4-mavzu. Ravish so‘z turkumi Ravish va uning o‘rganilish tarixi. Ravishning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi o‘ziga xos grammatik xususiyatlari. O‘zgarmaslik ravishning grammatik belgisi sifatida. Ravishning lug‘aviy-grammatik guruhlari.
5-mavzu. Taqlid so‘zlar Taqlid so‘zlar, ularning o‘rganilishi. Taqlidning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi o‘ziga xos grammatik xususiyatlari. O‘zgarmaslik taqlidning grammatik belgisi sifatida. Taqlidning lug‘aviy-grammatik guruhlari.
6-mavzu. Olmosh so‘z turkumi Olmosh va uning o‘rganilish tarixi. Olmoshning o‘ziga xos ishoraviy (deyktik) tabiati, mustaqil so‘z turkumi sifatidagi o‘ziga xos grammatik xususiyatlari. Olmoshlarning matndagi o‘rni. Sintaktik imkoniyatlari.
7-mavzu. Sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar Sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar va ularning turlari: egalik, kelishik va kesimlik kategoriyasi. Ularning umumturkumiy va sintaktik vazifa uchun xoslangan kategoriyalar ekanligi. Egalik kategoriyasi va uning shakllari paradigmasi. Egalik kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nosi. Egalik kategoriyasining turli mustaqil so‘z turkumlarida qo‘llanish xususiyatlari. Egalik kategoriyasi umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi.Kelishik kategoriyasi va uning shakllari paradigmasi. Kelishik kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nosi. Kelishik kategoriyasining turli mustaqil so‘z turkumlarida qo‘llanish xususiyatlari. Kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi.
8-mavzu. Kesimlik kategoriyasi Kesimlik kategoriyasi murakkab kategoriya sifatida. Kesimlik kategoriyasining tarkibi (shaxs-son, zamon, tasdiqG‘inkor, modallik kategoriyalari), uning shakllari paradigmasi. Shaxs-son kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nolari. Zamon kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nolari. Tasdiq-inkor kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nolari.
Kesimlik kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nosi. Kesimlik kategoriyasining turli mustaqil so‘z turkumlarida qo‘llanish xususiyatlari. Kesimlik kategoriyasi umumiy grammatik ma’nosining nutqiy voqelanishida lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi. Bog‘lama.