Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar Hozirgi o‘zbek adabiy tili o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
o‘zbek tilshunosligi sohasidagi asosiy muammolarni tushunishi;
o‘z ixtisosligi doirasida muayyan tadqiqot sohasining ob’ektlari va jarayonlariga nisbatan shaxsiy ilmiy filologik munosabatlar;
hozirgi o‘zbek tili muammolari va ularni hal qilish yo‘llari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
hozirgi o‘zbek tili fanining tushunchaviy apparati;
hozirgi o‘zbek tili fanining metod va usullari;
hozirgi o‘zbek tili fanining ilmiy-tadqiq mavzularini bilishi va ulardan foydalana olishi;
badiiy-lisoniy tahlil etish;
o‘zbek tili va shevalari namunalarini yozib olish, to‘plash va nashrga tayyorlash;
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyketma-ketligi Mazkur fan oliy ta’limning bakalavriat bosqichi filologiya yo‘nalishida o‘qitilayotgan “Tilshunoslikka kirish”, “Qadimgi turkiy til”, “O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi”, “O‘zbek dialektologiyasi”, “Umumiy tilshunoslik”, “Kompyuter tilshunosligi” “Ona tili o‘qitish metodikasi”, “Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari”, “Tilshunoslik va tabiiy fanlar”, “Sotsiolingvistika” fanlari bilan, shuningdek, magistratura bosqichidagi “Amaliy tilshunoslik”, “Matn tilshunosligi”, “O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari”, “Psixolingvistika”, “Areal tilshunoslik”, “Struktural tilshunoslik” kabi fanlar bilan uzviy bog‘liqligi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni Talabalarda o‘zbek tilshunosligi fani bo‘yicha o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muasssalarida olgan bilimlarini chuqurlashtirish, kengaytirish; tilshunoslik, xususan, o‘zbek tilshunosligida qo‘llanilayotgan atamalarni o‘zlashtirish, Hozirgi o‘zbek tili fanining nazariy masalalarini yoritish; substansial (zotiy) yo‘nalish muammolari ustida ishlash va kognitiv hamda paradigmatik lingvistika masalalarini chuqur o‘rganishga da’vat etib, mukammal bilimli mutaxassis tayyorlash hozirda muhim ahamiyatga ega.