5. Tomonlarning javobgarligi Mazkur shartnoma bo’yicha qabul qilingan majburiyatlarning bo’lganligi uchun tomonlar amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Hisob varaq ochishni ( Markaziy Bank o’rnatgan tartibdagi barcha hujjatlar yetarli ) asosiy kechiktirish yoki orticha hujjatlar talab qilinganda banklar uchun o’rnatilgan eng kam ustav kapitalning 0.005 % miqdorida jarima to’lanadi.
Bank mijozini hisob varag’i bo’yicha operatsiyalar o’z vaqtida to’g’ri aks ettirilishiga javobgardir
Bank aybi bilan mijoz hisob varag’iga mablag’lar hisobdan chiqarmaganligi, shuningdek, bank tomonidan mijozgga tegishli bo’lgan summalar o’z vaqtida o’tkazmaganligi uchun bank mijozga minimal bank ustav kapitalining 0.1 % miqdorida to’laydi.
Bank mijozning hisob varag’idan mablag’lar mavjud bo’lganda qonunchilikda belgilangan ehtiyojlar uchun naqd pulni o’z vaqtida bermaganda bank uchun o’rnatilgan minimal ustav kapitalining 0.005 % miqdorida jarima to’laydi.
Bank aybi bilan hisob – kitob hujjatlari yo’qolgan va buning natijasida mijoz to’lovlarni kechiktirgan hollarda mazkur shartnomaning 5.3 bandi 2 – qismida ko’zda tutilgan choralar ko’riladi.
Mijoz hisob – kitob varag’idan noto’g’ri ko’chirmalar berganligi uchun bank har bir holat bo’yicha eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima to’laydi.
Bank quyidagi holatlarda javobgarlikdan ozod bo’ladi:
Fors – major hollarda bunga banklararo elektron to’lovlar timzimining yo’qolishi ham kiradi.
Mijoz tomonidan bankka qonunchilikda o’rnatilgan talablarga javob bermaydigan hujjatlar taqdim qilinganda.
Bank yoki mijoz hisob varag’lari bo’yicha qonunchilikda belgilangan tartibda amaliyotda to’xtatilganda
Hisob varaqdan ko’chirma olgandan keyin bu ish kuni ichida uning hisob varag’iga noto’g’ri o’tkazilgan – ligi to’g’risida bankka xabar qilmasa mijoz uning hisob varag’ida unga tegishli bo’lmagan summadan tur – gan har bir kun uchun Markaziy Bank qayta moliyalash stavkasi miqdorida % ( foiz ) to’laydi.
Ko’rsatilgan xizmatlar uchun o’z vaqtida haq to’lamasa bank har bir o’tkazilgan kalendar kuni uchun to’ – lanishi lozim bo’lgan summaning 0.1 % miqdorida peniya hisoblaydi va aksepsiz undirib oladi.
Mijoz hisobotlar bankka topshirilishi uchun javobgardir.