Himoyaga ruxsat etildi


Soliqqa tortiladigan daromad



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/23
tarix14.12.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#178704
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
bank

Soliqqa tortiladigan daromad 
miqdori 
Soliq summasi 
Eng kam ish haqining 5 baravari 
miqdorigacha 
Daromad summasining 10 foiz 
Eng kam ish haqining 5 baravaridan 
(+1 so’m) 10 baravari miqdorigacha 
Eng kam ish haqining besh baravari 
miqdorida olinadigan soliq + olti 
baravaridan oshadigan summaning 16 
foiz 
Eng kam ish haqining 10 baravaridan 
(+1 so’m) va undan yuqori 
miqdoridan 
Eng kam ish haqining o’n baravari 
miqdorida olinadigan soliq + o’n 
baravaridan oshadigan summaning 22 
foiz 
Daromad solig’i hisoblangan ish haqining bo’tun sonidan hisoblab topiladi. 
Jismoniy shaxslarning ish haqisi va boshqa daromadlaridan ushlangan daromad 
solig’i summasi bank tomonidan byudjetga o’z vaqtida va to’liq o’tkazib berilishi 
kerak. 
Tijorat bank xodimlarning daromadlaridan davlat byudjeti foydasiga 
ushlangan soliq summalarini hisobga olish uchun “Byudjetga to’lovlar bo’yicha 
qarz (turlari bo’yicha)” passiv scheti qo’llaniladi. Bu schetning kredit qoldig’i 
bankning byudjetdan bo’lgan qarzini ko’rsatadi, debet oboroti – byudjetga o’tkazib 
berilgan summani ko’rsatadi; kredit oboroti – xodim va xizmatchilarning ish 
haqlaridan ushlangan soliq summasini ko’rsatadi. 
Misol, OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida Jismoniy 
shaxslardan daromad solig’i yagona shkala stavkasi bo’yicha yillik jamg’arma 
daromaddan quyidagi buxgalter xodimga yanvar oyida 625 000 so’m ish haqi 
hisoblandi. Ushlanadigan daromad solig’i miqdori quyidagicha bo’ladi: Minimal 
ish haqi 49735 so’m.
1) 49735 x 5 = 248675 so’m. x 11% / 100% = 27 354 so’m 


31 
2) 5 baravaridan oshgan summa 248675 so’m x 16% /100% = 39 788 so’m 
3) 10 baravaridan oshgan summa 127650 so’m x 22% / 100% = 28 083 so’m 
4) jami ushlanadigan daromad solig’i miqdori 95 225 so’m (27354+39788 
+28083) ni tashkil etadi. Ushbu summaga quyidagicha buxgalteriya hisobi yozuvi 
amalga oshiriladi: Dt «Xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» scheti 
95225 so’m, Kt «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar» scheti 95225 so’m. 
Mablag’ o’tkazib berilganda, Dt «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar» scheti 
95225so’m., Kt «Hisob-kitob» scheti 95225 so’m. 
Ish haqidan Pensiya fondiga 4,5 % miqdorda ajratma hisoblanganda,
Dt «Xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» scheti 28125 so’m, 
Kt 20205 «Byudjetdan tashqari fondlarning talab qilib olinguncha depozit» 
scheti 28125 so’m. tarzida buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi. 
Moddiy yordam, bank uchun berilgan rag’batlantirish va shu kabi 
summalaridan aliment summasi ushlanmaydi. 
Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha ariza-majburiyatlarning hamma 
summasini bank bank krediti hisobidan savdo tashkilotlariga o’tkazib berganda 
kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha ushlanma operatsiyalar sodir bo’ladi. 
Shunday qilib, qisman ushlanmalarni o’nlab savdo tashkilotlariga o’tkazib 
berish uchun bankka to’lov-topshiriqlari yozish vaqti qisqaradi. Bu shakldagi 
hisoblashishlar uchun schetlar rejasida «Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha 
xodimlarning qarzi» scheti tayinlangan. Bu schet aktiv bo’lib uning qoldig’i 
bankga qaytarilmagan kredit bo’yicha xodim va xizmatchilarning qarzini 
ko’rsatadi; debet oboroti – bank krediti hisobidan bankning yana bergan topshiriq-
majburiyat summasini ko’rsatadi; kredit oboroti – qarzni qoplash uchun xodim va 
xizmatchilarning ish xaqlaridan ushlangan summani ko’rsatadi. 
Basharti xodim majburiyat summasini to’liq qoplamasdan boshqa bankga 
ishga o’tsa, bankga xodimning yangi ish joyini ko’rsatib xabar beradi. Bank 
shuningdek ssuda bo’yicha bank bilan to’liq hisoblashadi. Agar bank o’z 
xodimlarining kreditga sotib olgan tovarlari bo’yicha bank kreditidan 


32 
foydalanadigan bo’lsa, «Boshqa majburiyatlar» schetida savdo banklari bo’yicha 
shaxsiy schetlar ochadi. 
Xodim va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlanadigan majburiy 
ushlanmalardan tashqari ularning yozma arizalariga muvofiq ixtiyoriy ushlanmalar 
ham bo’lishi mumkin: ish haqini Xalq bankiga, sug’urta tashkilotlariga o’tkazib 
berish, kasaba uyushmalar badallarini to’lash, dalabog’ uy va uchastkalarni qurish 
va obodonlashtirish uchun olingan ssudani qaytarish. Bunday hisoblashish 
muomalalari «Kreditga sotilgan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi» va «Boshqa 
majburiyatlar» schetlarda hisobga olinadi. 
OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida mehnatga qo’shimcha 
haq to’lash va ijtimoiy himoya qilish tartibi banklarda ishlab chiqaladigan 
«Mehnatga haq to’lash to’g’risidagi Nizom»da o’z aksini topishi zarur. 
Xomiladorlik va tugish bo’yicha vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik 
varaqasi ishlovchi ayollarga jami 126 kalendar’ kun muddatga beriladi. Tugish 
keyin, yoki ikki yoxud undan ortiq bola tugilgan xollarda vaqtinchalik mehnatga 
qobiliyatsizlik varaqasi 140 kalendar’ kun mudatiga beriladi. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, xomiladorlik va tug’ish bo’yicha 
nafaqalar barcha xollarda xodimning haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi. 
Nafaqalarni hisoblashda asos qilib olinadigan haqiqiy ish haqiga ish joyidan, 
sug’urta badallari undirilib, tulanadigan jami ish haqi to’lovlari kiradi, ish haqi 
jamgarmasi hisobidan bo’lmagan bir marotaba tulanishi mumkin bo’lgan 
to’lovlardan tashqari. Sug’urta badali hisoblanmaydigan ish haqi turlari Vazirlar 
Maxkamasining 1994 yil 11 maydagi 249 sonli qarori bilan tasdiqlangan sug’urta 
badallari hisoblanmaydigan ish haqi turlari va boshqa to’lovlar turlari ruyxati bilan 
aniqlanadi. 
Nafaqalarni hisoblab chiqarishda olinadigan ish haqining barcha turlari, shu 
jumladan mazkur oyda ish haqi bilan birgalikda tulanadigan oylikmukofotlari 
ularning haqiqatda olingan vaqti bo’yicha emas, balki ular hisoblab yozilgan vaqt 
bo’yicha ish haqiga qo’shiladi. 


33 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki xomiladorlik ta’tili boshlangan 
oydan oldingi 12 oy davrida olgan va sug’urta badallari chegirilgan barcha 
mukofotlarning 1/12 qismi, nafaqa hisoblab chiqariladigan oylik ish haqiga 
qo’shilib urtacha oylik, kunlik ish haqi miqdorida aniqlanadi.
13
Agar xodim shtatdagi asosiy ishi bo’yicha tula tmansab maoshi olmasa va shu 
tufayli u usha yoki boshqa korxonada urindoshlik bilan ishlasa, nafaqa xar ikkila 
ish joyidagi umumiy ish haqidan hisoblab chiqariladi. 
Agar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki xomiladorlik ta’tili ishning 
vaqtincha tuxtashi davrida belgilangan bo’lsa, ish tuxtagan davr uchun nafaqa ish 
tuxtagan davrda saklanadigan ish haqi miqdorida beriladi.
14
Nafaqa oyiga bir marta vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davridagi ish 
kunlarining to’g’ri kelgan oyning ikkinchi yarmida oladigan ish haqi bilan birga 
tulanadi. 
Yillik (asosiy va qo’shimcha) ta’tilda bo’lish vaqtida, bolani parvarishlash 
uchun ta’tilda, xomiladorlik va tug’ish bo’yicha ta’til berilganda, nafaqa 
xomiladorlik va tug’ish bo’yicha ta’tilning vaqtincha qobiliyatsizlik varaqasida 
ko’rsatilgan barcha kunlari uchun beriladi. Bolani parvarishlash bo’yicha ta’til 
davri uchun nafaqa tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) va ta’til boshlanishidan 
oldingi 12 oy mobaynida olingan mukofotlarning urtacha oylik summasidan 
hisoblab chiqariladi. 
Bunda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasiochilgan kuniga bo’lgan 
tarif stavkasi tumanlar hamda joylarda belgilangan ish bilan bog’liq olinadigan 
tuman koeffitsenti va ustamalarni hisbga olgan xolda olinadi. 
Xomiladaorlik va tug’ish bo’yicha nafaqa ish haqiniing 100 foizi miqdorida 
beriladi, nafaqa tayinlanganda ham 100 foiz miqdorda beriladi. 
Xomiladorlik bo’yicha nafaqa berish uchun hisoblash quyidagi buxgalteriya 
provodkasi beriladi. 
Dt 56114 «pensiya fondiga ajratma» scheti 
13
O’z R BHMS larga sharhlar to’plami. Toshkent 2010y 
14
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining belgilangan 155 moddasida –T 2005 y 


34 
Kt 29896 «har xil majburiyatlar» scheti 
Kassadan berilganda esa: 
Dt 29896 «har xil majburiyatlar» scheti 
Kt 10101 «kassa» 
Ishlayotgan ayollarga, shuningdek ishlab chiqarishdan ajralgan xolda oliy 
yoki urta maxsus ukuv yurtlarida, aspirantura, klinik ordiniturada yoxud xunar-
texnika bilim yurtlarida, kadrlar malakasini oshirish, kayta tayyorlash ko’rslarida 
va maqtablarida taxsil olayotgan ayollarga bola tug’ilganda beriladigan bir 
martalik nafaqa O’zbekiston Respublikasi xududida belgilangan oylik minimal ish 
haqining ikki baravari miqdorida beriladi va bu xolda bank xodimlari uchun ham 
tegishlidir. 
Bolani onasi ishlamaydigan va ukimaydigan xollarda nafaqa bolaning 
ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan xolda ukiydigan otasi yoxud ota-ona 
urnini bosuvchi shaxslarga, ish haqi yoki stipendiyaning miqdordan kat’iy nazar 
tulanadi. Ishlamaydigan va o’qimaydigan yolg’iz onalarga bola tug’ilganda nafaqa 
ijtimoiy ta’minot organlari orqali to’lanadi. 
Farzandlikka olingan bolalarga bola tugilganda beriladigan bir martalik 
nafaqa umumiy asoslarda beriladi.
Agar ayol xomiladorlik bo’yicha ta’til davrida ishdan bushagan, shu davr 
mobaynida xomiladorlik va tugish bo’yicha nafaqa olgan bo’lsa, bir martalik 
nafaqa umumiy asoslarda beriladi. 
Banklarda ham boshqa xo’jalik sub’ektlari kabi vaqtincha mehnatga 
qobiliyatsizlik uchun nafaqa to’lanadi va u quyidagi xollarda beriladi. 
- vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotish bilan bog’liq kassalikda 
(shikastlanish); 
- sanatoriya-ko’rortlarda davolanganda; 
- kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo’lganda; 
- qarantinda; 


35 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlashda fakat belgilangan 
tartibda berilgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi asos bo’ladi. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa mehnat qobiliyati 
yo’qolgan birinchi kundan to u tiklangunga kadar yoki tibbiy mehnat ekspertiza 
komissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik belgilangunga qadar, xatto bu davrda 
xodim ishdan bushatilgan bo’lsa ham beriladi. Uzoq vaqt kasal bo’lganlarni 
TMEK ko’rigiga yuborish muddatlari vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik 
varaqasini berish tartibi to’g’risidagi qo’llanmaga binoan belgilanadi. 
Ishdan bo’shatilganligining to’g’ri yoki noto’g’riligi masalasi to’g’risida nizo 
ko’rilayotgan davrda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlanganda nafaqa 
ishga tiklangandagina beriladi. Bunda mehnatga qobiliyatsizlik davri uchun nafaqa 
ishga tiklangan kundan boshlab barcha vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik 
kunlariga beriladi. 
Yillik ta’til davrida kasallik tufayli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik 
boshlangandan vaqtincha miexnatga qobiliyatsizlik varaqasida ishdan ozod qilish 
ko’rsatilgan barcha kunlar uchun nafaqa oladi, beriladi. 
Oilaning kasallikka chalingan a’zosini parvarishlash uchun ta’tilga 
chiqilganda, agar parvarishning yo’qligi bemorning xayoti yoki salomatligiga xavf 
solsa va agar uni kasalxonaga joylashtirish imkoniyati bo’lmasa, nafaqa beriladi. 
Oilaning kasal bo’lgan a’zosiga qarish bo’yicha mehnatga qobiliyatsizlik 
varaqasi bemor birovning qarab turishiga muxtoj bo’lgan, lekin 7 kalendar’ kundan 
oshmagan davr uchun beriladi. 
14 yoshga yetmagan bemor bolaga qarash uchun vaqtincha mehnatga 
qobiliyatsizlik varaqasi bolaga parvarish kerak bo’lgan, ammo 14 kalendar’ 
kundan ko’p bo’lmagan muddat uchun beriladi. 
Quyidagi xollarda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa 
berilmaydi: 


36 
- ishdan yoki boshqa vazifalardan buyin tovlash maqsadida o’z salomatligiga 
ataylab ziyon yetkazgan yoxud o’zini kasallikka solgan xodimlarga. Ularga ilgari 
to’langan nafaqa sud qarori asosida undirib olinadi; 
- jinoyat sodir qilish vaqtida olingan jaroxatlar oqibatida boshlangan 
xodimlarning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi; 
- sud qarori asosida majburiy davolash vaqti uchun (ruxiy kasalliklardan 
tashqari); 
- xibsda bo’lgan davr uchun va sud-tibbiyot ekspertizasi vaqti uchun. 
Nafaqa miqdori kasallikning turlari, mehnat staji va kasaba uyushmasi 
a’zoligini hisobga olib quyidagicha belgilanadi: 
- ish haqining 100 foizi miqdorida: mehnatda mayib bo’lgan yoki kasb 
kasalligiga chalingan xodimlarga, umumiy staji 8 yil va undan ortiq bo’lgan 
xodimlarga; 
Qaramog’ida 16 yoshga (o’kuvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan 
ortiq bolalari bo’lgan xodimlarga; 
Ishlayotgan ikkinchi jahon urushi katnashchilariga, baynalminal jangchilariga 
va imtiyoz jixatidan ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga; 
- ish haqining 80 foizi miqdorida: umumiy staji 5 yildan 8 yilgacha bo’lgan 
xodimlarga, 21 yoshga yetmagan ota-onasiz xodimlarga; 
- ish haqining 60 foizi miqdorida: umumiy ish staji 5 yilgacha bo’lgan 
xodimlarga. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa, barcha xollarda, 
minimal ish haqidan kambo’lmasligi va nafaqa hisoblab chiqarilgan ish haqidan 
yukori bo’lmasligi lozim. 
Nafaqa miqdori vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan kungacha, 
mehznat daftarchasi yoki uning urniga berilgan boshqa xujjat asosida hisoblangan 
umumiy ish stajiga muvofik aniqlanadi. 
Kasallik varaqasiga asosan nafaqa hisoblash uchun quyidagi provodka 
beriladi: 


37 
Dt - 56114 pensiya fondiga ajratma
Kt - 29896 xar xil majburiyatlar schyotlarda aks ettiradi. 


38 

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin