Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
milliy Streategiyasi
Mamlakat doirasida hududlarni kompleks
rivojlantirish Satrategiyasi
Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlarni
kompleks rivojlantirish startegiyai
Shaharlar va hududlarni kompleks rivojlantirish
strategiyasi
1.1.1 - chizma. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga
solish strategiyasi
Manba:
Erkaeva G.P. “Mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining strategic
yo’nalishlari ” iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan
dissertatsiya. Samarqand, 2008-yil. 25-be’t.
9
Ilmiy asoslangan strategiyaning maqsadi – ma’lum ichki va tashqi mablag’ va
resurslarni jamlab safarbar qilgan holda, hududning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan
samarali foydalanish va uning barqaror iqtisodiy o’sishi hamda aholi turmush
darajasini yuksaltirishga erishishdir. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish nafaqat miqdor
balki muayyan sifat o’zgarishlari shaklida ham namoyon bo’ladi. Ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish suratlari uning mezonlariga va eng avvalo, sifat ko’rsatkichlariga ko’proq
e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday o’sishlar iqtisodiyotimizda yuz
berayo’lgan tarkibiy o’zgarishlar, uning izchil va barqaror rivoji uchun ximat qilish,
xalqimizning hayo’l darajasini yuksaltirishga, bir so’z bilan aytganda, amaliy
hayo’limizni yaxshilashga olib keladi.
Jahon tajribasi ko’rsatmoqdaki, iqtisodiyotni davlat tomonidan samarali
boshqarishga mahalliy xususiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar mahalliy
hokimiyat organlari va fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari tomonidan hal
e’tilgandagina erishiladi. Bunda respublika hokimiyat organlari e’tibor umummilliy
xususiyatdagi qarorlarni qabul qilish, iqtisodiyot rivojlanishining istiqbolli
yo’nalishlarini aniqlash va shu asosida faoliyat ko’rsatish, qonunni himoya qilish va
himoyalash kabi ishlarga qaratilgan bo’ladi. Hududlarning iqtisodiy rivojlanishini
tartibga solish zaruriyati ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni (bandlik, ijtimoiy himoya,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqalar) o’zlariga
biriktrilgan daromadlar manbalari hisobga hal etishda ko’proq erkinlik va vakolatlar
berilganda yuzaga keladi. Ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti
iqtisodiyotni rivojlantirish, aholining turmush farovonligini oshirish uchun sharoit
yaratib beradi. Respublikamizda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti davlat
mustaqilligining iqtisodiy asosi sifatida olingan bo’lib, ijtimoiy taraqqiyo’lning
hozirgi sharoitlariga eng ko’p darajada mos keladi. Bunday ko’rinishdagi bozor
iqtisodiyoti korxonalarni va jismoniy shaxslarning ish faoliyatlarini davlat qonunlari,
huquqiy kafolatlar asosida, moddiy rag’batlantirishlar asosida olib borishni
ta’minlashi lozim. Barcha turdagi mulklarning qonuniy va huquqiy asosda tengligini,
ish yurituvchilar erkinligini respublikadagi milliy an’ana, urf-odat va qadriyatlarni
e’tiborga olishi insonlarning faoliyatlarini to’liq shart-sharoitlar bilan ta’minlashi
lozim.
Prezidentimiz I.A.Karimov respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish davr
siyosatining tayanchi va iqtisodiyotni tubdan isloh qilishning asosi bo’lmish beshta
muhim va mashhur tamoyilni ishlab chiqdi. Ularning asosiy mazmuni quyidagilardan
iborat:
Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak; u
biror mafkuraga bo’ysundirilishi mumkin emas. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot
siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiyot munoasbatlarni
mafkuradan holi qilish zarur;
Ikkinchidan, davlat bosh islohotchi bo’lishi lozim. U islohotning ustuvor
yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va undan
izchillik bilan o’tkazishi, jaholatparastlar (re’togradlar) va konservatorlar qarshiligini
bartaraf etishi shart;
10
Uchinchidan, qonunlarga rioya etish ustuvor bo’lishi lozim. Buning ma’nosi
shuki, demokratik yo’l bilan qabul qilingan yangi konstitutsiya va qonunlarni hech
istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og’ishmay rioya etish lozim;
To’rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli
ijtimoiy siyosatni o’tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini
ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko’rilishi lozim. Bu bozor
iqtisodiyoti yo’lidagi eng dolzarb vazifa bo’lib qoldi va bundan keyin ham shunday
bo’lib qoladi;
Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish obyektiv iqtisodiy qonunlarning
talablarini hisobga olgan holda, o’tmishdagi “Inqilobiy sakrashlarsiz”, ya’ni
evolyutsion yo’l bilan, puxta o’ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
Buning ma’nosi shundan iboratki, respublikada bozor iqtisodiyotiga o’tish, bozor
munosabatlarini o’rnatish ma’lum qiyinchiliklarsiz amalga oshmaydi. Ammo bu
davrda aholining manfaatlarini himoya qilish kuchayishi kerak. Buni faqat kuchlar
qayta taqsimlash vositasiga asoslangan davlatgina amalga oshirishi mumkin. Davlat
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda faol qatnashishi, uning tashabbuskor bo’lishi
va izchillik bilan amalga oshirilishi lozim. Buning uchun davlat iqtisodiy
islohotlarning asosiy yo’nalishlarini ishlab uni tatbiq etishi, nazorat qilish kabi
vazifalarni bajarish uchun maxsus idoralariga ega bo’lishi kerak. Shundagina davlat
islohot jarayonining barcha bosqichlarida yetakchi islohotchi ekanligini tasdiqlashi
mumkin. Davlat ishlab chiqarishga iqtisodiy vositalar bilan, iqtisodiyotni tushungan
holda, belgilangan maqsad sari boshqara boradi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida O’zbekiston mintaqalari rivojlanishini
davlat tomonidan tartibga solishning bosh maqsadi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
bo’yicha keskin tafavutlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida hududlarni barqaror
rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish va qo’llab – quvvatlashdan iborat. Bu
maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalar ko’zda tutiladi:
- mamlakat barcha hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini imkon
qadar bir-biriga yaqinlashtirish;
- hududlar tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish;
- ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishi va ularni joylashtirishdagi asossiz
nomutanosibliklarni bartaraf etish;
- hududlarni oqilona xo’jalik ixtisoslashuvini ta’minlash va hududlararo
iqtisodiy aloqalarni maqbullashtirish;
- mintaqalararo va tashqi iqtisodiy integratsiyam ayrim hududlarning iqtisodiy
va ijtimoiy jihatdan ajralib qolishga yo’l qo’ynaslik va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi, Qonunlar va qonunosti hujjatlari
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga solishning huquqiy shakllari
hisoblanadi. Ammo, bozor munosabatlariga o’tish sharoitida O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi iqtisodiyotning asosiy qonunlarini ishlab chiqish bilan
mashg’ul ekanligi tufayli, mamlakatimiz hududlari rivojlanishini tartibga solishda
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari,
hukumat qarorlari va farmoyishlari hal qiluvchi rol o’ynaydi.
11
Ijroiya hokimiyatning hududlar rivojlanishini tartibga solish bo’yicha tashkiliy-
institutsional tuzilmasi bir qator vazirlik va idoralar ishtirokida Vazirlar Mahkamasi
tomonidan shakllantiriladi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yagona
siyosati Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Iqtisodiyotning ayrim sektorlari va tarmoqlari bo’yicha hududiy rivojlanish
muammolari bilan Markaziy bank, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar investitsiyalar va savdo vazirligi
va boshqalar shug’ullanadi. Mustaqillik yillarida Respublikamizda hududlarni ijtimoiy
va iqtisodiy rivojlantirishni davlat tominidan tartibga solish quydagi yo’nalishlarda
amalga oshirildi:
- mintaqalar, hududlar va bir guruh hududlarni kompleks rivojlantirish dasturini
ishlab chiqish;
- mineral homashyo resurslarini kompleks o’zlashtirish, yer suv resurslaridan
oqilona va samarali foydalanish, atrof muhitni muhofaza qilish;
- sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning respublika va hududiy dasturlarini ishlab
chiqish, eski ishlab chiqarish quvvatlarini qayta iqtisoslashtirish horijiy
investitsiyalarni ideal qilish asosida yangi zamonaviy korxonalar qurish;
- mahalliy tabiiy iqlim xususiyatlari asosida qishloq xo’jaligida islohotlarning
chuqurlashtirishning respublika va hududiy dasturlarini ishlab chiqish, hududlar
qishloq xo’jaligini ihtisoslashtirish;
- bandlik, ijtimoiy infra tuzilmani rivojlantirish, qishloq aholisini tabiiy gaz va
ichimlik suvi bilan ta’minlash va boshqa respublika dasturlarini amalga oshirish;
-
Respublika
va
mahalliy
boshqaruv
tizimini
boshqaruv
tizimini
takomillashtirish;
- Mahalliy budje’tni mustahkamlash, hududlarga do’latsiya va subvensiyalar
ajratish;
- Qulay hududiy-xo’jalik boshqaruv tizimini tashkil etish maqsadiga
mamlakatning ma’muriy-hududiy bo’linishni takomillashtirish.
Hududlarda
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish
va
iqtisodiy
islohotlarni
chuqurlashtirishni tartibga solish makro-mikro darajada qo’llaniladigan tur bevosita va
bilvosita, ma’muriy, huquqiy va iqtisodiy mexanizimlarda foydalangan holda turli
vositalarni qo’llashni talab etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni tartibga solish
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani isloh qilish hamda yuksaltirishning
respublika maqsadli tarmoq, tarmoqlarao va hududiy dasturlar ishlab chiqish va ular
asosida mahalliy hokimiyat organlari tomonidan hududiy dasturlar ishlab chiqish
muhim rol o’ynaydi. Ularni to’rt guruhga ajratish mumkin:
1. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ko’p ukladli
iqtisodiyotni shakllantirish, hududlarda to’laqonli bozor infratuzilmasini tashkil
etishga yo’naltirilgan institutsional o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan
dasturlar.
2. Asosiy sanoat tarmoqlarini, qishloq xo’jaligi va iqtisodiyotning boshqa real
sektorlarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish, tabiiy
iqtisodiy salohiyatdan oqilona foydalanish, transportkommunikatsiya va ishlab
12
chiqarish infratuzilmasi hamda uning boshqa sohalarini to’liq shakllantirishga
yo’naltirilgan dasturlar.
3. Ijtimoiy tarmoqni rivojlantirish dasturlari: Kadrlar tayyorlash milliy dasturi,
kasb-hunar kollejlari va litseylarini tashkil etish hamda ularning moddiy-texnik
ta’mino’lini mustahkamlash, umumta’lim maktablarini rivojlantirish, sog’liqni saqlash
va kommunal xo’jalikni qayta shakllantirish, qishloq ijtimoiy infratuzilmasini
shakllantirish, chakana savdo korxonalari, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat
ko’rsatish tarmoqlarini rivojlantirish.
4. Hududlar va ayrim hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini
ishlab chiqish.
Makroiqtisodiy dastaklar muayyan hududlarda iqtisodiy subyektlar faoliyatiga
ta’sir qiluvchi vosita sifatida qo’llaniladi. Bular sirasiga imtiyozli soliqlar, bojxona
imtiyozlari, kredit berish va boshqalar kiradi. Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy iqtisodiy mexanizmi
byedje’t tizimi hisoblanadi. Joylarda mahalliy byudje’t tushumlarining yangi
manbalarni qidirib topish va byudje’t intizomiga rioya qilish asosiy vazifalaridan
biridir. Hududlar iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini tartibga solishda bevosita boshqaruv
usullaridan keng foydalaniladi. Davlat tomonidan iqtisodiy ishloho’llarni
rag’batlantirish va ularni chuqurlashtirishni qo’llab-quvvatlash respublika byudje’ti,
hududlarga do’latsiyalar va subvensiyalar berish hisobiga maqsadli dasturlar va yirik
investitsiya loyihalarini bajarish orqali hududlar rivojlanishiga davlat tomonidan ta’sir
qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Hududlar va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishni tartibga solishda dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish bevosita
boshqarishning asosiy uslublaridan biri hisoblanadi. Hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy
rivojlantirishni tartibga solishning asosiy dastaklari investitsiya va hududiy dasturlar
hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz hududlarining barqaror iqtisodiy
rivojlanishini ta’minlash respublikamizda yuritilayo’lgan iqtisodiy siyosatning muhim
yo’nalishlaridan biri bo’lmoqda. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanishi,
turmush sharoitlarining yaxshilanishi ham bevosita ularning iqtisodiyoti rivojlanishi
bilan bog’liq. Mamlakat iqtisodiyoti hududlardan tarkib topgan bir butun tizimini
tashkil etgani sababli, uning har bir mintaqasidagi rivojlanishni ta’minlash
mamlakatimizning uzluksiz taraqqiyotiga zamin yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |