Topshiriqning didaktik maqsadi: O’quv topshiriq ustida mustaqil ishlab, Informatika o’qitish jarayoniga rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarini qo’llash, mazkur texnologiyalarning o’ziga xos xususiyatlari, informatika darslarida tanqidiy tafakkurni rivojlantirish usullari, mazkur darslarning an’anaviy darslardan farqi va afzalligi, o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo’llari bilan tanishish, metodik bilim, ko’nikma va malakalar, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish.
1-Topshiriq: Berilgan savollarga javob bering.
O’quv materiali yuzasidan topshiriqlar
Topshiriqni bajarish yuzasidan ko’rsatma
1-guruh
Matnni diqqat bilan o’qib chiqing va quyidagilarni aniqlang:
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining g’oyasi.
Tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyalari-ning maqsadini yoriting.
Mantiqiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish bosqichlarini aniqlang.
O’qituvchining darsga tayyorgarligi va
Mustaqil ishlang, topshiriqlarga javob yozing va talabalar bilan savol-javobda faol ishtirok eting.
2-Topshiriq: Tanqidiy tafakkurni rivojlantirish metodlaridan birini ishlab chiqing.
3-Topshiriq: O’quv jarayonining texnologik xaritasini tuzing.
Berilgan vazifangizni bayon eting.
II.BOB INFORMATIKA FANLARINI O‘QITISHDA TANQIDIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Bugungi kunda o‘quvchilarni ma’lum qolipdagi fikrlashga emas, qo‘yilgan masala, hosil bo‘lgan muammoni yechishni, muammoli vaziyatlardan chiqishning yangi yo‘llarini izlab topishni o‘rgatish o‘qituvchi oldidagi asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. L.S.Vigotskiy aytganidek, “Bilim ta’lim berishning oxirgi natijasi bo‘lmasdan, o‘quvchining rivojlantirish vositasi hamdir”