Himoyaga ruxsat etildi


 OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida ish haqidan



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/23
tarix14.12.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#178704
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
bank

2.3. OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida ish haqidan 
ushlanadigan ajratma va to’lovlar hisobi 
“O’zsanoatqurilishbank”ochiq turdagi aktsiyadorlik tijorat banklarda xodim 
va xodimlarga hisoblangan ish haqidan byudjet va byudjetdan tashqari to’lovlar 
uchun ma’lum majburiy soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar amalga 
oshiriladi. 


28 
Ayrim holatlarda O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan 
umumiy qoidaga ko’ra, xodimning yozma roziligi bilan bunday rozilik bo’lmagan 
taqdirda esa - sudning qaroriga asosan ish haqidan ushlanmalar ushlab qolinishi 
mumkin. Bunda quyidagi holatlarda xodimning roziligidan qat’i nazar, mehnat 
haqidan ushlab qolinadi: 
- O’zbekiston Respublikasida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy 
to’lovlarni undirish uchun; 
- sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun; 
- ish haqi hisobidan berilgan avansni ushlab qolish uchun xo’jalik 
ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga o’tganligi munosabati 
bilan berilgan bo’lib, sarf qilinmay qolgan va o’z vaqtida qaytarilmagan avansni 
ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to’langan 
summani qaytarib olish uchun. 
11
Bunday hollarda ish beruvchi avansni qaytarish yoki qarzni to’lash uchun 
belgilangan muddat tamom bo’lgan kundan yohud haq to’lash noto’g’ri hisoblab 
chiqarilgan kundan boshlab bir oydan kechiqtirilmasdan avans yoki qarzni ushlab 
qolish haqida farmoyish berishga haqlidir. Agar bu muddat o’tib ketgan bo’lsa 
yoki xo’jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yohud boshqa joydagi ishga 
o’tganligi munosabati bilan berilgan avansning ushlab qolinishini asossiz yoki 
miqdorini noto’g’ri deb hisoblasa, u holda qarz sud tartibida undiriladi; 
-o’z hisobidan xodim ta’til olib bo’lgan, ish yili tugamasdan turib mehnat 
shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlanmagan davriga tegishli kunlari 
uchun. Ana shu kunlar uchun haq xodimning o’qishga kirganligi yoki pensiyaga 
chiqqanligi munosabati bilan bekor qilinganda ushlab qolinmaydi
- xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, agar 
yetkazilgan zararning miqdori xodimning o’rtacha oylik ish haqidan ortiq 
bo’lmasa; 
11
O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi-T 23.09.2005 y.


29 
- mehnat intizomini bo’zganligi uchun o’rtacha oylik ish haqining 20% idan 
oshmagan miqdorda jarima. 
Ish haqini to’lash vaqtida ushlab qolinadigan ushlanmalarning umumiy 
miqdori xodimga tegishli bo’lgan mehnat haqining ellik foizidan ortib ketmasligi 
kerak. 
Xodim va xizmatchilardan ushlanadigan daromad solig’i amaldagi 
yo’riqnomada
12
belgilangan tartibda ushlanadi. Jismoniy shaxslardan daromad 
solig’i yagona shkala stavkasi bo’yicha yillik jamg’arma daromadidan ushlanadi: 
-har bir fuqoroning soliq majburiyatining bazasi bo’lib o’tgan yili barcha 
manbalardan yig’ilgan daromad summasi hisoblanadi; 
-oylik daromad oraliq daromad deb hisoblanadi; 
-daromadlar miqdoridan qat’iy nazar soliqdan bo’tunlay ozod qilinadigan 
fuqorolar kategoriyasi nazarda to’tilmagan. Daromad miqdoridan qat’iy nazar 
O’zbekiston Respublikasining barcha fuqorolari, chet el fuqorolari va fuqorosi 
bo’lmagan shaxslar soliqqa tortiladi; 
-agar fuqoroning banksidan oladigan ish haqidan tashqari chetdan yana boshqa 
daromadlari bo’lsa, har yili ish haqisini ham qo’shgan holda olingan 
daromadlarining umumiy summasi to’g’risida soliq inspektsiyasiga deklaratsiya 
topshirishi kerak. 
Shuningdek, ushbu yo’riqnomaga muvofiq soliq to’lovchining asosiy ish 
joyidan olingan soliqqa tortiladigan daromadidan har oyda qonun bilan belgilangan 
eng kam oylik ish haqi summasi chiqarib tashlanmaydi. Jismoniy shaxslardan 
daromad solig’i yagona shkala stavkasi bo’yicha yillik jamg’arma daromaddan 
quyidagi jadval bo’yicha ushlanadi. 
4-jadval 
Jismoniy shaxslardan daromad solig’i yagona shkala stavkasi bo’yicha yillik 
jamg’arma daromaddan quyidagi tartibda ushlanadi 
15
O’z R moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasining «Jismoniy shaxslarning daromadlaridan byudjetga soliq 
hisoblash va to’lash tartibi to’g’risida» gi yo’riqnoma. 2010- yil 


30 

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin