Rang palitrasi. Elektron rang palitrasi kompyuter grafikasida qo‘llanilishi bo‘yicha rassom palitrasiga o‘xshash, ya’ni u o‘zida ko‘p ranglarni saqlaydi.
Elektron palitra tarkibi bir rangni o‘zida saqlaydigan yacheykalardan iborat. Palitra aniq bir rang modelini qo‘llaydi. Uning ranglari esa bu modul asosida yaratilgan ranglardan iborat bo‘ladi.
Internet tarmog‘i uchun yaratilayotgan tasvirlarda xavfsiz palitralardan foydalaniladi. Chunki yaratilayotgan grafik ma’lumot minimal hajmda va tarmoqdagi qurilmalarda tasvir o‘z aslini yo‘qotmasligi zarur. Shuning uchun xavfsiz palitra 216 rangni o‘zida saqlaydi. Rangni inson, miyasida yorug‘lik oqimini tahlil qilish natijasida anglaydi.
Yorug‘lik oqimi 3 spektral ranglar (Q, Y, K — qizil, yashil, ko‘k) kombinatsiyalarining tarqalishidan hosil bo‘ladi.
Kompyuter grafikasida rang ma’lumot tushunarliligini oshirish uchun vositadir.
Rangni boshqarish sistemalari.Kompyuter grafikasining elementlarini yaratish va qayta ishlashda grafik ma’lumotlarning har xil qurilmalarda asl holatda
bo‘lishligi talab etiladi. Kompyuter grafikasining qayta ishlash pog‘onalarida ranglarning mos tushishini rangni boshqarish sistemalari nazorat qiladi. Bunday tizimlardan biri CMS (Color Management System)dir.
Profil. Har bir qurilma o‘zining ichki imkoniyatlariga qarab o‘z usulida rang chiqaradi. Turli xil qurilmalarda ranglarning mosligini ta’minlash uchun ular o‘zining profiliga ega bo‘lishi kerak.