Hisobot Amaliyot o’tash joyi



Yüklə 25,89 Kb.
səhifə3/7
tarix15.08.2022
ölçüsü25,89 Kb.
#63128
1   2   3   4   5   6   7
Hisobot Amaliyot o’tash joyi

4.Qarzdorning huquqlari

  1. Ushbu shartnomada ko’rsatilgan shartlar asosida belgilangan muddatda va summada kredit olish.

  2. Qo’shimcha kelishuv rasmiylashtirish orqali kredit shartnomasiga muddatni uzaytiradi,unda tegishli o’zgartirish kiritadi yoki bekor qiladi.

  3. Ssuda bo’yicha qarzlarni muddatidan oldin qaytaradi.

5.Alohida shartlar

  1. Shartnoma ikki nusxada tuzilgan bo’lib, ularning har biri yuridik kuchga ega.

  2. Shartnoma faqatgina tomonlarning o’zaro kelishuvi bilan o’zgartirishlar kiritiladi.

  3. Shartnomani bajarilishi bo’yicha yuzaga kelgan kelishmovchiliklar tomonlarning o’zaro kelishuvi natijasida hal etilmagan taqdirda u Xo’jalik sudida ko’riladi.


Bank hisob varaq shartnomasi №55
Toshkent shahar 2018-yil “30”-avgust
O’zbekiston Respublikasi TIF Trans banki keying o’rinlarda “bank” deb yuritiladi.Trans bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi qoshidagi Amaliyot Boshqarmasi Boshlig’I Tilolova A. va keyingi o’rinlarda “Mijoz “ deb nomalanuvchi Nig’matxo’jayeva Nozima nizom asosida ish yurituvchi Direktor No’monxo’jayev A timsolida ikkinchi tomondan mazkur shartnomani tuzdilar.
1.Shartnoma mazmuni

  1. Mijoz topshiriq beradi,bank esa mijozning hisob varag’ini (keying o’rinlarda hisob varaqa) ochishni hamda amaldagi qonunchilik muofiq hisob-kitob va kassa xizmatini ko’rsatishga doir majburiyatni o’z zimmasiga oldi.

2.Tomonlar majburiyatlar
Bank quyidagi majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi;

  1. Mijoz majmuoviy hisob-kitob va kassa hizmatini ko’rsatish va uning topshirig’iga binoan amaldagi qonunchilik, mijoz nizomi va O’zbekiston Markaziy banki me’yoriy hujjatlarida ko’zda tutilgan barcha hisob –kitob va kassa operatsiyalarini amalga oshirish,jumladan

  1. Bankka tegishli to’lov hujjati asosida kelib tushgan pul mablag’larini mijoz hisobvarag’iga kiritish;

  2. Mijozning unga tegishli bo’lgan hisob varag’idagi pul mablag’larini boshqa hisob varaqqa yoki bashqa shaxs hisob varag’iga o’tkazishga doir topshirig’ini bajarish

  3. Mijozning amaldagi qonunchilik doiralarida to’lov talabnomalariga ko’ra boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan unga tegishli bo’lgan pul mablag’larini undirib olishga doir topshiriqni bajarish

  4. Amaldagi qonunchilikda ko’zda tutilgan hollarda mijozdan naqd pul qabul qilish va unga berish

  1. Mijoz bilan tuzilgan alohida shartnomalar asosida bevosita hisob-kitob va kassa hizmatiga taluqli bo’lmagan boshqa xizmatlarni(kreditlash,factoring,lizing,qimmatli qog’ozlarni joylashtirish va saqlash ishonch asosidagi operatsiyalar )ko’rsatish

  2. Berilgan hizmat ko’rsatish jadvaliga ko’ra mijozga belgilangan vaqtida hizmat ko’rsatish (dam olish kunlaridan tashqari)

  3. Mijoz hisob raqamdagi mablag’larni faqat uning topshirig’iga ko’ra yoki bankka hisob-kitob hujjatlari kelib tushgan amaliyot kuning o’zida uning roziligi bilan hisobdan chiqarish.Mijoz hisob raqamidagi mablag’lar bo’lmagan yoki yetishmagan taqdirda bank yetishmagan summani 2-sonli kategoriyaga kiritiladi.Bank O’zbekiston Respublikasi qonunchilikda ko’zda tutilgan hollarda mijozning roziligisiz uning hisob raqamdagi mablag’larini hisobdan chiqarish mumkin.

  4. Mijoz topshirig’iga ko’ra bajaradigan hisob kitob operatsiyalari O’zbekiston hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishning amaldagi qoidalarini qatiy roiya qilgan holda o’tkazish,

  5. To’lov hujjatlari qabul qilinayotganda barcha zarur revizitlar to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirish va bankka to’lov hujjati kelib tushgan kunda ko’rsatilgan hisob varaqdan mablag’ o’tkazilishini taminlash ,

  6. Mijozni haqi to’langan holda to’langan holda hisob kitob kassa hujjatlari, chek daftarchalari , naqd pul badalnomasi va boshqa bank banklari bilan taminlash;

  7. Mijoz talabiga ko’ra ilova qilingan holda hisob varaqdan olingan ko’chirmani berish;

  8. Mijozning hisob varag’i bo’yicha bajarilayotgan operatsiyalarni sir saqlash.Mijoz roziligisiz hisob varaqaga oid operatsiyalar bo’yicha ma’lumotlar faqat amaldagi qonunchilikda ko’zda tutilgan hollarda hisob varaqdan olingan ko’chirmani berish;

  9. Mijozga hisob-kitob ,bank texnikasi,hujjatlar aylanishi qoidalariva hisob-kitob hizmatini ko’rsatishga bevosita taalluqli bo’lgan boshqa masalalar bo’yicha maslahatlar berish,

  10. Mijoz hisob varag’ida pul mablag’lari butligini taminlash;

  11. O’tkazilgan mablag’lar kerakli joyga borib tushmagan,mijozning iltimosiga ko’ra, ularni qidirish;

  12. Hisob varag’ida mablag’lar bo’lganda yoki boror mavjud bo’lgan holda qonunchilikda berilgan maqsadlar uchun bank bilan kelishilgan calendar asosida mablag’lari berilishini ta’minlash;

  13. 3 kun mobaynida xo’jalik qarorlari asosida to’lash uchun taqdim etilgan to’lov hujjatlari bajarilmaganligi to’g’risida xabar berish.Agar javobgarga boshqa bankda hizmat ko’rsatilsa bu ish javobgar bankdan javob xati kelib tushgach bajariladi;

  14. Majburiyatlarni kechiktirganlik va ularni bajarishga tartib buzarlikka yo’l qo’yganlik uchun Bank qonunchilikka mazkur shartnomaning 5-bo’limida ko’zda tutilgan tartibga muvofiq javpbgarlikka tortiladi;

Mijoz quyidagi majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi:

  1. Hisob varag’ini ochish va unga doir operatsiyalarni bajarish uchun zarur bo’lgan barcha hujjatlarni taqdim etish;

  2. Bankda belgilab qo’yiladigan ish tartibi, to’lov hujjatlarini rasmiylashtirish va tadbiq etish tartibiga rioya qilish. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining amaldagi me’yoriy hujjatlari talablarini bajaradi.

  3. Yangi chorak birinchi oyning 60 kunidan kechikmagan holda mijozning naqd pul mablag’lariga bo’lgan ehtiyojini aniqlash uchun belgilangan shakldagi kassa buyurtmasini har chorakda bankka taqdim etish;

  4. O’z hisob varag’idan ko’chirma olingan ( yoki o’z hisobvarag’i ahvoli to’g’risida axborot olingan ) kundan boshlab ikki kun ichida bankka xabar berish;

  5. Mazkur shartnomaning 4 – bo’limida belgilangan tartibda Bank ko’rsatgan hisob – kitob kassa xaizmat haqlarini to’lash.

  6. Bank talabiga ko’ra boshqa davlatlar subyektlari bilan tuzilgan shartnomalar bo’yicha amalga oshitilgan eksport – import operatssiyalariga barcha hujjatlarni, shuningdek, zarur hollarda Bankka qonunchilik asosida yuklatilgan boshqa ma’lumotlarni taqdim etish.

  7. Mazkur shartnoma amal qilish davomida mijoz o’z hisob raqamiga kamida 5 000 ( besh ming ) so’m mablag’ga ega bo’lishi.


Yüklə 25,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin