Hozirda Respublikamizda sanoat rivojiga katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, unda ishlab chiqarishning o‘rni beqiyosdir. Davlatimizning iqtisodiy o‘sishini ta’minlash uchun yurtboshimiz sh. M



Yüklə 472,37 Kb.
səhifə3/22
tarix10.12.2022
ölçüsü472,37 Kb.
#73625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
1.1.Oltin tarkibli rudalari haqida umumiy ma’lumot

Sulfid rudalari (20-30% rudali minerallar) kam tarqalgan bo’lib, tarkibi oddiyroq: asosan, pirit va arsenopirit, 2darajada mis, qoʻrgʻoshin, vismut sulfidlari (ba’zan tel-luridlari) oltin rudalari qatlami va ba’zan quvursimon tanalar hosil qiladi (Qozog’iston, Sharqiy Sibir, Avstraliya, Braziliya).


Ekzogen konlarda rudali qatlamlar va oqimlar yumshoq va mustahkamlan-magan yotqiziqlardan iborat boʻladi. Oltin esa, koʻpincha yumalokdangan alohida zarrachalar yoki tangachalar (oʻlcha-mi 0,5–4 mm), ba’zan kum va gillarni orasida kvars bilan birga qotgan shakllarda uchraydi. Oltin rudalari tarkibida oltinning miqdori 100–150 mg/m3 dan oʻnlab g/m³ gacha, probasi 800—950 boʻladi. Oksidlanish zonasida oltin, asosan, temir va marganets gidroksidlari, mis, margimush, kumush
karbonatlar, kaolinit minerallari bilan assotsiatsiyalashgan holatda yigʻiladi, tarkibida 2—3 dan 10 g/t gacha oltin boʻladi.

Oltin rudalari murakkab shaklli uyumlar, linzalar hosil qiladi (Qozogʻiston, Rossiya, Dominikana Respublikasi).


Metamorfizlashgan oltin rudalari oltinli konglomeratlar, ba’zan gravelitlar qatlamlari bilan bogʻliq boʻladi. Oltin zarrachalari (5—100 mkm) kvarsseritsitxloritli yoki kvarsli shagʻaldagi ingichka tomirchalarda temir va boshqa metallar oksidi va sulfidlari bilan birgalikda joylashadi. Oltinning miqdori 3—20 g/t, probasi 900 dan yuqori boʻladi (JAR, Avstraliya, Braziliya).

Oʻzbekistonda oltin rudalari aniklangan 600 ga yaqin kon ma’lum boʻlib, 144 tasi kadastrga kiritilgan, 12 tasida oltin qazib olish ishlari olib borilmoqda, 15 tasi razvedka qilingan, 16 tasida razvedka ishlari olib borilmoqda (2001). Oltin rudalari konlari asosiy geolo-gik-sanoat turlaridan uchtasi: oltin-kvarsli (Muruntov, Zarmitan Pirmirob,G’uzoqsoy),oltin-sulfid-kvarsli (Qizilolmasoy, Qoʻshbuloq, Balpantov, Marjonbuloq, Sarmish, Bulatkon va boshqalar), oltin-sulfidli (Koʻkpatos, Dovgiztov, Omontoytov va boshqalar) va 2 ta kompleksli turlari: oltin-kumushli ("Yuqorivolt", Kosmanachi, O’qetmas, Oqtepa) va oltin-misporfirli (Qalmoqqir, Olis va boshqalar) ajratilgan. Oʻzbekiston oltinning razvedka qilib aniklangan zaxiralari boʻyicha jahondagi eng yirik mamlakatlar orasida 4-oʻrinda, yillik qazib olish miqdori boʻyicha 9-oʻrinda turadi (2000).





Yüklə 472,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin