Hujayra yadrosi struktura (tuzilma)larining morfologiyasi
Hujayraning hayot faoliyatida yadro struktura (tuzilma) larining roli. Barcha shaklda tirik organizmlarning hayot faoliyatida, metabolistik jarayonlar ayniqsa oqsil biosintezi yadro strukturalarining funksional xususiyatiga bog’liq. Yadro umumiy funksiyalarning asosan ikki guruhini amalga oshiradi: birinchisi, irsiy axborotlarni saqlash, ikkinchisi, mavjud irsiy manbalarni amalga oshirish, oqsil biosintezini ta’minlash.
Birinchi guruhga mazkur organizmga xos bo’lgan, DNK strukturasi ko’rinishidagi irsiy axborotni belgilovchi jarayonlar kiradi. Har bir hujayra yoki organizmning genomini tashkil qiladi. DNK molekulalarining keyingi faoliyati- reduplikasiya yoki reproduksiyasi va ajralishi (segregasiya) amalga oshishi sodir bo’lib, bu o’z navbatida ikkita hujayrani aynan bir xil hajmda va bir-biriga o’xshash bo’lgan irsiy axborot manbalari bilan ta’minlashi imkonini beradi.
Eukariotlarning yadrosida ya’ni meyoz paytida krossingover jarayoni natijasida, irsiy axborotlar materiallarining o’zgarishi yoki rekombinasiyasi kuzatiladi. Nihoyat, yadro DNK molekulalarinig taqsimlanishi va hujayraning bo’linishida bevosita ishtirok etadi.
Yadro faoliyati bilan ta’minlanadigan hujayradagi jarayonning keyingi guruhi oqsil biosintezini amalga oshiradi. Bu nafaqat DNK molekulalaridan har xildagi informasion RNK ning sintezi ya’ni transkripsiyasi bo’lmasdan, barcha turdagi transport va ribosomali RNK larning transkripsiyasi ham ta’minlaydi. Eukariotik hujayralarning yadrosida birlamchi transkripsiyalarning “yetilishi” (prosessing, splaysing) amalga oshadi. Eukariot hujayralar yadrosida ribosoma bo’linmalari yadroda sintezlangan ribosoma RNK ni sitoplazmada sintezlab, yadroga o’tadigan ribosoma oqsillari bilan murakkablashtirib hosil qilishi ham mumkin.. shunday qilib, yadro faqatgina irsiy materiallarni saqlaydigan komponent bo’lmasdan, balki bu funksiyalarini ta’minlaydigan strukturadir.
Bu jarayonda har xil o’zgaruvchanlik holatlari ham yuz berib turadi. DNK reduplikasiyasida bo’ladigan o’zgarishlar, hujayrada irsiy manbaning to’liq bo’lmasligiga, hujayralar bo’linishining izdan chiqishiga, xatto hujayraning o’limiga ham sababchi bo’lishi mumkin. Bularning barchasi hayotining asosiy funksiyalari bo’lgan nuklein kislotalar va oqsillar sintezi bilan bog’liq barcha jarayonlarda yadro strukturalari yetakchilik qiladi.
Dostları ilə paylaş: |