Bob.Bola shaxsini oilada tarbiyalash..................................................21-27
Oilada farzand tarbiyasining turli xil davrlari va ularning ma’naviy kamolotga ta’siri.....................................................................................21-27
Sinf rahbarining oila va jamoa bilan olib boradigan faoliyati..................................................................................................28-30
Mavzuning dolzarblligi.Hozirgi kunda mamlakatimizda chuqur, keng qamrovli iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat ma’naviy yuksalish va yangilanish sari yuz tutgan. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish — davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. O’zbekistan Respublikasi birinchi Prezidentining 1999 yil 3 sentabrdagi «Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo’llab-quvvatlash to’g’risida»gi Farmoni zamiridagi g’oyalar, ulardan kelib chiqadigan asosiy maqsadlar ma’naviyatning ustuvorligini yana bir karra tasdiqlaydi.
O’zbekistonda ro’y berayotgan bunday o’zgarishlar "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi" yo’nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, o’quv bilim yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi. Ayniqsa, sinf rahbari bilan oila o’rtasidagi bu xildagi o’zaro xabarlashuvlar o’quvchini to’la o’rganishga, ta’lim va tarbiyada shu o’quvchi uchun eng maqbul tarbiya va ta’sir vositasini topishga yordam beradi. Sinf rahbari o’z kuzatishlari, oiladan olgan axborotlari natijasini kundalikka yozib borsa, undagi to’plangan ma’lumotlarni vaqti-vaqtida o’rganish bilan shularga asoslanib tegishli xulosalar chiqarsa, bola xulqini va fazilatlarini yaxshilash yo’llari, keyingi rejalarni belgilasa, erishilgan darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qo’yib bo’lsa, tarbiya albatta samarali natija beradi.
“Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BМТ Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqidan.
Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Mamlakatda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ayni davrda insoniyat tarixidagi eng ko‘p yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni inobatga olgan holda BМТ minbarida Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi BМТ konvensiyasini qabul qilish taklifi ilgari surilgani ham xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq qarshilandi. O‘zbekiston rahbari bunga asos qilib, bugun dunyo miqyosida yoshlarning soni ikki milliarddan ortib ketgani, xaqlaro terrorizm va ekstremizm shiddat bilan o‘sib borayotgan bir paytda yoshlarga himoya zarurligini muhim omillar sifatida asoslab berdi.
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi imzolagan qonun hujjati – 2016-yil 14-sentabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun ekanida ham ramziy mazmun-mohiyat mujassam. Binobarin, aholisining yarmidan ko‘prog‘i yoshlardan iborat bo‘lgan mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, o‘z qat’iy pozitsiyasiga ega, yurtda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bo‘lmagan, yurtning ertangi munosib kelajagi uchun daxldorlikka tayyor, maqsadga intiluvchan, serg‘ayrat, vatanparvar, sadoqatli, komil shaxslar sifatida tarbiyalash O‘zbekistonni dunyoning eng rivojlangan davlatlari safidan o‘rin olishining muhim omili ekanini mamlakat rahbari va hukumat yaxshi anglaydi.
O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2018-yil 27-iyunda imzolangan «Yoshlar – kelajagimiz» Davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmon bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjat bo‘ldi. Farmon bilan «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi tashkil etildi va ushbu jamg‘arma yoshlarning bisnes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berishi belgilab qo‘yildi. Ushbu hujjatga e’tibor qaratilsa, yoshlar tadbirkorligi va tashabbuskorligini kompleks rivojlantirish vazifalari aniq va tizimli belgilanganligini ko‘rish mumkin.
O‘zbekiston rahbari mazkur xarajatlarni xarajat emas, balki kelajak uchun qo‘yilgan eng samarali sarmoya deb hisoblab, ta’lim darajasi va sifati har qanday davlatning istiqbolini belgilab beradigan muhim omil ekanini ta’kidlamoqda. Haqiqatan ham, islohotlarning taqdiri, natijasi, birinchi navbatda, kadrlar saviyasiga, ularning davr va taraqqiyot talablariga nechog‘li javob bera olishiga bog‘liq.
Shu maqsadda, mamlakatda Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi, maktab ta’lim tizimi tubdan isloh qilinib, 11 yillik umumiy o‘rta ta’lim qayta joriy etildi. Viloyatlarda yangi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy va ijodiy markazlar tashkil etilmoqda. Oliy o‘quv yurtlariga qabul kvotalari sezilarli darajada kengaytirildi. Sirtqi va kechki oliy ta’lim shakllari tiklandi. Keying ikki yil ichida 15 dan ortiq rivojlangan davlatlarning nufuzli universitetlari filiallari ochildi.
Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari g’oyat keng, ko’p qirrali bo’lib, bu ishlar faqat sinf va maktab miqyosi bilan cheklanmaydi, aksincha turar joylardagi va o’quvchining ota-onasi ishlab turgan korxonadagi jamoatchilik bilan ham yaqin aloqada bo’lishni taqozo etadi. Yuqorida keltirilib o’tilgan fikrlardan ma’lum bo’ladiki, shaxsni tarbiyalashda oila, maktab va mahallaning hamkorlik usullarining xilma-xilligini ko’rsatadi va bu esa mavzuning dolzarbligini asoslaydi.