28
Ayrim holatlarda O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan
umumiy qoidaga ko’ra, xodimning yozma roziligi bilan bunday rozilik bo’lmagan
taqdirda esa - sudning qaroriga asosan ish haqidan ushlanmalar
ushlab qolinishi
mumkin. Bunda quyidagi holatlarda xodimning roziligidan qat’i nazar, mehnat
haqidan ushlab qolinadi:
- O’zbekiston Respublikasida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy
to’lovlarni undirish uchun;
- sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;
- ish haqi hisobidan berilgan avansni ushlab qolish uchun xo’jalik
ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga o’tganligi munosabati
bilan berilgan bo’lib, sarf qilinmay qolgan va o’z vaqtida qaytarilmagan avansni
ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to’langan
summani qaytarib olish uchun.
11
Bunday hollarda ish beruvchi avansni qaytarish yoki qarzni to’lash
uchun
belgilangan muddat tamom bo’lgan kundan yohud haq to’lash noto’g’ri hisoblab
chiqarilgan kundan boshlab bir oydan kechiqtirilmasdan avans yoki qarzni ushlab
qolish haqida farmoyish berishga haqlidir. Agar bu muddat o’tib ketgan bo’lsa
yoki xo’jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yohud boshqa joydagi ishga
o’tganligi munosabati bilan berilgan avansning ushlab
qolinishini asossiz yoki
miqdorini noto’g’ri deb hisoblasa, u holda qarz sud tartibida undiriladi;
-o’z hisobidan xodim ta’til olib bo’lgan, ish yili tugamasdan turib mehnat
shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlanmagan davriga tegishli kunlari
uchun. Ana shu kunlar uchun haq xodimning o’qishga kirganligi yoki pensiyaga
chiqqanligi munosabati bilan bekor qilinganda
ushlab qolinmaydi;
- xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, agar
yetkazilgan zararning miqdori xodimning o’rtacha oylik ish haqidan ortiq
bo’lmasa;
11
O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi-T 23.09.2005 y.
29
- mehnat intizomini bo’zganligi uchun o’rtacha oylik ish haqining 20% idan
oshmagan miqdorda jarima.
Ish haqini to’lash vaqtida ushlab qolinadigan ushlanmalarning umumiy
miqdori xodimga tegishli bo’lgan mehnat haqining ellik foizidan ortib ketmasligi
kerak.
Xodim va xizmatchilardan ushlanadigan daromad solig’i
amaldagi
yo’riqnomada
12
belgilangan tartibda ushlanadi. Jismoniy shaxslardan daromad
solig’i yagona shkala stavkasi bo’yicha yillik jamg’arma daromadidan ushlanadi:
-har bir fuqoroning soliq majburiyatining bazasi bo’lib o’tgan yili barcha
manbalardan yig’ilgan daromad summasi hisoblanadi;
-oylik daromad oraliq daromad deb hisoblanadi;
-daromadlar miqdoridan qat’iy nazar soliqdan bo’tunlay ozod qilinadigan
fuqorolar kategoriyasi nazarda to’tilmagan. Daromad miqdoridan qat’iy
nazar
O’zbekiston Respublikasining barcha fuqorolari, chet el fuqorolari va fuqorosi
bo’lmagan shaxslar soliqqa tortiladi;
-agar fuqoroning banksidan oladigan ish haqidan tashqari chetdan yana boshqa
daromadlari bo’lsa, har yili ish haqisini ham qo’shgan holda olingan
daromadlarining umumiy summasi to’g’risida soliq inspektsiyasiga deklaratsiya
topshirishi kerak.
Shuningdek, ushbu yo’riqnomaga muvofiq soliq to’lovchining asosiy ish
joyidan olingan soliqqa tortiladigan daromadidan har oyda qonun bilan belgilangan
eng kam oylik ish haqi summasi chiqarib tashlanmaydi.
Jismoniy shaxslardan
daromad solig’i yagona shkala stavkasi bo’yicha yillik jamg’arma daromaddan
quyidagi jadval bo’yicha ushlanadi.
4-jadval
Jismoniy shaxslardan daromad solig’i yagona shkala stavkasi bo’yicha yillik
jamg’arma daromaddan quyidagi tartibda ushlanadi
15
O’z R moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasining «Jismoniy shaxslarning daromadlaridan byudjetga soliq
hisoblash va to’lash tartibi to’g’risida» gi yo’riqnoma. 2010- yil