Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar “Hozirgi o‘zbek tili” fanini o‘qitishda mavzularning xarakteri va murakkablik darajasidan kelib chiqib o‘qitishning an’anaviy (ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar, kollekvium, shuningdek, ko‘rgazmali qurollardan) va noan’anaviy (aqliy hujum, komandada o‘qitish, arralash va turli xil didaktik o‘yinlardan), shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalaridan - kompyuter, elektron darsliklar, elektron lug‘atlar va internet materiallaridan, multimediya imkoniyatlaridan unumli foydalaniladi. Ma’lumki, har qanday tilni o‘qitishda bo‘lganidek, bu fanni o‘qitishda ham lug‘atlar (izohli lug‘atlar, elektron lug‘atlar, lingvistik lug‘atlar va h.k.lar)dan keng foydalaniladi.
III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) 1-mavzu. Ot so‘z turkumi Ot va uning o‘rganilish tarixi. Otning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi umumiy grammatik xususiyatlari. Otning umumiy grammatik ma’nosi. Otning lug‘aviy-grammatik guruhlari. Otning tasniflovchi kategoriyasi. Son kategoriyasi va uning shakllari. Son kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nosi. Son kategoriyasi umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillar munosabati.Otning nokategorial shakllari.
2-mavzu. Sifat so‘z turkumi Sifat va uning o‘rganilish tarixi. Sifatning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi umumiy grammatik xususiyatlari. Sifatning lug‘aviy-grammatik guruhlari. Asliy va nisbiy sifatlar. Daraja sifatning tasniflovchi kategoriyasi sifatida. Daraja kategoriyasi umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillarning uyg‘unlashuvi.Sifatning nokategorial shakllari: kuchaytirma va ozaytirma shakllari.
3-mavzu. Son so‘z turkumi Son va uning o‘rganilish tarixi. Sonning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi umumiy grammatik xususiyatlari. Sonning lug‘aviy-grammatik guruhlari va tasniflanishi. Son grammatik shakllarining lug‘aviy ma’noga ta’sir qilish imkoniyatlari. Son shakllari umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillarning uyg‘unlashuvi. Numerativlar. Numerativli birikuvlarning qoliplari.