HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYASINING METODOLOGIK MASALALARI
4. PSIXOLOGIYANING FANLAR TIZIMIDA TUTGAN O`RNI Psixologiya fani ko`plab fanlar bilan o`zviy bog`liq holda rivojlanadi. Fanlar orasidagi bog`liqliklar psixologiyaning fanlar tizimidagi o`rnini aniqlaydi. Bizga ma`lumki, fanlar gumanitar, tabiiy va falsafiy turlarga bo`linadi. Psixologiya mustaqil fan sifatida namoyon bo`ladi, u inson ruxiy faoliyatining tabiiy - tarixiy va ijtimoiy tomonini o`rganadi. Psixologiya barcha turdagi fanlar orasida muhim o`rinni egallaydi. Psixologiya falsafa, tarix, san`atshunoslik, fiziologiya, texnika, pedagogika fanlari bilan uzviy bog`liq. YOsh avlodni har tomonlama tarbiyalash uchun ularning psixologiyasini yaxshi bilish lozim. Falsafa ongni o`rganadi, psixologiya esa inson ongining shakllanishini o`rganadi. Bolalarning psixologik rivojlanishini bilmasdan turib biror bir ta`lim metodikasini to`g`ri ishlab chiqib, uni hayotga tadbiq etib bo`lmaydi. Psixologiyani tarbiyada, shaxs shakllanishida, uning kamollik darajasiga etkazishda, ma`naviy boy, axloqan pok, jismonan soqlom, jamiyatning barcha talablariga javob beruvchi qilib shakllantirishda ahamiyati katta. Psixologik bilimlarni inson o`z - o`zini tushunishda, o`zining kuchli va kuchsiz tomonlarini anglashda, qiyinchiliklarni engishda, muvaffaqiyatga erishishda, o`z kamchiliklarini bartaraf etib, ijobiy fazilatlarni shakllantirishda zarurdir. Psixologiya insonning aqliy imkoniyatlarini ochishda ham muhim. Zero, diqqat va xotirani yaxshilash va rivojlantirish yo`llarini bilib, bilimlarni to`g`ri o`zlashtirish, intellektual faoliyat samaradorligini oshirish mumkin.