Hisoblash texnikasi va mikroprosessor asoslari


Mexanik mashinalargacha bo‘lgan davr



Yüklə 428,83 Kb.
səhifə2/8
tarix03.06.2023
ölçüsü428,83 Kb.
#124182
1   2   3   4   5   6   7   8
Hisoblash texnikasi va mikroprosessor asoslari

Mexanik mashinalargacha bo‘lgan davr. Insoniyat hisoblashga ehtiyoj seza boshlaganda dastlabki hisoblash vositasi sifatida barmoqlardan foydalangan. Shu sababli inson tabiiy hisoblash vositasi hisoblanadigan qo‘l va oyoq barmoqlari yordamida faqat sanash ishlarini bajargan. Lekin, bilasizki, bu vositalar yordamida ikki yoki undan ortiq raqamli sonlar ustida oddiygina qo‘shish amalini bajarish ham juda qiyin ish yoki buni umuman imkoni yo’q. Hisoblash bilan bog’liq muammolarni hal etish uchun insonlar asta-sekin turli sun‘iy hisoblash vositalarini ixtiro eta boshlashdi. Shubhasiz, birinchi hisoblash vositalari eramizdan 6-5 asr avval foydalanilgan cho’pxat (ya’ni, birka – belgi qo’yib biror narsa hisobi olib boriladigan tayoqcha, taxtacha) va eramizdan 5-4 asr avval yunonlar (qadimgi greklar) foydalangan abakdir. Abakka o’xshash vosita boshqa xalqlarda ham foydalanilgan bo’lib, yaponlarda – serobyan, xitoylarda – , ruslarda – cho’t deb atalgan.

Keyingi e’tiborli hisoblash vositalari bo’lib shotland matematigi Jon Neperning tayoqchalari (1617 yil), ingliz matematika o’qituvchilari Vilyam Otredning doiraviy va Richard Delameynning to’g’ri burchakli logarifmik chizg’ich (1632) loyixalari hisoblanadi.


2. Mexanik mashinalar davri.
Nemis matematigi Vilgelm Shikkard 1623-yili loyihalashtirgan moslamadan mexanik mashinalar davri boshlandi. Aslida esa Shikkardning mashinasi ham birinchi emas ekan. 1967-yili Madriddagi milliy kutubxonadan Leonardo da Vinchining nashr etilmagan qo‘lyozmasi topilgan. Qo‘lyozmadagi chizmalar ichida o‘n uchta raqamli sonlarni qo‘sha oladigan hisoblash qurilmasining chizmasi mavjud bo‘lib, ular asosida yasalganda qurilma qo‘shish va ayirish amallarini bajaruvchi mashina ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shunga asosan uyg‘onish davrining buyuk rassomi, italiyalik matematik Leonardo da Vinchi (1452–1519-yillar) birinchi hisoblash qurilmasining ixtirochisi deb hisoblanadi.
1642-yilda fransuz matematigi va fizigi Blez Paskal qo’shish va ayirish amallarini bajara oladigan “Paskalina” nomini olgan mexanik mashina yasadi. 1642­–1645-yillarda Paskal mexanik tarzda hisoblovchi qurilmasining 50 dan ziyod shakllarini ixtiro etdi. Ularning 1645-yilda yasalgan eng mukammali «arifmetik mashina» yoki «Paskal g‘ildiragi» deb nomlandi. Bu qurilma sonlarni “eslab” qolardi va 4 arifmetik amalni bajara olardi.
1673 yilda nemis matematigi va fizigi Gotfrid Vilgelm Leybnits ikkilik sanoq sistemasi qo’llangan 4 amal bajara oladigan hamda ildiz chiqara oladigan mashina ixtiro etdi.

Yuqoridagi barcha mexanik qurilmalar qo’l bilan harakatga keltirilar edi. Ingliz matematigi Charlz Bebbij 1822 yilda bug’da ishlaydigan va hisoblash jadvallarini chop eta oladigan ayirmali mashina ixtiro etdi. U dastur bilan boshqariladigan arifmetik, boshqarish, xotira, kiritish va chiqarish qurilmali hisoblash mashinasi g’oyasi asoschisidir. Ch.Bebbijning bu g’oyasi hozirgi kompyuterlarning tuzilishiga asos bo’lgan. U bilan birga ishlagan ingliz matematigi Ada Avgusta Lavleys (Bayron) Bebbij mashinasi uchun birinchi dasturlarni ishlab chiqdi va ba’zi tushuncha va atamalarni kiritdi. Lekin, o’sha zamon texnologiyasining chegaralanganligi sababli g’oya hayotga tatbiq etilmay qoldi.
Yuqoridagi ixtirolar asosida quyidagi savollarga dastlabki javoblar olindi:
1. Sonlarni mashinada qanday qilib tasvirlash kerak?
2. Hisoblash uchun boshlang‘ich qiymarlarni mashinaga qanday usulda kiritish kerak?
3. Arifmetik amallarni mexanik ravishda qanday bajarish kerak?
4. Amal bajarish davomida o‘nliklarni qanday qilib o‘tkazish kerak?
5. Amal bajarish natijasida hosil qilingan sonlarni qanday tasvirlash kerak?


Yüklə 428,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin