Himoyaga ruxsat etildi


Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/23
tarix14.12.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#178704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
bank

 
Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati
. Mazkur bitiruv malakaviy ishi 
natijalaridan Oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan iqtisodchi talabalarga tijorat 
banklarda buxgalteriya hisobi va audit fanlarini o’qitishda o’quv uslubiy qo’llanma 
sifatida foydalanish mumkin.
Bitiruv 
malakaviy 
ishida 
keltirilgan 
fikr-mulohazalarni 
OATB 
“O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida faoliyatiga tadbiq qilish, 
shuningdek tijorat banklarda buxgalteriya hisobi va auditini yuritishga birmuncha 
yordam beradi deb o’ylaymiz.
Bu o’z navbatida, bank xodimlar bo’yicha mehnatiga haq to’lash, daromad 
soiqlarini hisoblash, ajratmalar ajratishdagi hisob kitob borasidagi ma’lumotlar 
buxgalteriya hisobiga ma’lumot sifatida olinishi va nazorat qilish ishini 
muvofqlashtiradi. Natijada buxgalterning ishdagi hisob samaradorligini oshirish 
uchun mavjud imkoniyatlardan foydalanishga zamin yaratadi. 
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi.
Kirish, 3 ta bob, xulosa va 
takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalardan iborat. 



1-Bob. Tijorat banklarida modernizatsiya qilish davrda mehnatga haq 
to’lashning tizimlari va hisobinini tashkil ilish 
1.1. Tijorat banklarida modernizatsiya qilish davrda mehnatga haq 
to’lashning shakllari va tizimlari mazmuni 
Bizning bugungi asosiy vazifamiz jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi chuqur 
tus olgan bir sharoitda o’tgan 2009 yil yakunlarini tanqidiy baholash va shu asosda 
2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim 
ustuvor yo’nalishlarini belgilab olishdan iboratdir.
Shuni ta’kidlash kerakki, avvalo 2009–2012 yillarga mo’ljallangan Inqirozga 
qarshi choralar dasuri samaradorligini xolisona baholash muhim prinsipial 
ahamiyat kasb etadi.
Nega deganda, 2010 yilda va undan keyingi yillarda ushbu dasurni amalga 
oshirish jarayonida, zarurat tug’ilishiga qarab, unga tegishli o’zgartirishlar 
kiritishda ana shu tahlil xulosalariga tayanishimiz mumkin bo’ladi.
O’tgan yil yakunlari haqida gapirganda, 2009 yil biz uchun haqiqatan ham 
g’oyat qiyin bo’lganini aytib o’tirishga hojat yo’q, deb o’ylayman. 
Shuni bugun katta mamnuniyat bilan ta’kidlashimiz kerakki, hukumatimiz 
tomonidan 2009–2012 yillarga mo’ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi 
dasurning inqiroz ta’sirini yumshatish va bartaraf etishda roli va ahamiyati katta 
bo’ldi.
Dasur o’ziga qamrab olgan, o’z vaqtida qabul qilingan hujjatlarda avvalo 
mamlakatimiz moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimining barqaror hamda 
o’zluksiz ishlashini ta’minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari va 
korxonalarga yordam ko’rsatish, aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga qaratilgan 
chora-tadbirlarning puxta ishlab chiqilgani o’zining amaliy samarasini berdi, 
desak, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz
2
.
2
Karimov I.A. Asosiy vazifamiz –vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada oshirishdir. “Xalq so’zi” 
gazetasi, 2010 yil 30 yanvar’, 21-soni. 



Tijorat banklarda mehnatga haq to’lash hisob kitobini hisobga olish va 
qo’shimcha haqi hisoblashning ma’lum tartibini belgilash zarur. Demak, tijorat 
bankda mehnatga haq to’lashni tashkil etish biri-biriga bog’liq bo’lgan uchta 
elementlar bilan aniqlanadi: tarif tizimi, mehnatni normalashtirish va mehnatga haq 
to’lash shakllari. Sifat jihatidan mehnat tarif tizimi bilan baholanadi, sarflangan 
mehnat miqdori normalashtirish bilan hisobga olinadi, mehnat haqi hisoblash 
tartibi esa mehnatga haq to’lash shakllari bilan aniqlanadi. 
Xodimlar mehnatiga haq to’lashda tarif setkasi asos bo’lib hisoblanadi. Tarif 
setkasi ishlovchilarning malakasi, mehnatga haq to’lash shakli va mazkur sohaning 
ahamiyatini inobatga olgan holda tuziladi. Tarif tizimiga quydagilar kiritiladi: 
-bir soat yoki bir kunlik mehnatiga to’lanadigan haq miqdorini belgilovchi 
tarif stavkasi; 
-haq to’lashda ish va xodimlarning (malakasi) turli razryadlari orasidagi 
munosabatlarini ko’rsatuvchi tarif setkasi; 
-tarif-malakaviy ma’lumotnoma. Uning yordamida tarif setkasiga binoan ish 
va xodimning razryadi aniqlanadi. 
Oddiy ishlar 1-razryadli xodimning tarif stavkasi bilan to’lanadi. Mehnat 
malakasi darajasiga, ya’ni belgilangan tarif razryadi va tarif koeffitsientiga, qarab 
qolgan razryadlarning tarif stavkalari bu razryaddan ortiq bo’ladi. Tarif razryadi 
har bir ishlab chiqarish operatsiyasiga, har bir ish turiga tayinlanadi, shuning uchun 
ish bajarish normalarini hisobga olgan holda, ishbay ish haqini hisoblab topishda 
tarif stavkasidan foydalaniladi. 
Mehnatga haq to’lash shakli, mukofotlar, qo’shimcha haqlar, rag’batlantirish 
to’lovlari, kasaba uyushma qo’mitasi bilan kelishilgan holda, ish beruvchi 
tomonidan qabul qilinadigan kollektiv shartnomasi bilan belgilanadi. Davlatning 
tarif stavkalari va okladlari bankda xodimlarning malakasiga, kasbiga, ular 
tomonidan bajariladigan ishlar sharoitining murakkabligiga qarab baza sifatida 
foydalanilishi mumkin. 


10 
O’zR Vazirlar maxkamasining 2000 yil 20 iyuldagi 280-sonli qarori bilan 
mehnatga haq to’lash bo’yicha yagona tarif setkasi qabul qilingan bo’lib, unda 
mehnatga haq to’lash bo’yicha razryadlar va 0-razryadga nisbatan tarif 
koeffitsientlari belgilangan. Tarif stavka va okladlar tizimi tuzilishini asosi bo’lib 
0-razryadga belgilangan minimal oylik summasi hisoblanadi.
3
Quyida 2000 yili Vazirlar Maxkamasining 20 iyuldagi 280-sonli qarori bilan 
qabul qilingan yagona tarif setkasi mavjud ( 1-jadvalga qarang). 
1-jadval. 

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin