Hujayra tirik organizmlarning struktur birligi



Yüklə 91,5 Kb.
səhifə2/3
tarix11.08.2022
ölçüsü91,5 Kb.
#63082
1   2   3
HUJAYRANING KIMYOVIY TARKIBI

Eukariot organizmlarni suvo`tlari va sodda hayvonlardan tortib, yuqori tuzilgan guli o`simliklar, hayvonlar va odamlargacha bo`lgan mavjudotlar kiradi. Eukariotlarda haqiqiy yadro va organoidlari mavjud. Hujayralari 3 ta tarkibiy qismdan tashkil topgan: 1. hujayra qobig`i; 2. tsitoplazma; 3. yadro.
O`simlik va hayvon hujayralarning tuzilish xususiyatlari (hujayra po`sti, sitoplazma, yadro va boshqa organizmlar, hujayra hosilalari). Barcha tirik organizmlarning funksional tuzilishining asosida hujayra yotadi.
Bakteriyalar, soda hayvonlar, ba`zi bir suvo`tlari va zamburug`larda hujayra alohida organism sifatida yashaydi, ko`p hujayrali hayvonlar va o`simliklarda esa u to`qi- malar tarkibiga kiradi, faqatgina viruslarda hujayra bo`lmaydi. Hujayraning asosiy qismi- ni protoplast tashkil qiladi.
Har bir hujayrada genetic apparat mavjud bo`lib, u eukariotlarda yadroda shakl- langan yadrosi bolmagan prokariotlarda esa nukleotidlarda juoylashadi.
Eukariotlarda hujayralar mitoz yo`li bilan bo`linib yangi hujayralarni hosil qilib turadi, biroq ularda jinsiy hujayralarning hosil bo`lishida meyoz bo`linish sodir bo`ladi.
Hujayraning asosiy organoidlari yadro, sitoplazma, metoxondriya hisoblanib, o`sim- lik hujayralarida bundan tashqari plastidalar ham bo`ladi. Elektron mikroskop bilan kuzatilganda sitoplazmada yana bir qancha argonellar borligini ko`ramiz. Ana shular jumlasiga ribosomalar, endoplazmatik to`rlar, golji komleksi, lizasomalar, hujayra memb- ranalari, mikronaychalar, mikrofebrinlar va boshqa har xil moddalar kiradi. Hujayraning muhim kimyoviy qismlarida biri oqsillar va fermentlardir. Har bir hujayraning qismi o`ziga xos muhim vazifani bajaradi. Masalan, eukariot organizmlarda nafas olish jarayoni, mitoxodriya memranalarida, oksidlarning sintez qilinishi ribosomalarda, yog`lar sintezi esa sferasomalarda ro`y beradi. Fermentlar hujayradagi organic sintezi va parcha- lanishda ishtirok etib, bu jarayonlarni tezlashtirishga yordam beradi.
O`simliklar hujayrasi hayvon hujayrasidan farq qilib, tashqi tomondan qattiq hujayra po`sti bilan o`ralgan, bundan jinsiy hujayralar mustasnodir. Hujayra po`stida poralar bo`lib bu poralar orkali bir hujayraning sitoplazmasi ikkinchi hujayra sitoplazmasi bilan sitoplazmatik iplar yordamida yoki plazmademalar bilan birlashib o`zaro aloqada bo`lib turadi. Ko`pincha o`sishdan to`xtagan o`simlik hujayralarining po`sti liging, suberin, qumtuproq moddalarni shimib olish natijasida yog`ochlanadi, po`kaklashadi va mustahkam bo`ladi. O`simlik hujayralarida bitta yoki bir nechta vakuolalar bo`lib unda suv va erigan organic va mineral moddalarning eritmasi, hujayra shirasi to`planadi.
Hamma eukariot organizmlarning hujayralarida bir xil organoidlar bo`lib, ularning bajaradigan funksiyasi jihatidan prokariot hujayralarida bo`ladiganjarayonlarga o`xshash bo`ladi. Demak, bu hujayralarning bajaradigan vazifalariga qaraganda ularning kelib chiqishlari ham bir xil bo`lsa ham, ular bir-biridan faqatgina katta-kichikligi yoki shakli bilan farq qilib qolmasdan, balki hujayrada uchrovchi u yoki bu organoidlar miqdori, fermentlar tarami (yig`indisi) bilan ham ajralib turadi.
Prokariot va eukariot hujayralardagi genetic apparatlarning o`xshashligi bu hujayraning kelib chiqish tarixi bir ekanligi ko`rsatadi. Biroq bir hujayrali organizmlarning avlodlari har xil prokariotlardan kelib chiqqan bo`lishlari mumkin. Masalan, Simbiogenez gipotezasiga asosan bir xil prokariotlar xo`jayin hujayraning ichida mitoxondriyalarga, ikkinchi xillari xloraplastlarga aylangan bo`lsa, uchinchi xillari esa maxsus organoidlarni hosil qilgan bo`lishlari mumkin. Boshqa xil gipotezalarga qaraganda prokatiot hujayralar eukoriotlarga aylangan vaqtlarda shu hujayralarning ichida organizmlar shakllanadi. Bir organizmdagi hamma hujayralar genomi potensial informatsiya beruvchi hajmi jihatidan otalangan tuxumhujayra genomidan farq qilmaydi.
Ko`p hujayrali organizmlar hujayralarning genomi hamma vaqt ham bir xil faollik vazifasini bajarmaydi. Shuning uchun bo`lsakarak, bu xil organizmlarda hujayralar vazifasi taqsimlangan yoki differensiyalangan bo`ladi. Natijada bir xil hyujayralar qo`zg`aluvchi (nerf hujayralari), boshqa xillari liofibrillalarni hosil qiluvchi, qisqaruvchi oqsillarni qabul qiladi (muskullar), uchinchi xillari esa ovqat hazm qiluvchi fermentlarni yoki gormonlarni hosil qiladi (ajratuvchi) va boshqalar. Biroq ko`pchilik hujayralar ko`p qirrali vazifalarni bajsrishlari mumkin. Masalan, jigar hujayralari har xil oqsillarni qon plazmasi va o`tni hosil qiladi, glikogen to`playdi va uni glyukozaga aylantiradi, zaharli moddalarni oksidalab chiqaradi va hokazo.
Eukoriot hujayrarning qayta hosil bo`lishi mitoz bo`linish natijasida ro`y beradi. Ba`zi bir to`qimani hosil qiluvchi hujayralar organism umrining oxirigacha saqlanib qoladilar. Odam organizimidagi ichak epiteliyasi- ni tashkil qiluvchi hujayralardan har kuni 70 milliardi va 2 milliardga yaqin eritrotsitlar halok bo`lib turadi, ularning o`rnini esa mitoz bo`linishi natijasida hosil bo`lgan yangi hujayralar qoplab turadi. Ba`zan mitozdan keyin hujayra ikkiga bo`linmaydi. Ikki barobar ortgan xromosomalar bir hujayra-ning o`zida qoladi. Bu esa xromosomalarning ortishiga (poli poid hodisasiga) olib keladi. Odam hujayrasining minimal yashash muddati ichak epiteliy hujayralarida kuzatilib, u 1-2 kunni tashkil etadi. Hujayra injeneriyasi deganda duragaylashtirish, rekonstruksiyalash hamda hujayralarni o`stirish usuli bilan yangi tipdagi hujayralarni yaratishni tushinmoq kerak. Duragaylashda ikkita hujayrani biriktirib duragay genom olinadi. Rekonstruksiyalashda esa har xil hujayrea organoidlaridan (yadro, sitoplazma, xromosoma va hokazo) yangi yashovchan hujayralar hosil qilinadi.
Hujayra qo`shish natijasida bir-biridan uzoq bo`lgan turlarning genomlarini ham birlash- tirish mumkin. Hattoki hayvon somatik hujayralarini o`simliklar hujayralari bilan birlashtirish mumkinligi tajribada isbot qilingan Duragay hujayralarni o`rganish biologik va meditsina sohasidagi ko`pchilik nazariy muammolarni yechishga imkon beradi. Masalan, yadro va sitoplazmaning o`zaro ta`sirini aniqlaydi, hujayraning bo`linishini, sog`lom hujayralarning rak hujayralariga aylanishini aniqlab beradi. Bu esa shunga o`xshash og`ir kasalliklarning oldini olish yoki davolash choralarini ishlab chiqishga imkon beradi. Bu usullar biotexnologiyalarda monokalonal antitelalar olishda ishlatiladi. Genetik o`zgartirilgan hujayralardan har xil noqulay sharoitlarga va kasalliklarga chidamli, yuqori hosilli va boshqa foydali belgilariga ega bo`lgan o`simlik navlarini yaratishda ham keng foydalanish mumkin. Hujayrada modda almashinish jarayonida turli xil chiqindilar, shiralar, mahsulotlar hosil bo`lib turadi. Ana shunday moddalar jumlasiga granullar (zarrachalar), suyuq moddalar va kristallar kirishi mumkin. Ana shu moddalar hujayra vakuolasida yoki bo`lmasa to`g`ridan-to`g`ri sitoplazmada to`planishi mumkin.
Bajaradigan vazifasiga ko`ra bu chiqindilar (shiralar) 3 guruhga (tropik, ajratuvchi va maxsus vazifali) bo`linadi. Tropik chiqindilarga yog` tomchilari, kraxmal, glikogen va oqsil granulalari kiradi. Yuqorida nomi zikr etilgan moddalar kam miqdorda bo`lsa ham hamma hujayralar tarkibiga uchrab, ulardan assimilyatsiya jarayonida foydalaniladi, ba`zi bir hujayralarda ular ko`plab to`planadi, masalan, kartoshka tugunagida, bug`doy, arpa urug`larida kraxmal ko`p uchrasa, jigar hujayralarida glikogen ko`p bo`ladi. Shuni aytish nkerakki, och hayvon jigarida to`q hayvon jigariga qaraganda glikogen kamroq bo`ladi. Ajratuvchi hujayralar shiralarini ko`pincha hujayradan tashqariga chiqarib tashlaydi, bu shiralarning miqdori ham organizmning fiziologik holatiga bog`liqdir. Ma- salan, oshqozon osti bezlarining suyuqligi och hayvonlarda to`qhayvonlarga qaraganda ko`proq ajralib chiqadi. Maxsus vazifali shiralar ko`pincha yuqori taraqqiy etgan, mutaxa- ssislashgan hujayralarda hosil bo`ladi.
Ularga misol qilib eritrotsitlarda diffuz holda uchraydigan gemoglobinni olish mumkin.

Yüklə 91,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin