Himoyaga ruxsat etildi



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/23
tarix14.12.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#178704
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
bank

 
Mualliflar jamoasi
 
«Audit» (darslik). Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, 2008 y. 


44 
bosh kitobdagi ma’lumotlarga mos kelishi; 
-ochib berish ya’ni mehnat haq to’lash hisobotiga hamma xodim va ish 
kategoriyalar kiritilgan hamda ular hisobotda to’g’ri ko’rsatilganligi. 
OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida
ichki auditorlik tekshiruvi kay 
tarzda va kanday tartibda o’tkazilishiga ko’ra majburiy hamda ixtiyoriy aulitorlik 
tekshiruvlarga bo’linadi. Shuningdek auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki 
xukukni muxofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra ham o’tkazilishi 
mumkin. 
“Auditorlik faoliyati to’g’risida” gi qonunga muvofiq faoliyat turiga ko’ra 
quyidagi iqtisodiy sub’ektlar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi 
kerak: 
-aktsiyadorlik jamiyatlari; 
-banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
-sug’urta tashkilotlari; 
-investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’larini 
jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning boshqaruv kompaniyalari; 
-manbaalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo’lmish 
xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar; 
-mablag’larning xosil bo’lish manbaalari qonun xujjatlarida nazarda to’tilgan, 
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo’lmish 
byudjetdan tashqari fondler; 
-ustav fondida davlatga tegishli ulush bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar.
Tijorat banklarda hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayiga kadar yillik 
moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o’tkazmagan va auditorlik 
xulosasiga ega bo’lmasa, u majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazilishidan bo’yin 
tovlagan hisoblanadi.
18
18
O’zbekiston Respulikasining Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonuni – T 2000 26-may 


45 
Auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning
Chirchiq filialida mehnatga haq to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob kitoblar 
hisobi va auditi bo’yicha auditorlik xulosasining belgilangan tartibda tasdiqlangan 
bir nusxasini 15 kun ichida tegishli markaziy bankga va soliq organlariga 
topshirishi lozim. Agar aulitorlik xulosasining bunday nusxasini soliq organiga o’z 
vaqtida takdim etilmasa, QQB bank soliq organiga buning sababi ko’rsatilgan 
tushuntirish xati takdim etadi. Majburiy auditorlik tekshiruvidan bo’yin tovlagan 
sub’ektlarga soliq organlari tomonilan jarima solinadi. 
OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida mehnatga haq to’lash 
bo’yicha xodimlar bilan hisob kitoblar hisobi va auditi haqida shikoyat qilishlari 
mumkin. 
“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonunning 11-moddasiga muvofiq: 
tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining yoki boshqa auditorlik tekshiruvi 
buyurtmachilarining qaroriga binoan, qonun xujjatlarida nazarda tutilgan tartibda 
o’tkazilishi mumkin. 
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining predmeti, muddatlari va boshqa 
shartlari auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi bilan auditorlik tashkilotlari 
o’rtasida tuziladigan auditorlik tekshiruvini o’tkazish to’g’risidagi shartnomada 
belgilanadi.
Tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvi odatda xujalik yurituvchi 
sub’ektning qaroriga ko’ra o’tkaziladi. Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi 
o’tkazishda xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z oldiga asosan quyidagilarni maqsad 
qilib kuyadi: 
-buxgalteriya hisobini tashkil etishning amaldagi qonunchilikka muvofikligini 
aniqlash; 
-buxgalteriya hisobining to’lik tizimini yoki uning ayrim bo’limlari ahvolini 
nazorat va tahlil qilish; 
-buxgalteriya hisobi ishlarini yuritishni tashkil etish; 


46 
-buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobot to’zish ishlarining 
me’yoriy ta’minlanganligini aniqlash; 
-hisobni komp’yuterlashtirishda qullaniladigan vosita va uslublarni baholash; 
-soliq qonunchiligiga rioya qilinishi va soliqka tortishga doir hisobkitoblar 
ahvolini tekshirish. 
Taftish va audit ishlari avvalombor, rejalashtirishdan boshlanadi. Taftish 
ishlarini rejalashtirish perespektiv va joriy rejalar asosida amalga oshiriladi.
Auditorlik firmalari va taftish boshqarmalarida tekshirish o’tkazish rejalari 
to’zilib, boshliklar tomonidan tasdiqlanadi. Bu rejalarga muvofik xar bir 
tekshiruvchi xodim o’zining individual ish rejasini to’zadi va bu individual reja 
bo’lim boshligi tomonidan tasdiqlanadi. 
Taftish a’zolari joy va aloka vositalari bilan ta’minlanishi zarur. Taftish 
a’zolari 
bank 
buxgalteriyasida 
ro’yxatdan 
o’tkazishini, 
xujjatlarning 
rasmiylashtirilishini o’rganib chiqadi. Taftish va tekshiruvning oxirigi boskichi bu 
natijalarni umumiy dalolatnoma va ishlab chiqarish bo’yicha yoki hisobdor 
shaxslar bo’yicha oraliq dalolatnomalar asosida, tekshirish yakuni esa 
tekshiruvchining ma’lumotnomasi bilan rasmiylashtiriladi. 
Tekshirish 
yakunlari 
ma’lumotnoma 
bilan 
rasmiylashtiriladi, 
ma’lumotnomada bankning nomi, tekshirilgan ob’ekt, aniqlangan zaxira, ularning 
sabablari, kamchiliklarning to’zatish yuzasidan takliflar ko’rsatiladi. Taftish 
dalolatnomalari tekshirish o’tkazilgan ob’ektning hajmiga qarab, umumiy va oralik 
dalolatnomalarga bo’linadi. 
O’zbekiston Respublikasi audit faoliyatining 3-milliy stanlartida ko’rsatilgan 
umumiy koida va tamoyillariga asosan rejalashtirish tekshirilayotgan bankda audit 
o’tkazishni rejalashtirishni dastlabki tahlil, amalga oshiriladigan ishning 
masshtabini baholash va qullanilayotgan ichki nazorat asosida olib borish kerak 
Tekshiruv jarayonida qullaniladigan boskichni aniqlash zarur, ya’ni tekshiruvga 
boshqa auditorlar, ekspertlarni va qo’shimcha xodimlar jalb etishni hamda 
mijozning roziligini olib, ular faoliyatini rejalashtirish lozim. Ammo yodda tutish 


47 
kerakki, boshqa mutaxassislar ishidan foydalanish auditordan auditorlik xulosasi 
uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
19

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin