Bitiruv malakaviy ishining yangiliklari quyidagilardan iborat:
-
Hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga kompleks baho
berilganligi;
- Hududda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o’ziga xos xususiyatlarini
aniqlanganligi;
- Hududda ijtimoiy rivojlanish va aholi turmush darajasini tahlil qilinganligi
hamda mazkur sohalarni rivojlantirish yuzasidan xulosa va takliflar ishlab
chiqilganligi;
- Hududda aholi bandlik darajasini yuksaltirish va yangi ish o’rinlarini
yaratishda qo’shimcha imkoniyatlardan foydalanish yuzasidan tegishli taklif va
tavsiyalar ishlab chiqilganligi.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati.
Bitiruv malakaviy ishi
doirasida olib borilgan tadqiqotlar asosida tayyorlangan xulosa va takliflarning amalga
tadbiq etilishi hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi
mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi.
Bitiruv malakaviy ishi kirish,
uch bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyo’llar ro’yxati hamda ilovalardan
iborat.
6
I BOB. HUDUDLAR IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINI KOMPLEKS
BAHOLASHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI.
1.1 Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga solishning zaruriyati
va o’ziga xos xususiyatlari.
Mamlakatning izchil iqtisodiy o’sishi ko’p jihatdan undagi hududlarning
rivojlanish suratlari va darajasiga bog’liq bo’ladi. O’zbekiston hududlarining
mutanosib barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi – makroiqtisodiy barqarorlikning,
milliy iqtisodiyot tadrijiy rivojlanishining asosidir. Bu barcha hududlar manfaatlariga
mos keladigan iqtisodiyotning samarali tuzilmasi shakllantirilishini taqozo etadi.
Hududiy rivojlanishning nazariy jihatlarini chuqurroq o’rganish asosida erkinlashtirish
sharoitida mamlakatimiz hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi
amalda ro’yobga chiqarilishi zarurligini belgilab beradi.
Mustaqillik yillarida sobiq SSSRdan qolgan hududiy nomutanosiblikni bartaraf
etish, mintaqalarning tabiiy va mineral xomashyo resurslaridan, mavjud ishlab
chiqarish, ilmiy-texnik va eksport salohiyatidan samarali va oqilona foydalanish
maqsadida mintaqalarni proporsional, mutanosib rivojlantirishni ta’minlash
O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining muhim yo’nalishi deb belgilandi.
Davlatimiz rahbari I.A.Karimov ta’kidlanilaganlaridek, “Iqtisodiyotimizning hududiy
tarkibini takomillashtirish, foydalanilmayo’lgan resurslar va iqtisodiy imkoniyatlardan
yuqori
darajada
va
samarali
foydalanish,
shakllanib
qolgan
hududiy
nomutanosibliklarni bartaraf etish hozirgi kundagi eng muhim masala – ishsizlikka
qarshi samarali kurashish imkonini beradi”.
Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ko’p omilli va shu bilan birga
ziddiyatli jarayon hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis,
yuqorilab boruvchi chiziq bo’yicha ro’y bermaydi. Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi to’g’risida fikr yuritganda ular bilan bog’liq nazariyalarni keltirib o’tish
maqsadga muvofiqdir. Hududiy o’sish nazariyalarini ko’rib chiqishda ikki xil asosiy
yondashuv mavjud. Birinchisi – hududlarda iqtisodiy o’sish modellarini qo’llash.
Bunday modellarni mamlakat iqtisodiyotining o’sishi izohlash uchun ishlab chiqilgan
modellarga o’xshatish mumkin. Ikkinchisi esa, alohida korxona va firmalarning hatti –
harakatlarini tahlil etishga asoslangan. Chunki hududlarning iqtisodiy rivojlanishini,
avvalambor, ularning faoliyatigina aniqlab beradi. Ushbu nazariyalar bilan ham
iqtisodiy geografiya mutaxassislari, ham iqtisodchilar shug’ullanishgan. Turli
mamlakatlarda hududiy nazariyalarning turli yo’nalishlariga ustuvorlik berilgan.
Hududiy nazariyalarni o’rganish mamlakatimizda ishlab chiqilayo’lgan va amalga
oshirilayotgan hududiy tartibga solish tadbirlari uchun uslubiy vosita bo’lib xizmat
qiladi. O’tgan asrning 70-yillarigacha “iqtisodiy rivojlanish” deyilganda
mamlakatning ishlab chiqarishni aholi o’sish suratlaridan yuqoriroq suratlarda
oshirish qobiliyati tushunilar, rivojlanish jarayonining miqdoriy o’lchovi sifatida
“iqtisodiy rivojlanish darajasi” tushunchasi xizmat qilar, u mamlakat milliy
daromadini uning aholi soniga bo’lish orqali aniqlanar edi. YaMM va YaIM ning
aholi jon boshiga to’g’ri keladigan hajmining miqdoran tez o’sishi farovonlik mezoni
deb hisoblandi. Kambag’allik, ishsizlik va daromadlar taqsimo’lini rivojlantirishni
7
jadallashtirish masalalari keyingi o’rinlarga qoldirildi. Hozirgi kunga kelib, ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish deb, mamlakatda ishlab chiqarish, bandlik darajalarini orttirish va
ishsizlik, inflyatsiya darajalarini pasaytirish imkoniyatlarining kengayishiga aytiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tufayli mamlakatda iqtisodiy o’sish ta’minlanadi
va shu asosda o’sib boruvchi ehtiyojlar qondira boriladi. Buning evaziga mamlakatda
cheklangan turli xil resurslardan samarali foydalanib, ko’proq tovarlar ishlab chiqarish
va xizmatlar ko’rsatish ta’minlanadi. Bu esa bozorlarda mahsulot turlarining
ko’payishi va narxlarning barqarorligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish aholini ish bilan ta’minlash, pulning qadrsizlanishini oldini olish,
aholini ijtimoiy himoya qilishning asosiy shartidir. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
nazariyasi makro iqtisodiyot darajasida tahlil qilinib, uning sohalari, ko’rsatkichlari,
omillari o’rtasidagi bog’lanishlarni, iqtisodiy o’sish yo’llarini aniqlab ko’rsatadi va
davlatning ichki va tashqi iqtisodiy siyosatida ilmiy asoslangan bolib xizmat qiladi.
Shunday qilib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish – ko’p o’lchamli jarayon bo’lib,
jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotida o’z ifodasini topadi.
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasini ishlab
chiqish aholining turmush darajasini ko’tarish, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini
oshirish, hududlardagi xomashyo bazasi va mehnat salohiyatidan samarali foydalanish
bilan bog’liq bo’lgan muammolarni faqat o’rta va uzoq muddatga mo’ljallangan
dasturlar va istiqbol rejalari orqali hal etish imkonini beradi. Mamlakat doirasida
ishlab chiqilgan hududlarni kompleks rivojlantirish yagona strategiyasi har bir
hududning o’ziga xos tabiiy-iqtisodiy salohiyatiga to’g’ri keluvchi strategiyaga
asoslangan bo’ladi. (1.1.1 - chizma).
|