Hozirgi zamon rivojlanish ta`limotlari va evolyutsiyasi
Marshallning qarashlari J.B.Klark izlanishlarida takomillashdi. Neoklassik nazariyaning asosiy tamoyillari ikki qismdan iborat. Asosiy tamoyillarning birinchi qismini klassikaning “eski” tamoyillari, ikkinchi qismni esa, neoklassikaning “yangi” tamoyillari tashkil etadi. “Eski” tamoyillar “qat’iy negiz” bo`lsa, “yangi” tamoyillar neoklassikaning «himoya qobig`i»ni tashkil etadi. “Eski” tamoyillarga quyidagilar kiradi: bozorda hamma vaqt muvozanat mavjud, u yagona Pareto (Valras-ErrouDobre) optimumi talablariga mos keladi; ------bozorda individlar tomonidan oqilona tanlov amalga oshiriladi; ------ individlarga tashqi omillar ta’sir ko`rsatmaydi, ularning biror holatni afzal bilishi barqaror va ekzogen xususiyatga ega; ------ xarajatlarning yagona turi – ishlab chiqarish xarajatlari hisobga olinadi. Ayni chog`da ayirboshlash xarajatlari e’tiborga olinmaydi. “Yangi” tamoyillarga ko`ra: ------bozorda ayirboshlashni amalga oshirish uchun resurslarning xususiy mulkligi asosiy zamin hisoblanadi; ------ individlarda bitim to`g`risidagi barcha axborot mavjud; ----- ayirboshlash chegaralari kamayib boruvchi foydalilik tamoyili asosida hamda resurslarning dastlabki taqsimlanishidan kelib chiqib, belgilanadi.