3.Bankning huquqlari Kreditlash jarayonida berilgan kreditga taaluqli buxgalterlik va statistik hisoblarni oladi va tahlil qiladi.
Boshlang’ich % stavkasi darajasini Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasiga bog’liq holda qarzdor bilan qo’shimcha kelishuv tuzish yo’li bilan o’zgartiradi.
Garovga qo’yillgan mol-mulkni saqlanish bo’yicha doimiy ravishda tekshiruv o’tkazib turiladi.
Qarzdor tomonidan hisoblangan % to’lovini to’lash to’g’risida o’z vaqtida to’lov topshiriqnomalari taqdim etilmasa bu qarzlarni memorial order bilan undirib olinadi.
Qarzdor tomonidan shartnomada ko’rsatilgan majburiyatlarga rioya qilmasa;
Muddati o’tgan kreditlar bo’yicha paydo bo’lgan vaqtida 60 kunda 9har yil muddatga berilgan kreditlar kredit undirulgunga qadar oshirilgan % stavkalarini qo’llagan holda ularning hisob-kitobini ko’zda hisoblashni davom ettiradi.
Bunday holatda “bank” qarzni undirishga yo’naltirilgan 5 kun oldin bu haqda qarzdorni xabardor qiladi.Ko’rsatilgan muddatda qarzdor bankka kreditni to’lash haqida to’lov topshiriqnomasini taqdim etadi va u bank tomonidan qarzdorning hisob varag’ida mablag’ bor yo’ligidan qat’iy nazar qabul qilinadi.Mablag’ yetarli bo’lmagan taqdirda ssuda to’lov muddati o’tgan ssuda hisob varag’iga o’tkaziladi;
Agar qarz oluvchi kredit shartnomasiga muofiq qarzni qaytarish bo’yicha o’z majburiyatlarini 30kundan oshirib yuborsa, bank bo’limi har oyda tuziladigan taqqoslama dalolatnomasiga asosan O’zbekiston Respublikasining Xo’jalik Prosesual Kodeksining 102-107-moddalariga muvifiq qarz oluvchining pul mablag’lari hisobidan undirish to’g’risida sud buyrug’ini chaqirish haqida xo’jalik sudiga murojat etadi.
Bank bo’limlari qarz oluvchining pul mablag’lari bo’lmagan taqdirda fuqorolik kodeksining 279-280-281-moddalariga muvifiq qarzni garovga qo’yilgan mol-mulklari hisobidan undirib olish to’g’risida Xo’jalik sudiga murojat qiladi.