Himoyaga ruxsat etildi



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/23
tarix14.12.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#178704
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
bank

Xulosa va takliflar 
Jahon iqtisodiy inqirozi kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda bank-moliya 
tizimi faoliyatini mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilash alohida muhim 
ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, bank-moliya tizimi rivoji bilan bog’liq 
masalalarga qisqacha to’xtalib o’tish maqsadga muvofiqdir. 
Faqat 2008 yilning o’zida «O’zsanoatqurilishbank», «Asakabank», 
«Paxtabank», «G’allabank» kabi yetakchi banklarning kapitallashuv darajasini 
oshirish bo’yicha qator muhim qarorlar qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashning asosiy kredit 
markazlaridan biri bo’lgan «Mikrokreditbank»ning nizom jamg’armasini 
ko’paytirishga oid farmoni qabul qilingani ham shu yo’ldagi amaliy qadam bo’ldi. 
Natijada mamlakatimiz banklarining jami kapitali, qo’shimcha resurslarni 
jalb etish hisobidan, 2007 yil bilan taqqoslaganda 40 foizga ko’paydi. Bu 
ko’rsatkich 2010 yilgacha bo’lgan davrda ikki barobar oshadi. 
Ayni paytda banklarimizning umumiy aktivlari hajmi aholi va yuridik 
shaxslarning hisob raqamlaridagi mablag’lardan ikki barobardan ham ko’pdir. Bu 
esa ushbu mablag’larni ishonchli himoya qilish hamda ularga o’z vaqtida va to’la 
hajmda xizmat ko’rsatishni kafolatlaydi. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining farmoniga binoan fuqarolarning banklar depozitlaridagi omonatlari, 
ularning miqdoridan qat’i nazar, davlat tomonidan to’la kafolatlanadi. 
Bugungi kunda mamlakatimiz bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi 
Bank nazo-rati bo’yicha xalqaro Bazel’ qo’mitasi talablari asosida belgilangan 
xalqaro standartlardan qariyb uch barobar ko’p ekanini ta’kidlash joiz. 
Hozirgi vaqtda respublikamiz bank tizimining umumiy joriy likvidligi dollar 
xiso-bida 1,5 milliard dollardan ortiqdir. Bu tashqi nodavlat qarzlar bo’yicha 
to’lanishi kerak bo’lgan to’lovlar hajmidan 10 barobar ko’pdir. Bu esa bizda 
likvidlik, ya’ni to’lovlarga qodirlik darajasi bo’yicha muammo yo’q, deb aytish 
uchun asos beradi. 


56 
2008 yilning eng muhim yutuqlaridan biri O’zbekiston bank tizimiga 
jahonning nufuzli reyting agentliklaridan bo’lgan «Mudis» agentligi tomonidan 
biryo’la uchta yo’nalish, ya’ni, bank-moliya tizimining barqarorligi, milliy 
valyutada uzoq muddatli depozit reytingi va xorijiy valyutada uzoq muddatli 
depozit reytingi yo’nalishlari bo’yicha «barqaror» reyting darajasi berilgani bo’ldi. 
Mazkur agentlik hisobotida ta’kidlanganidek, «Bank tizimi uchun ijobiy baho 
banklarni nazorat qilish muhiti mustahkamligini, bank tizimining potentsial 
o’sishini, moliya tizimidagi tarkibiy o’zgarishlar va milliy iqtisodiyotning o’sishini 
aks ettiradi». 
Shular qatorida «Mudis» agentligi ikkita bankimiz — Tashqi iqtisodiy 
faoliyat milliy banki va «G’allabank»ning kredit berish qobiliyati bo’yicha 
reytingini ijobiy baholadi. Yana bir tanilgan xalqaro reyting agentligi — «Fitch» 
esa mamlakatimizning «Paxtabank», «Hamkorbank», «O’zsanoatqurilishbank» va 
«Asakabank» kabi banklariga «barqaror» reytingini berdi.
20
Tijorat bank tizimini iqtisodiyotning ustivor tarmoqlaridan biri sifatida
qo’llab –quvvatlash hozirgi kunning dolzarb masalalarida biriga aylanib 
qolmoqda. Bu borada xukumatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan Farmon va 
qarorlar aynan milliy valyutamiz, kredit va bank tizimlarini takomillashtirishga 
qaratilgan bo’lib, bu xujjatlar moliyaviy barqarorlik va tadbirkorlikni 
rivojlantirish “Davlat–bosh islohotchi” degan tamoyilining yorqin ifodasini deb 
qarash mumkin. 
Demak shuni takidlash joizki, xozirgi kunda Markaziy bank tomonidan 
tijorat banklari faoliyatini optimallashtirishga yo’naltirilgan me’yorlar 
kuchaytirilmoqda. Tijorat banklari faoliyatini o’z vaqtida to’g’ri tartibga solish 
maqsadida O’z.R Markaziy banki to’g’risida qonun, Buxgalteriya hisobi 
to’g’risida qonun, Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonun. 
Tijorat banklarida ichki audit o’tkazishga nisbatan Markaziy bank talablari 
to’g’risida №405 sonli Nizom 13 mart 2004y, Markaziy bankning mehnatga haq 
20
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi. O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va 
choralari. –T.: “O’zbekiston”, 2009, 28-29 bet.


57 
to’lash bo’yicha hisob-kitoblar yo’riqnomasi va shunga o’xshash bir qancha 
xujjatlari asosida amalga oshirilmoqda.
Mazkur bitiruv malakaviy ishda “Qishloq qurilish bank”ning Kattaqo’rg’on 
shahar bo’limida mehnatga haq to’lash bilan hisob kitob hisobi va auditini tashkil 
qilishda bank xodimlarining mehnatini hisoblash va ularning haqlarini to’g’ri 
hisoblash tartibi,mehnat unumdorlik ko’rsatkichlarini oshirishda samaradorlikka 
erishishda, boshqaruvni takomillashtirish hamda mehnat normalarini hisoblangan 
mehnat haqlarini nazorat qilishning uslubiy asoslari ko’rsatib berilgan. 
Yuqoridagi ko’rsatilgan omillarning asoslanganligini ta’minlash maqsadida
quyidagi takliflar va tavsiyalar beramiz: 
OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida xodimlarga 
hisoblanadigan mehnat haqlarini va ularni belgilash tartiblari bo’yicha me’yoriy 
xujjatlarga muvofiq aniqlash, o’rnatish aniq mehnat haqi fondini tashkil etish 
xarjat smetasini to’zish borasida hamda har bir ish xodimlar mehnatlarini 
buxgalteriyada hisob kitoblarni to’g’ri hisobga olishni ta’minlash uchun taklif 
qilindi; 
Iqtisodiy islohotlarni isloh qilishda bank tizimida mehnat haqlarini 
belgilashda bankning xodimlar bo’limida shtat jadvali bo’yicha razryadlarini 
o’rnatish va okladini tayinlash nazariy jihatdan asoslandi; 
Mehnat haqini hisobga olish daslabki xujjatlarni nazariy va amaliy ahamiyati 
ya’ni, xar bir ishchi xodimga tabel’ raqami berilishi,tabel xujjatini o’z vaqtida 
hech qanday qo’shimchalarsiz to’ldirish tartibi tavsiya etildi; 
Mehnat haqini hisobga olish tartibini schetlar rejasi asosida buxgalteriya 
yozuvlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan takliflar berildi; 
Mehnat haqini hisobga olish samaradorligini oshirish va baholash, 
shuningdek nazorat qilish usuli tavsiya qilindi; 
Mehnat haqi bo’yicha muomalalari auditini o’tkazish bo’yicha savolnoma 
ishlab chiqildi va tavsiya etildi; 


58 
Ichki audit nazoratining baholash va uning ma’lumotlari asosida auditorlik 
taomillarni o’tkazish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqarildi 
Bugungi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mehnat haqini hisobga 
olish tasniflanishiga quyidagi asosiy tasniflash alomatlari ya’ni ularning xizmat 
ko’rsatish jarayonida vazifasidagi bog’liq holda, ish xizmatiga ularning 
munosabatiga bog’liq holda hisob kitobini auditiga bog’liq holda kabi tasniflash 
alomatlari javob berish haqida fikr bildirildi. 


59 

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin