Hosilani funksiyani tekshirishga tadbiqi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə1/14
tarix23.06.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#62125
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
nigora


HOSILANI FUNKSIYANI TEKSHIRISHGA TADBIQI
KIRISH
I BOB. FUNKSIYA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
1.1 Funksiya tushunchasi haqida tarixiy ma’lumot
1.2 Funksiyaning berilish usullari
1.3 O’quvchilarga funksiya va uning grafigini pedagogik texnalogiyalar yordamida o’rgatish
II BOB. HOSILA YORDAMIDA FUNKSIYANI TO’LIQ TEKSHIRISH BOSQICHLARI

    1. Funksiyaning o’sish va kamayish shartlari

    2. Funksiya ekstrcmumining zaruriy va yetarli sharti

1.3 Funksiyaning to’plamda eng katta va eng kichik qiymatlari
1.4 Funksiyaning qavariqligi. Egilish nuqtalari
1.5 Funksiyani tekshirish va grafigini chizishning umumiy sxemasi
1.6 Ko’p o’zgaruvchili funksiyaning differensial hisobi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH

“Har nechuk ilmdan eshitsang bir so’z,


Uni tinmay o’rgan kecha-yu, kunduz”
Abulqosim Firdavsiy.
Kurs ishining dolzarbligi: Davlatimiz istiqboli,bozor iqtisodiyoti qonunlariga asoslangan jamiyat qurish sohasidagi ishlarning samaradorligi yuqori malakali, yuksak ma’naviyatli, rivojlangan mamlakatlar darajasida, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, barkamol avlodni shakllantirish muammosi bilan uzviy bog’liq. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan ishlab chiqilib, Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to’g’risidagi qonun”, Vazirlar Mahkamasining umumiy o’rta ta’lim, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish haqidagi va boshqa qarorlari shu maqsadlarni ro’yobga chiqarishga qaratilgan.
Mamlakatimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni bosqichma-bosqich va muvaffaqiyatli amalga oshirish ko'p jihatdan o'qituvchi faoliyati, uning kasbiy nufuzini oshirish bilan bog’liqdir. Shunday ekan, sog’lom va har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish uzluksiz ta'lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoiyligiga, uning yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash ishiga bo'lgan munosabatiga bog’liqdir. Mustaqil O'zbekistonning kelajagi bo'lgan avlodni tarbiyalash nozik, nihoyatda katta diqqat-e'tiborni talab qiladigan, ichki ziddiyatli jarayondir.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida amalga oshirilayotgan ta'lim sohasidagi islohotlarning birinchi va ikkinchi bosqichlari vazifalari muvaffaqiyatli hal qilinib, uchinchi bosqichdagi o'zgarishlar davom etmoqda. Bu bosqichda o'quv-tarbiya ishlarini butunlay yangi asosda tashkil qilish, yuqori sifat ko'rsatkichiga erishish talab qilinadi.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o'zlashtirish zarurligi ko'p marta takrorlanib, ularni o'quv muassasalariga olib kirish zarurati o’qtirilgan.


Nega bugungi kunga kelib, pedagogik texnologiyaga qiziqish shunchalik darajada kuchaydi, degan mulohaza tug’ilishi tabiiy. Jamiyatimizga qanchadan-qancha bilimli va malakali kadrlarni etishtirib kelgan pedagogikaning o'ziga xos uslublari mavjud. Pedagogik jamoatchilikning aksariyati mana shu yo'ldan bormoqda, ammo mustaqillik va kelajak sari intilayotgan jamiyatga bu yo'l kutilgan samara bilan xizmat qila olmaydi
Resublikamizning birinchi Prezidenti Islоm Abdug’aniyevich Karimоv aytganlaridek “mamlakatimizning bоy ilmiy - texnikaviy salоhiyatidan keng fоydalangan hоlda, yuksak texnоlоgiya va fan yutuqlariga asoslangan ishlab chiqarish sоhalari - avtоmоbilsоzlik, samоlotsоzlik, mikrоbiоlоgiya, elektrоtexnika va elektrоnika sanоatlarini telekоmmunikatsiya va zamоnaviy axbоrоt texnоlоgiya vоsitalarini tez sur’atlarda rivоjlantirish” uchun sabоq оlayotgan har bir shaxs o‘zi o‘rgangan ta’lim mazmunini chuqur anglashi, qayyerda va qanday tatbiq qilishni bilishi, hayotda esa o‘zi amaliyotga tatbiq qila оlishi kerak Darhaqiqat, barkamоl insоn shaxsning shakllanishi bevоsita uzluksiz ta’lim jarayonida amalga оshadi. Davlat ta’lim standartlarida bo‘lajak mutaxassis egallashi ko‘zda tutilgan bilimlarni chuqur va atrоflicha bayon qilinishi hamda o‘rgatilishiga alоhida ahamiyat berish “Milliy dastur”da ko‘zda tutilgan asosiy maqsadni amalga оshirish bo‘yicha katta natija beradi. Shunday ekan, har jabhada muvaffaqiyatga erishish, jumladan yuqоri malakali kadrlar tayyorlashda milliy dasturni o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin