Hozirgi o`zbek adabiy tili


-mavzu. Ravish so‘z turkumi



Yüklə 320 Kb.
səhifə4/27
tarix29.11.2022
ölçüsü320 Kb.
#71293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Hozirgi o`zbek adabiy tili

4-mavzu. Ravish so‘z turkumi
Ravish va uning o‘rganilish tarixi. Ravishning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi o‘ziga xos grammatik xususiyatlari. O‘zgarmaslik ravishning grammatik belgisi sifatida. Ravishning lug‘aviy-grammatik guruhlari.
5-mavzu. Taqlid so‘zlar
Taqlid so‘zlar, ularning o‘rganilishi. Taqlidning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi o‘ziga xos grammatik xususiyatlari. O‘zgarmaslik taqlidning grammatik belgisi sifatida. Taqlidning lug‘aviy-grammatik guruhlari.
6-mavzu. Olmosh so‘z turkumi
Olmosh va uning o‘rganilish tarixi. Olmoshning o‘ziga xos ishoraviy (deyktik) tabiati, mustaqil so‘z turkumi sifatidagi o‘ziga xos grammatik xususiyatlari. Olmoshlarning matndagi o‘rni. Sintaktik imkoniyatlari.
7-mavzu. Sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar
Sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar va ularning turlari: egalik, kelishik va kesimlik kategoriyasi. Ularning umumturkumiy va sintaktik vazifa uchun xoslangan kategoriyalar ekanligi. Egalik kategoriyasi va uning shakllari paradigmasi. Egalik kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nosi. Egalik kategoriyasining turli mustaqil so‘z turkumlarida qo‘llanish xususiyatlari. Egalik kategoriyasi umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi.Kelishik kategoriyasi va uning shakllari paradigmasi. Kelishik kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nosi. Kelishik kategoriyasining turli mustaqil so‘z turkumlarida qo‘llanish xususiyatlari. Kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi.
8-mavzu. Kesimlik kategoriyasi
Kesimlik kategoriyasi murakkab kategoriya sifatida. Kesimlik kategoriyasining tarkibi (shaxs-son, zamon, tasdiqG‘inkor, modallik kategoriyalari), uning shakllari paradigmasi. Shaxs-son kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nolari. Zamon kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nolari. Tasdiq-inkor kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nolari.
Kesimlik kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nosi. Kesimlik kategoriyasining turli mustaqil so‘z turkumlarida qo‘llanish xususiyatlari. Kesimlik kategoriyasi umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi. Bog‘lama.

Yüklə 320 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin