2.2 OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida mehnatga
haq to’lash hisobining sintetik hisobi
OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida xodimlarga tegishli
ish haqi, mukofat, nafaqalar hisoblashni amalga oshirish bilan bir vaqtda ushbu
summalar bank buxgalteriyasida tegishli registrlarda hisobga olib boriladi.
Tijorat bank ochiq turdagi aktsiyadorlik tijorat bankining mijozlarga hamda
faoliyat davomida olingan daromadning miqdoriga ega bo’lgan mehnatga haq
to’lash bank xarajatlariga o’tkaziladi. Bank mijozlarga xizmat ko’rsatish
xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlariga quyidagilar kiradi:
9
9
Kursov V.N., Yakovlev G.A. Buxgalterskiy uchet v kommercheskom banke: Novыe tipovыe buxgalterskie
provodki operatsiy banka: Ucheb. posob. — 10-e izd., ispr. i dop. — M.: INFRA-M, 2008. — 277 s.
20
-Tijorat banklarida qabul qilingan mehnatga haq to’lash shakllari va
tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim
maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda bajarilgan ish uchun ishlab
chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan bajarilgan
ishni hisobga olish bo’yicha dastlabki hujjatlarda nazarda to’tilgan
rag’batlantiruvchi tusdagi to’lovlar;
-kasb mahorati uchun tarif stavkalariga va okladlarga ustamalar;
-ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan kompensatsiya tusdagi
to’lovlar, shu jumladan:
-xizmatlar jarayon jadvalida nazarda to’tilgan vaqtda, ishdan tashqari vaqtda,
dam olish va bayram kunlarda ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlarga
ustamalar va qo’shimcha haq;
-kunlik xizmat rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo’shib olib borganlik va
xizmat ko’rsatish talab va qismlarini kengaytirganlik uchun ustamalar;
-hukumat tomonidan tasdiqlangan xizmatlar ro’yxati bo’yicha og’ir, zararli
mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan
ushbu sharoitlardagi o’zluksiz ish staji uchun ustamalar;
-Tijorat bank qurilishda, rekonstruktsiya qilishda va mukammal ta’mirlashda
bevosita band bo’lgan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda to’tilgan hollarda
vaxta usuli bilan ishlarni bajarishgan xodimlar uchun ishning ko’chma va qatnov
xususiyati uchun ustama;
-ishlamagan vaqt uchun haq to’lash:
-amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi va qo’shimcha ta’tillar,
navbatdagi foydalanilmagan va qo’shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar,
shuningdek tibbiy ko’riklardan o’tish bilan bog’liq vaqt uchun haq to’lash;
-majburiy ta’tilda bo’lgan xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan
holda haq to’lash;
-davlat vazifalarni bajarganlik uchun mehnat haqi to’lash;
21
-belgilangan tartibga muvofiq bankning ximatida qatnashuvchi xodimlar
mehnatiga haq to’lash fondiga kiritiladigan to’lovlarning boshqa turlari.
Pul kredit siyosati komissiyasining 1996 yil 8 aprelda 12-10-51 nomerli
OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida ish haqini berish tartibi
asosida ish haqi beriladi.
Ma’lumki ish haqi haqiqiy ishlagan soatlarda beriladi, uni hisoblash esa shu
shtat jadvalida belgilangan normadan kelib chiqkan xolda oy davomida erishilgan
yutuklar va daromaddan kelib chiqib bank rahbariyati tomonidan markazlashgan
xolda bank xodimlari oylik rag’batlantiriladi.
Ish haqi bilan birgalikda ish haqiga hisoblangan ajratmalar bank
xarajatlariga (56102 hisob raqami ish haqi fondi) qo’shiladi.
Bizningcha mehnat va unga haq to’lash hisobini takomillashtirishning asosiy
yunalishlaridan biri uning uslubiy asoslaridan biri bo’lgan buxgalteriya hisobini
schetlar rejasidagi schetlarning tarkibi va joylashishini takomillashtirish orqali
erishishi mumkin.
Buning uchun schetlar rejasidagi schetlarni quyidagicha joylashtirish
maqsadga muvofikdir:
29800 «Boshqa pasivlar» schetidan
29812 «Bandlik fondi bilan hisob-kitoblar» schetidan keyingi bo’sh turgan
29814 schetni «Ijtimoiy sug’urta fondiga (0.7 %) bilan hisob-kitoblar» deb atash
maqsadga muvofiqdir. Bu ajratmalar ayni paytda pensiya fondiga qilinayotgan
25% li ajratmalar bilan birgalikda hisobga olinmoqda.
Shuningdek schetlar rejasidagi 29896 «Har xil majburiyatlar» schetining
tarkibi ham kayta ko’rish va unda hisobga olinayotgan operatsiyalarning iqtisodiy
mazmunidan kelib chiqib ushbu schetlardan keyin bush turgan pozitsiyalar
hisobidan schetlarni kengaytirish maqsadga muvofiqdir.
Bizningcha «mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar» schetiga «29898» bo’sh
turgan pozitsiyani berish zarur. OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq
22
filialida xarajatlariga qo’shiladigan mukofot va ijtimoiy himoya bo’yicha
beriladigan nafaqalar esa 29894 kodni berish mumkin.
Hisobvaraqlar rejasiga ushbu schetlarni kiritish ularning analitik
informatsiyalar bilan ta’kidlash imkoniyatini oshiradi va boshqaruv apparatini
ma’lumotlar bilan ta’minlash darajasini oshiradi.
Buxgalteriya hisobi jahon amaliyotida va hisob yuritishning xalqaro
andozalarida jamlama hisob urniga Bosh kitob, deb ataluvchi hisob daftarlari,
tafsiliy hisob urniga esa yordamchi kitob deyiladigan hisob daftarlari qo’llanadi.
Ushbu xolatda daftar deb hisobvaraqalar guruhi ataladi. Asosiy daftar bu
bank moliya hisobotlarida (balans hisoboti, daromad va xarajatlar to’g’risidagi
hisobot va boshqalar) ko’rsatiladigan hisob varaqlar guruhi.
Hisobvaraqlarda umumiy ma’lumotni kayd etadi, lekin mufassal axborot
bilan ta’minlamaydi. Birlamchi buxgalteriya operatsiyalari yordamchi kitobda aks
ettiriladi.
Unda hisobvaraqlar guruhi mufassal axborot beradi. Bosh kitobda esa
birinchi navbat balans hisobvaraqlari bo’yicha jamlama ma’lumotlar qayd etiladi.
Yordamchi kitob hisobvaraqlariga nisbatan olganda asosiy daftar
hisobvaraqlari nazorat hisob varaqlari vazifasini bajaradi. Yordamchi kitoblardagi
yakuniy summalar xar kun oxirida, shuningdek oy oxirida yangi oyning birinchi
kunidagi xolatga ko’ra ularning asosiy daftardagi nazorat yakunlari balansi bilan
bir xil chiqishi kerak.
Asosiy daftar nazorat hisobvaraqlari ma’lumotlari yordamchi kitobdagi
tegishli hisobvaraqlar yakuniy summalari bilan taqqoslanadi. Agar dastlabki
yozuvlarda xato bo’lmasa, summalar teng chiqadi.
Asosiy daftar (jamlama hisob) balans hisobvaraqlari bo’yicha yordamchi
daftar (tavsiliy hisob) hisobvaraqlari ma’lumotlari to’plami hisoblanadi.
Quyidagilar asosiy daftar (jamlama hisob) materiallari hisoblanadi:
-hisobvaraqlar qoldiqlarining kundalik balanslari;
23
-balans hisobvaraqlari bo’yicha oborotlar va qoldiqlar haqidagi jamlama
ma’lumotlar;
-oylik, choralik va yillik sal’do oborot kaydnomalari;
-kassa kirimi va chiqimi bo’yicha kassa daftarlari;
-maxalliy byudjetga ajratmalar kaydnomasi.
Shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarni shu hisobvaraqlarini yuritish
topshirilgan buxgalteriya xodimlari nazorat qiladilar. Bunda shaxsiy
hisobvaraqlardagi hamma yozuvlar bankning vakolatli xodimlari nazoratidan
o’tgan va operatsiyalar rasmiylashtirilayotganida ular imzolangan tegishli
xujjatlarga mosligi, tegishli rekvizitlar va xujjatlarning summalari shaxsiy
hisobvaraqlarga to’g’ri o’tkazilganligi tekshiriladi. Shaxsiy hisobvaraqlardagi
yozuvlar debet va kredit bo’yicha xujjatlardagi yozuvlar summalarini bank ichida
kelib tushgan xujjatlar bilan, shuningdek boshqa banklardan kelgan elektron to’lov
xujjatlari bilan bandma-band solishtirish orqali tekshiriladi.
Bankning bir kunlik balansi axborot tegishli shaxsiy hisobvaraqlar bo’yicha
o’tkazilgandan keyin tuziladi. Kundalik balans to’g’ri tuzilganligi aktiv va passiv
bo’yicha qoldiqlar yakunlari (majburiyatlar+sarmoya) tengligini aniqlash orqali,
«Kutilmagan vaziyatlar» hisobvaraqlari qoldiqlarining yakuni to’g’riligi esa, u
avvalgi kun balansi yakuniga mosligi plyus kredit oborotlari yakuni minus balans
tuzilayotgan kundagi debet oborotlari yakunini aniqlash orqali tekshiriladi. Balans
aktivi balans passiviga teng. U quyidagilardan iborat bo’ladi: majburiyatlar
hisobvaraqlari qoldiqlari plyus sarmoyani ifodalovchi hisobvaraqlar qoldiqlari.
Asosiy qo’shimcha buxgalteriya daftarlarida, shuningdek kundalik balanslar
va shaxsiy hisobvaraqlarda biron bir tuzatishlar qilinishiga yo’l qo’yilmaydi.
Summalarni uchirib yozish va tuzatish, shuningdek o’chiruvchi suyuqliklardan
foydalanib, tuzatishlar kiritish taqiqlanadi.
Demak, OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida mehnatga
haq to’lashning analitik hisobi ish haqi hisoblash to’lov vedomostida, sintetik
hisobi esa litsevoylarda yuritiladi.
24
Bank xodimi va xizmatchilar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha
hisoblashuvlarning analitik hisobi to’lov vedomosti yoki mehnatga haq to’lash
bo’yicha hisoblashishlar daftarida yuritiladi. Bu xujjatlar mehnat haqiga oid
hisoblashuvlarni hisobga oladigan hisobvaraqlari, tabellari, jamgarma
vedomostlari, registlar va shaxsiy schetlarga asosan tuziladi.
10
Oyning birinchi yarmi uchun avans berishda to’lov vedomostidan
foydalaniladi. Vedomostda xoimning nomi, familiyasi va otasining ismi uning
tabel’ raqami va avans summasi ko’rsatiladi. Mehnat (ish) haqi bo’yicha ishchi
bilan hisoblashuvlarning sintetik hisobi 56102 «xodimlar bilan mehnat haqi
bo’yicha hisoblashuvlar schetida yuritiladi»
56102 schetining kreditiga xoimlarga hisoblangan asosiy va qo’shimcha
mehnat haqi, mehnat haqiga kirmaydigan (vaqtincha ishga qobiliyatsizlik,
xomiladorlik uchun hisoblangan nafaqa, iqtisodiy rag’batlantirish fondi hisobidan
berilgan mukofot, moddiy yordam va boshqalar) turli to’lovlar aks ettiriladi,
debetida esa quliga berilgan, deponentga o’tkazilgan hamda ish haqidan ushlanib
kolgan summalar aks ettiriladi.
OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida xodimlarga mehnat
ta’tili uchun haq to’lash tartibi quyidagicha:
Mehnat ta’tili davrida urtacha oylik ish haqi quyidagi tartibda hisoblanadi:
Yillik mukofot pulining 1/12 qismi, (un uchinchi ish haqi) agar mehnat
ta’tiliga qo’shilsa:
-1/12 qismi bir ishxonada kup ishlagan yillari uchun beriladigan mukofot puli;
-Mehnat ta’tili davrida olingan mukofot puli, mehnat ta’tili davridagi oylar
soniga bo’linadi;
-Mehnat ta’tili davri to’liq 12 oy kabo’l qilinadi, teskari tartibda hisoblanadi.
Hisoblangan bir oylik ish haqi summasi 25,4ga bo’linadi va mehnat ta’tiliga
kuniga kupaytiriladi, shanba kunlari ham ta’til kunlariga qo’shiladi.
10
F.T. Abduvaxidov Tijorat banklada buxgalteriya hisobi o’quv qo’llanma –TDIU- 2010 y
25
Masalan: 1 yanvar 2010 yildan 28 yanvargacha ishchi mehnat ta’tiliga
chiqqan (muddat 24 ish kuni). 3.06.2009 y. 2.06.2010 yillar ish davri uchun 1
yanvar xolatida ishchining oylik maoshi 325 000 so’m (shu jumladan, qo’shimcha
ish haqi), ko’p ishlagani uchun beriladigan mukofot puli 2010 yil uchun 300
000sum 13 chi ish haqi 2010 yil uchun 625 000 so’mni tashkil qiladi.
2010 yil hisobida olingan mukofot pullari 4997600 sumni tashkil qildi, shu
jumladan, oyma-oy:
126800+310000+310000+310000+310000+164300+167600+384000+71760
00+538000+621300=4497 600 sum.
24 ish kuni uchun mehnat ta’tili hisoblanadi.
538 000+(428 890-49:12) + (1632000:12) + (4497600:12)=1406200-12 : 25,4
x24 = 13287-12
Mehnat ta’tili uchun hisoblangandan sung quyidagicha provodka beriladi.
I Dt 56102 mehnat ta’tili to’lovi.
Kt 29806 «Boshqa majburiyatlar»
II Dt 29896 «Boshqa majburiyatlar»
Kt 29810 «nafaqa fondi 4,5 %»
III Kt 29896 kasaba uyushma vznosi 1%
Kt 10101 Kassa.
Banklarda oy ish yakunlari bo’yicha yil davomida mukofotlashni amalga
oshirish.
Mukofotlash ko’rsatkichlari, shartlari, miqdori va manbalari quyidagilardan
iborat:
Mukofotlashning asosiy ko’rsatkichiga «Qishloq qurilish bank» ochiq turdagi
aktsiyadorlik tijorat bank tizimida yil boshidan boshlab o’sib boruvchi natijalar
bo’yicha daromad qilish kiradi.
OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida mukofotlashning
qo’shimcha ko’rsatkichlari quyidagilar:
26
-bank bo’linmalar tomonidan hisobot davrida rejada belgilangan vazifalarning
o’z vaqtida va sifatli bajarilishi;
-bank bo’linmalar ishining umumiy natijasiga xar bir xodimning qo’shgan
hissasini aloxida baholash.
Mukofotlashning asosiy ko’rsatkichi daromad oshishini hisoblash har oylik
balansning asosiy ko’rsatkichlari asosida amalga oshiriladi.
OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida mehnat haqi fondi
xarajatlar smetasining mukofotlash maqsadlari uchun muljallangan qismi
xodimlarni oylik ish yakunlariga qarab joriy mukofotlashning manbaidir. Yil
davomida joriy mukofotlash fondiga 12 oylik maosh miqdorida mablag’
(ajratiladi) o’tkaziladi.
Mukofotlash ko’rsatkichlari, shartlari, miqdori va manbalari OATB
“O’zsanoatqurilishbank”ning xodimlariga, ishchilariga taaluqli va bank aloxida
olingan har bir muassasa faoliyatida erishgan ko’rsatkichlarni baholash uchun
mo’ljallangan.
“O’zsanoatqurilishbank”ning ochiq turdagi aktsiyadorlik tijorat bank
mukofotni tasdiqlash va hisoblash tartibi esa quyidagicha amalga oshiriladi:
Xodimlarga ularning haqiqatda ishlab bergan vaqti uchun, ishning umumiy
ko’rsatkichlariga qo’shgan hissasi, faolligi va tashabbuskorligini hisobga olgan
xolda mukofot to’lanadi.
Bunda, mukofotni hisoblash uchun haqiqatda berilgan vaqtiga ish haqini
yozish uchun hisoblangan vaqti ham kiradi, shu jumladan:
mehnat, xizmat majburiyatlarini bajarish vaqti; xizmat safarida sarf bo’lgan
vaqti; bankning topshiriqlarini bajarishga sarflangan vaqti; seminar, simfozium,
konfirentsiyalarda katnashgan vaqt, shu jumladan: malaka oshirish oliygohlari
yoki kurslarda o’qish vaqti; amaldagi qonunlar bilan ko’zda to’tilgan boshqa
xollar.
Mukofotlash quyidagi xollarda amalga oshirilmaydi:
27
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri uchun; oliy va o’rta maxsus bilim
yurtlarida sirtki bo’limida o’qish davri uchun, joriy mukofot xodimlarining
lavozimi okladlariga (tarif stavkalariga) shuningdek, ustama va qo’shimchalarga
qo’shib yoziladi; bir necha kasblarni birgalikda (bir vaqtda) bajarish
(sovmeщeniya) uchun; xizmat doirasini kengaytirish va ish hajmini oshirish
uchun; vaqtincha ishga chiqmagan xodimning xizmat vazifalarini ham bajargani
uchun; kechki vaqtda ishlagani uchun; yengil avtomashina xaydovchilariga
ularning me’yorlangan ish kunlari uchun;
Qo’shimcha (ustama)lar (nadbavki): yuqori kasb maxorati uchun; shaxsiy
ustama (rahbarning qaroriga muvofik belgilanadi).
Ishdan tashqari hamma dam olish kunlari, bayramda ishlagan ish kunlari
uchun mukofot qo’shimchalarsiz, bir martalik yoziladi. Mukofotlash masalasini
ko’rib chiqish uchun xar oylik majlis bayonnomasi asos bo’lib hisoblanadi.
Mukofotlash xar oyda amalga oshiriladi.
OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida mukofot hisoblash va
to’lash quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali amalga oshiriladi:
Dt 31101 mukofot puli fondi
Kt 29896 boshqa majburiyatlar.
Dt 298996 boshqa majburiyatlar
Kt 10101 kassa schyotida aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: |