlashtiruvchi xujjatlar hisoblanadi.
OATB "Qishloq qurilish bank"ning Kattaqo’rg’on shahar bushmi mexnat
resurslaridan foydalanish, ish haqi hisoblash va to’lashining auditi bo’yicha auditor
xulosa yozganda:
-mehnat resurslaridan foydalanish darajasi;
-bajarilgan xizmati uchun mehnat haqini tugri hisoblanganligi;
-hisoblangan mehnat haqiga nisbatan ijtimoiy sug’ftagato’g’riajratma
kilinganligi;
-hisoblangan ish haqidan belgilangan stavkalarga asosan daromad soligining
uz vaqtida va to’g’ri hisoblanganligini uning o’z vaqtida tegishli tashkilotlarga
o’tkazib berilganligini;
-hisoblangan mehnat haqining bank xodimlarga o’z vaqtida berilganligining
tegishli belgilangan me’yor va buxgalteriya ma’lumotlari bilan to’g’ri kelishini
yoki kelmasligi haqida bayon qiladi.
Ishbay ish haqi tekshirilganda OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning
Chirchiq filialidajoriy etilgan ishbay haqlar va baholarni to’g’ri yoki noto’g’ri
ko’llanishi aniqlanadi, buning sabablari va aybdor shaxslar belgilanadi.
Vaktbay mehnatga haq to’lash tekshirilganda shartnomalar shartlariga
asoslangan xolda tarif haqlar, norma, ustama to’lovlarni to’g’ri qo’llanishi ko’rib
chiqiladi.
Ish vaqtidan foydalanish tabellari va ko’rib chikilganda ularga uydirma
shaxslar kiritilishi tekshiriladi. Buning uchun naryad va tabellar ma’lumotlari
kadrlar bulmidagi xodimlarni shaxsiy tarkibi bilan solishtiriladi. Avval tulangan
54
xujjatlar bo’yicha qaytadan ish haqi hisoblanishi, bir necha to’lov kaydnomalarida
bir xil shaxslar ismi sharifi takrorlanish varakalari aniqlanadi.
Bank amalda bajarilgan xizmatiga ko’shib yozish uchrab turadi. Buning
uchun bank xizmatlari bo’yicha dastlabki xujjatlar ma’lumotlari xizmat to’lov
xujjatlari bilan solishtiriladi.
Bundan so’ng auditor ish haqidan ushlab kolinadigan summalarni (daromad
soligi, avans, kredit, kamomad va zararlarni koplash summalari) to’g’ri
hisoblanishi tekshiriladi.
Auditor ish haqini o’z vaqtida hisoblanib, o’tlanganligini aniqlaydi.
|