Himoyaga ruxsat etildi



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/23
tarix14.12.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#178704
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
bank

 
 


17 
2-Bob. OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida mehnatga haq 
to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob kitoblar hisobining tashkil qilish 
2.1 OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida mehnatga haq 
to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob kitoblar hisobini tashkil qilish 
 
O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga binoan xodim va 
xizmatchilarga mehnat haqi bir oyda kamida bir marta beriladi. Ayrim hollarda 
xodimlarning alohida kategoriyalari uchun O’zbekiston Hukumati tomonidan ish 
haqi to’lash bo’yicha boshqa muddatlar belgilanishi mumkin. 
Oyning birinchi yarmiga ish haqi hisoblashning avansli va avanssiz tartibi 
qo’laniladi. Birinchi holda hodimga avans berilib oyning ikkinchi yarmiga ish haqi 
to’lanishda pirovard hisob qilinadi. Jamoa shartnomasini to’zishda avans miqdori 
ish beruvchi bilan kelishib olinadi. Avansning minimal miqdori tabelga binoan 
xodimning ishlagan vaqti bo’yicha tarif stavkasidan kam bo’lmasligi kerak. 
Ikkinchi holda bank rejali avans to’lashning o’rniga oyning birinchi yarmi 
bo’yicha haqiqiy bajarilgan xizmatlar yoki ishlagan vaqti bo’yicha ish haqi 
hisoblaydi. 
Avanslar oklad yoki tarif stavkasining, soliq chiqarilgandan so’ng, 40-50 
foizi miqdorida hisoblanadi.
7
OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida xodim va 
xizmatchilar bilan hisoblashishni rasmiylashtirish uchun foydalaniladigan hujjat 
bo’lib hisoblash qaydnomasi hisoblanadi. Quyidagi dastlabki hujjatlar ish haqi 
hisoblash qaydnomasi va hisoblash varaqalarini to’zish uchun asos bo’lib 
hisoblanadi: 
- ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish tabeli – asosida
foydalanilgan vaqt yotadigan
7
O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi-T 23.09.2005 y. O’RQ-8-son Qonuni 


18 
-vaqtbay ish haqi va boshqa to’lovlarni hisoblash uchun foydalaniladi (bekor 
turishlar, tungi va ish vaqtidan ortiq ishlagani, vaqtinchalik ish qobiliyatini 
yo’qotgani va shu kabilar uchun to’lanadigan xaq); 
- ish haqini yig’ib boruvchi qartochkalar – ishbay xodimlar uchun; 
- barcha turdagi qo’shimcha haq va vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotgani 
bo’yicha nafaqalar hisoblash buxgalteriya rascheti; 
- o’tgan oy bo’yicha hisoblash qaydnomaslari – soliq ushlanmalar summasini 
hisoblash uchun; 
- ijro varaqalari bo’yicha ushlab qolish uchun sud organlarining qarorlari; 
- oyning birinchi yarmi uchun avans berish bo’yicha to’lov qaydnomalari; 
- rejasiz avanslar berish bo’yicha kassa-chiqim orderlari va x.k. 
Hisoblash qaydnomasi analitik hisob registri bo’lib hisoblanadi, chunki u 
har bir tabel’ nomeri, xodimlar kategoriyalari, to’lov va ushlanmalar turlari 
bo’yicha tuziladi. To’lov qaydnomasi quyidagi ko’rsatkichlardan iborat: 
-to’lov turlari bo’yicha hisoblandi – 29803
 
- Bank xodimlari bilan hisob-
kitoblardagi to’lanishi lozim bo’lgan mablag’lar schetning kredit oboroti bo’yicha; 
- to’lov va zachet turlari bo’yicha ushlandi va zachet qilindi 29803 schetning 
debet oboroti; 
- qo’liga tegadigani yoki bankning oy oxiriga qarzi – 29803 schetning kredit 
sal’dosi. 
Hisoblash qaydnomasining oxirgi ko’rsatkichi pirovard hisoblashish bo’yicha 
to’lov qaydnomasini to’zish uchun asos bo’lib hisoblanadi.
8
OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida xodim va 
xizmatchilar bilan hisoblashishini rasmiylashtirishda bir qancha variantlar 
qo’llaniladi: 
- hisoblashish-to’lov qaydnomaslarini to’zish yo’li bilan. Bunda ikki registr 
birlashtirilgan: hisoblash va to’lov qaydnomasi, ya’ni bir vaqtning o’zida to’lashga 
tegishli summa hisoblanadi va u beriladi (to’lanadi); 
8
O’z R BHMS larga sharhlar to’plami. Toshkent 2010y 


19 
- hisoblash qaydnomasini to’zish yo’li bilan, to’lash esa to’lov qaydnomasi 
bilan amalga oshiriladi; 
- har ish oyi uchun (hisoblandi, ushlandi, qo’liga tegadigani) «Ish haqi 
hisoblash» schyotlarini to’zish yo’li bilan. Bunga asosan ish haqi berish uchun 
to’lov qaydnomasi tuziladi. 
Moliyalash manbaidan qat’iy nazar bankning mehnat haqi xarajatlari 
tarkibiga mehnatga haq to’lash bo’yicha qilingan barcha xarajatlar, jumladan 
qonun bo’yicha bank xodimlarning ishlamagan vaqti uchun hisoblangan o’rtacha 
ish haqi, rag’batlantiruvchi to’lovlar, kompensatsiya to’lovlari kiradi. 
OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida yuqorida ko’rsatilgan 
mehnatga haq to’lash bo’yicha markaziy bank yuriqnomasi binoan tashkil qiladi, 
keyin har oyda hisobot davri foydasini kamaytirishga yo’naltiriladi. Mehnat haqi 
fondidan foydalanish ustidan nazoratni asosan bank rahbari olib boradi. 
2002 yilning 1oktyabridan boshlab, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, 
banklar va tashkilotlarning mehnatga haq to’lashga yo’naltiriladigan mablag’larini 
davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi. Bu o’z navbatida mehnat haqi 
fondidan foydalanish ustidan olib boriladigan ichki nazoratni kuchaytirishni taqoza 
etadi. 

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin