Himoyaga tavsiya etilsin fakultet dekani U. Berdiyev



Yüklə 318,5 Kb.
səhifə5/14
tarix16.09.2023
ölçüsü318,5 Kb.
#144352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
bo`tayeva dildora (2)

Kasbiy kompetentlik. Kompetentlik-bu shaxsning kasbiy va shaxsiy sifatlari hamda xususiyatlari bo‘lib, bilim, ko‘nikma va ularni amaliy faoliyatda qo‘llash tajribalarini hamda mustaqil va ijodiy ishlash qobiliyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi [42].

  1. Boshlang‘ich kasbiy kompetentlik- bu informatika o‘qituvchisining faoliyat sohasida mavjud pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib informatika, informatika va axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitish masalalarini yecha olishi, shu darajadagi bilim, ko‘nikma va malakalarining mavjudligi, informatika fanini fizika, matematika, pedagogika, psixologiya, chet tili, iqtisod, musiqa va boshqa fanlar bilan aloqasini bilishi, metapredmetli yondashuvi, asos va dalillar tayanib chuqur tahlil eta olishi;

  2. Tayanch kasbiy kompetentlik-bu informatika o‘qituvchisining kasbiy faoliyati sohasida mavjud pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib darsni tashkil etish, pedagogik va metodik tizimni, o‘z faoliyatini tahlil etish, korreksiyalash, o‘ziga xos tajribalar asosida elektron ta’lim resurslarini yaratish, masofali ta’limni joriy etish. Bu jarayonda zamonaviy o‘quv texnik vositalari, pedagogik dasturiy vositalar (PDV), pedagogik dizayn va turli loyihalashtirishlardan foydalanishni bilishlaridir.

3)Maxsus kasbiy kompetentlik- informatika o‘qituvchisining faoliyati sohasida boshlang‘ich va tayanch kompetentlikka egalik bilan birga o‘quv jarayonini va axborotlashgan ta’lim muhitini metodik va tashkiliy qo‘llab quvvatlash, uni ko‘rsatib yutug‘i va kamchiliklarini aniqlash, tahlil qilish, haqiqiy baholash, an’anaviy va masofaviy ta’lim jarayonida hosil bo‘lgan har qanday savolga ikkilanmay javob topib bera olish kabilar kiradi.
Pedagogik faoliyatni loyihalashtirish. Ta’limiy loyiha–aniq reja, maqsad asosida pedagogik faoliyat mazmunini ishlab chiqish, uning natijasini kafolatlashga qaratilgan harakat mahsulidir, loyihalashtirish esa boshlang‘ich ma’lumotlarga asoslanib, kutiladigan natijani taxmin qilish, bashoratlash, rejalashtirish orqali faoliyat yoki jarayon mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan amaliy harakatlardir.
Bizga ma’lumki metodik tизим ta’limning maqsadi, mazmuni, metodi, shakli va vositalaridan tashkil topgan tizim bo‘lib, bu metodik tizimning barcha tashkil etuvchilari shu qadar mustahkam aloqadaki, ulardan birining o‘zgarishi butun tizimdagi boshqa tashkil etuvchilarni butunlay o‘zgarishiga olib kelishi mumkin .
Informatika o‘qituvchisi o‘z pedagogik faoliyatini metodik tizim sifatida loyihalaydi.Buning uchun u o‘quv rejaning mazmuni va tuzilishini tahlil etadi, bunda fanga ajratilgan soatlar, o‘quv soatlari tuzilishi, fanni o‘qitish haftasiga necha soatga to‘g‘ri kelishi, ajratilgan soatlarda qanaqa mazmun yoritilishi, qaysi mavzuga necha soatdan ajratish lozimligi va hokazolarni tahlil etadi .

  1. Ta’lim maqsadini loyihalash. Bunda maqsadning qo‘yilishi va unga muvaffaqiyatli erishish o‘qituvchi uchun qanday ochiq, tushunarli bo‘lsa, o‘quvchi va ota-onalar uchun ham shunday bo‘lishi (aniq va tushunarli bayon) ta’minlanishi lozim. Maqsadni qo‘yish va loyihalashtirishda yetarlicha yordamchi so‘zlardan o‘rinli foydalanish. Masalan, “... bajara olish”, “... bilib olish”, “...qo‘llash”, “...ga ega bo‘lish”, “... xususiyatlarni ifodalay olish” kabi so‘z tuzilishlaridan foydalanish, masadning asosi sifatida o‘zlashtiriladigan tushunchalar, bajariladigan harakatlar va ular orasidagi aloqa va tasdiqlardan foydalanadi;

  2. Ta’lim shaklini loyihalashtirish. Bizga ma’lumki, ta’lim individual, guruhli va frontal shakllarda amalga oshiriladi. O‘qituvchi aynan ana shu shakllarda o‘quvchilarga ta’lim mazmunini yetkazadi. Shuning uchun, har doim o‘qituvchi “Nimani, qachon, qayerda o‘rgatish”ni loyihalab olishi zarur.

  3. Ta’lim mazmunni loyihalashtirish. Ta’limning mazmuni davlat ta’lim standartlarida, fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan holatda darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruza matni, o‘quv-uslubiy majmualarda o‘z aksini topadi. O‘qituvchi mazmunni loyihalashtirishda oddiydan murakkabga, osondan qiyinga tamoyilini hisobga olib, o‘quvchi tushuna oladigan tilda, bajara oladigan topshiriqlar asosida yetkazishi va o‘quvchi ta’lim mazmunini o‘zlashtirishiga erishishi lozim.

  4. Ta’lim metodini loyihalashtirish. Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilar o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushuniladi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida an’anaviy usullar bilan bir qatorda turli noan’anaviy ta’lim texnologiyalari, interfaol usullardan foydalanilmoqda. Ta’lim metodini loyihalashda o‘qituvchi qaysi mazmunni qanday an’anaviy, interfaol metoddan foydalanib, qancha vaqt davomida qanaqa tartibda yetkazib berishni loyihalaydi.

  5. Ta’lim vositalarini loyihalashtirish. Ta’lim jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi, o‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish, o‘rganish, shu bilan birga ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi vositalar ta’lim vositalari bo‘lib, o‘qituvchi dars mazmunining qaysi qismini, qanaqa vositadan foydalanib, qanday yetkazib berilishini loyihalaydi.

Ta’lim nazorat va baholashni loyihalashtirishda ta’limni oldindan kutilgan, natijasiga erishish, ta’lim natijasi monitoringini olib borish, nazorat qilish, tashxislash va to‘g‘rilab borishni nazarga tutib, joriy, oraliq yakuniy baholash mezonlarini ishlab chiqish kerak bo‘ladi.
O‘qituvchi tomonidan tayyorlanadigan loyihalar - dars ishlanmalarida, texnologik xaritalarda, o‘quv-uslubiy majmualarda o‘z aksini topadi.

Yüklə 318,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin